3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Yeruchastkasi– yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismidir (YEKning 10-m). Servitut belgilangan uchastkaning egasi, agar qonunda boshqa tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, servitut kimning foydasini ko‘zlab belgilan- gan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan uchastkadan foydalanganlik uchun mutanosib
haq talab qilishga haqlidir.
«Mulk huquqi» tushunchasi mazmunida nafaqat mulkdorning huquqlari, balki mol-mulkni saqlab turish burchi ham tushuniladi. Fuqarolik kodeksining 174-moddasiga asosan, o‘ziga qarashli mol-mulknisaqlash, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mulkdor zimmasida bo‘ladi. Agar mulk- dor bu majburiyatni bajarmasa, uning mulkiy huquqlari chegaralab qo‘yilishi yoki mol-mulk undan olib qo‘yilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (36, 53, 54-m), FK (164, 165, 172, 228, 231-m) va boshqa qonunlarda mulk huquqining quyidagi asosiy prinsiplari o‘z ifodasini topgan:
O‘zbekiston Respublikasida mulk daxlsiz, mulkdorning mulkiy huquqi qonun bilan kafolatlanadi va mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina o‘z mulkidan mahrum etilishi mumkin;
iqtisodning samarali amal qilishi va halq farovonligining o‘sishiga yordam beradigan har qanday shakldagi mulkchilikning yaratilishiga ruxsat etiladi;
mulkchilik barcha shakllarining himoya qilinishi qonun bilan kafolatlanadi va ularning rivojlanishiga teng sharoit yaratib beriladi;
mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xatti-harakatlarni o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirishga haqli;
mulk huquqi amalga oshirilishida atrof muhitga zarar yetkazilmas- ligi, fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va davlat huquqlari buzilmasligi hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga putur yetkazilmasligi shart;
har kim mulkdor bo‘lishga haqli.
Iqtisodiyma’nodagi«mulk»tushunchasi–moddiy ne’matlarni o‘zlashtirish usullari yig‘indisidir. Bunday usullar yakka tartibda, jamoa bo‘lib yoxud davlat tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Yuridikma’nodagi«mulk»tushunchasi– moddiy ne’matlarning muayyan subyektlarga tegishli ekanligini (biriktirilganligini) mustahkam- lovchi va tegishli mulkning huquqiy tartibini belgilovchi huquqiy norma- lar yig‘indisidan iborat.
Fuqarolik kodeksining 168-moddasidamulk huquqining subyektlari o‘z aksini topgan. Unda belgilanishicha, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqining subyektlaridir.
Mol-mulk mulk huquqi asosida bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxslarga qarashli bo‘lishi mumkin.
Mol-mulk fuqaro, yuridik shaxs yoki davlatning mulki bo‘lishiga qarab mulk huquqini, mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini vujudga keltirish va bekor qilish xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
FK 169-moddasida mulk huquqining obyektlari ko‘rsatilgan. Ushbu moddada ko‘rsatilishicha, yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo va mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek, intellektual mulk obyektlari mulk bo‘lishi mumkin.
FKning 167-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida mulk- chilikning xususiymulkvaommaviymulkshakllari mavjud.
Davlat mulk shakllarini rivojlantirish uchun zarur huquqlarning tengligini ta’minlaydi va uning himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulk shakllarini bunday turkumlashtirish uchun mulk subyektining maqomi va mol-mulk tartibining uzviy birligi asosiy mezon hisoblanadi. O‘z navbatida, xususiy mulk quyidagi shakllarda (turlarda) namoyon bo‘ladi:
yakka shaxsga (individga) tegishli mulk (fuqarolar mulki);
ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk).
Fuqarolik kodeksining 207-moddasiga asosan, xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
Xususiy mulk huquqining subyektlari fuqarolar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va davlatga qarashli bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslardir (FK 208-m).
Xususiy mulk huquqi subyektlari garchi turli-tuman va keng doirada bo‘lsa ham ularni birlashtiruvchi belgi mulkning vujudga kelishi, undan foydalanish, boshqarish, tasarruf etish, uning natijalaridan bahramand bo‘lishda jismoniy shaxs (xususiy shaxs)ning u yoki bu darajada ommaviy mulkdagi kabi fuqaro (davlatga mansub shaxs) yoki maxsus vakolatli mansabdor shaxs sifatida emas, balki mulkdor shaxs sifatida ishtirok etishidir. Bunday ishtirok etish bevosita (masalan, fuqarolarga tegishli mol-mulk bo‘yicha mulkdor vakolatlarini amalga oshirishda) yoki bilvosita (masalan, yuridik shaxsning ta’sis etuvchisi yoki yuridik shaxs mol-mulkidan bahramand bo‘luvchi subyekti sifatidagi huquqlarini amalga oshirishda) namoyon bo‘ladi. Har ikkala shaklda ham shaxsga ma’lum mulkiy huquqlar tegishli bo‘ladi va u bu huquqlarni o‘ziga xos tarzda amalga oshiradi.
Fuqaro mulki xususiy mulkning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u mulkning boshqa turlariga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
mulkdor har doim aniq shaxs bo‘ladi;
mulkdor mulkka nisbatan eng yaqin va majburiyati ko‘p bo‘ladi, shu sababli, unga ta’sir qilishda muayyan ustunliklarga egadir;
bunday mulk tashmachilik, o‘g‘rilik va xo‘jasizlikning qurboni bo‘lish ehtimolidan uzoq bo‘lishi uchun Fuqarolik kodeksining 207-mod- dasiga asosan kafolatlanadi, ya’ni xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Boshqacha aytganda, xususiy mulkning bu turini fuqarolarga yakka tartibda tegishli bo‘lgan mol-mulk ma’nosida tushunish mumkin. Bu mulkning asosiy belgilari- dan biri bu mulkdorning yakka shaxs, ya’ni fuqaro ekanligi va u mol- mulkka bo‘lgan huquqlarini xususiy tarzda amalga oshirishga haqli ekanligidir.
Qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo‘lishi mumkin (FK 209-m).
Demak, qonunga binoan fuqaro yoki yuridik shaxs sotib olishi, foydalanishi va hadya qilishi mumkin bo‘lgan har qanday narsa xususiy mulk obyekti bo‘lishi mumkin. Xususiy mulk huquqiy tartibiga ko‘ra, fuqarolik muomalasida erkin harakat qiladigan va fuqarolik muomalasida harakati cheklangan mulklarga bo‘linadi.
Fuqarolik muomalasida harakati cheklangan mol-mulk obyektlarini erkin ravishda sotish va xarid qilish mumkin emas. Bunday obyektlar-
ning fuqarolik muomalasidagi harakati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yer xususiy mulk sifatida xususiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21-yanvardagi farmoniga asosan, savdo obyektlari joylashgan yer uchastkalarining xususiy mulk sifatida sotilishiga ruxsat beriladi. Bunday sotish tanlov yoki kimoshdi (auksion) savdolari asosida amalga oshiriladi. Turar joy yoki ma’muriy binolar joylashgan yer uchastkalari xususiy mulk sifatida sotilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi
«Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4725-sonli farmoniga muvofiq, «2015-yilning 1-iyuliga qadar turli idoralar huzuridagi «bir darcha» xizmatlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazilsin, «bir darcha» markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar tizimga integratsiya qilinsin, ta’sis hujjatlari va davlat xizmatlaridan foydalanish uchun taqdim etiladigan boshqa hujjatlar, jumladan, litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarining namunaviy shakllari ishlab chiqilishi;
«bir darcha» markazlarining faoliyati 2016-yilning 1-yanvaridan kechiktirmasdan boshlanishi ta’minlansin, shu muddatdan boshlab «bir darcha» markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruv organlariga tadbirkorlik subyektlaridan bevosita hujjatlar qabul qilish taqiqlanishi;
Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olishdan tushayotgan davlat bojining jami summasi tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari daromadiga, 2016-yilning 1-yanvaridan esa «bir darcha» markazlarini moliyalashtirish manbai sifatida ularning daromadiga o‘tkazilsin, kelib tushgan mablag‘lar faqat markazlar moddiy-texnik bazasini mustahkam- lash va xodimlarni rag‘batlantirish maqsadlariga yo‘naltirilishi belgilandi1.
Fuqarolarning mulki bo‘la olmaydigan mol-mulk tegishli qonun hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan. Ularga asosan quyidagilar fuqarolarga tegishli mulk bo‘la olmaydi:
1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2015. – № 20. – 251-м.
qurol-yarog‘, shu jumladan, o‘qotar qurol (silliq stvolli ov miltiq- lari, sport qurollari, shuningdek, mukofotga berilib belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan qurollardan tashqari), armiya o‘q-dorilari va harbiy texnikasi;
portlovchi moddalar va materiallar, asboblar va qurilmalar;
giyohvandlik vositalari, psixotrop, zaharli, qattiq ta’sir etuvchi va zaharlovchi moddalar;
maxsus taqiqlab qo‘yilgan boshqa mol-mulk.
Agar fuqaro ixtiyorida bunday mol-mulk insofli va qonuniy asos- larda paydo bo‘lsa (meros tariqasida o‘tish va h.k.), u buni o‘zidan begonalashtirishi lozim. Agar bunday mol-mulk g‘ayriqonuniy va noinsoflik asosida xarid qilingan yoki unga egalik qilingan bo‘lsa, davlat foydasiga musodara etilishi lozim.
Fuqarolarga qarashli mol-mulk oila mulki shaklida bo‘lishi ham mumkin. Oila – kishilarni bir-birlari bilan qon-qarindoshlik yoki nikoh asosida birgalikda yashab, umumiy xo‘jalik yurituvchi uyushmasi. Oila- viy mulkning tarkibiga quyidagilar kiradi:
er-xotinning birgalikdagi mulki;
oila a’zolarining har biriga shaxsan tegishli bo‘lgan mulk, shu jumladan nikohgacha bo‘lgan mulk;
oilaviy umumiy mulk oila a’zolarining umumiy kelishuvi asosida boshqariladi. Umumiy qoidaga ko‘ra, oila yuridik shaxs emas. Biroq oila zamirida dehqon xo‘jaligi tashkil etilsa, u yuridik shaxs huquqidan foydalanadi.
Davlatga qarashli bo‘lmagan yuridik shaxslar mulkining iqtisodiy mazmuni tashkiliy jihatdan uyushgan kishilar guruhiga moddiy ne’mat- larning tegishli ekanligida ifodalanadi. Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda yuridik shaxsning mulki shu jamoa a’zosi hisoblangan barcha shaxslar- ning umumiy hissali mulki deb ko‘rsatiladi. Bu fikr noto‘g‘ri. Mazkur mulkning subyekti faqat yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mulkida umumiy mulkdagi kabi ko‘p subyektlilik emas, balki bir subyektlilik belgilangan. Yuridik shaxslar mulkining quyidagi turlari mavjud: a) mahalla mulki; b) kooperativ mulki; v) jamoa korxonalarining mulki; g) ijara korxonasining mulki; d) xo‘jalik shirkati va jamiyati mulki; ye) xo‘jalik uyushmalari va birlashmalarining mulki;
diniy tashkilotlarning mulki.
Davlat mulki mulkning mustaqil shakli hisoblanadi. Davlat mulkizarurliginingobyektivsabablariquyidagilardan iborat:
davlat organlari faoliyatini tashkil etish;
davlat xavfsizligi va mudofaa ehtiyojlari;
ilm-fan va madaniyatni ta’minlash;
kam ta’minlangan aholini ijtimoiy himoya qilish;
tabiiy ofatlar va favqulodda holatlarga qarshi kurash hamda oqibatlarini bartaraf etish;
ba’zi tarmoqlarda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish (masalan, atom, yonilg‘i energiyasi va shu kabilar).