Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə35/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Davlat mulkining manbalari quyidagilardan iborat:

  1. soliqlar;

  2. har xil to‘lovlar;

v) ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromad;
g) kreditlar, zayomlar;
d) davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan daromadlar;
z) boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy mulkning quyidagi turlari
mavjud:

  • davlatga mutlaq mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk: yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar;

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi, respublika organlarining mol- mulki, davlat ahamiyatiga molik madaniy va tarixiy boyliklar, respublika budjetining mablag‘lari, oltin zahirasi, davlatning valuta fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, o‘quv, ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular budjet yoki davlatning o‘zga mablag‘lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo‘lsa, boshqa mol- mulk respublika mulki bo‘lishi mumkin.

Respublika mulki bo‘lgan mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respub- likasi Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tasarruf qiladilar.
Respublika mulki bo‘lgan mol-mulk davlat yuridik shaxslariga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib qo‘yi- lishi mumkin.
Respublika mulki respublika budjetiga tushadigan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlardan, shuningdek, qonunlarda nazarda
tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi (FK 214-m).
Fuqarolik kodeksining 215-moddasini mazmunida munitsipal mulk o‘z aksini topgan. Ushbu moddada ko‘rsatilishicha:

  • davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol-mulki, mahalliy budjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jalik, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari, shuningdek, boshqa mol-mulk munitsipal mulk baladi;

  • munitsipal mulk bo‘lgan mol-mulkni, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, davlat hokimiyati mahalliy organlari yoki ular vakil qilgan organlar tasarruf etadilar;

  • munitsipal mulk bo‘lgan mol-mulk yuridik shaxslarga xo‘jalik yuri- tish yoki operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib qo‘yilishi mumkin;

  • munitsipal mulk mahalliy budjetga tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi;

  • munitsipal mulk obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida xususiy mulk qilib berilishi mumkin.

Ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal yoki kommunal mulk), mahalliy budjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi va kom- munal xo‘jalik korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, halq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari, shuningdek, boshqa mol-mulk munitsipal mulk tarkibiga kiradi.
Mulkiy huquqlar tizimida mulk huquqi bilan bir qatorda ashyoviy huquqlar ham muhim o‘rinni egallaydi. Ma’lumki, mulkdor har doim o‘z mol-mulkiga nisbatan barcha vakolatlarini shaxsan o‘zi amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lavermaydi. Ba’zi hollarda, obyektiv sabablarga ko‘ra (masalan, davlat mulkini idora qilishda) yoxud mulkdorning voyaga yetmaganligi, mulkni shaxsan o‘zi boshqarish huquqidan foydalana olmasligi va boshqa sabablar tufayli mol-mulk boshqa shaxslar ixtiyoriga vaqtinchalik topshirilishi mumkin. Shunday hollarda mulkdor bo‘lmagan shaxs boshqalarning mol-mulkiga egalik qilishi, foydalanishi va mulkdor ruxsat bergan doirada tasarruf qilishi ashyoviy huquqlar orqali amalga oshiriladi. Binobarin, ashyoviy huquq mulkdorning roziligi bilan uning mol-mulkini boshqa shaxslar tomonidan egallash va foydalanish tartibini belgilovchi huquqiy vositalar sifatida tuzilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 165-moddasiga asosan mulk huquqi bilan bir qatorda quyidagilar ashyoviy huquqlar hisoblanadi:

  • xo‘jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi;

  • meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi;

  • yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi;

  • servitutlar.

Mol-mulkka egalik qilish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi, agar qonun hujjatlarida o‘zga tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bu mol-mulkka nisbatan o‘zga ashyoviy huquqlarning bekor bo‘lishi uchun asos bo‘lmaydi.
Mulkdor bo‘lmagan shaxsning ashyoviy huquqlarining buzilishi FKning 232-moddasida nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.
Fuqarolik kodeksining 216-moddasida aytilganidek, ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo‘lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
Umumiy mulk huquqi obyektini ma’lum ashyo yoki ashyolarning to‘plami tashkil etishi mumkin. Masalan, ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda qurgan yoki sotib olgan imorati, ikki yoki undan ortiq jamoa xo‘jaligi birgalikda qurgan g‘isht zavodi kabi obyektlar bo‘lishi mumkin. Umumiy mulk huquqi obyektlari (ishtirokchilari) ikki yoki undan ortiq shaxs, tashkilot yoki fuqaro bo‘lishi mumkin.
Umumiy mulk huquqi subyektlari bir necha shaxsdan iborat bo‘lganligi tufayli sheriklarning har qaysi bunday mulkni o‘z holicha tasarruf qilmay, balki o‘ziga qarashli obyektlarni birgalikda, o‘zaro kelishuv asosida egallaydi, ulardan foydalanadi va tasarruf qiladi.
Umumiy mulk huquqi quyidagi asoslarda vujudga keladi: birinchidan, birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomadan,
masalan, bir necha fuqaroning birgalashib uy-joy qurishi yoki bir necha jamoa xo‘jaligining birgalashib elektr stansiyasi qurishida;
ikkinchidan, bir necha fuqaroning muayyan umumiy mulkka ega bo‘lish uchun mablag‘ qo‘shib birga mehnat qilishlari, masalan, umumiy oilaviy mulk;
uchinchidan, bir necha shaxslarning qonun yoki vasiyat bo‘yicha meros olishlarida vujudga keladi.
Umumiy mulk huquqi, aksariyat hollarda, birgalikdagi faoliyat shartnomasi asosida, umumiy xo‘jalik maqsadiga erishish uchun, jamoa xo‘jaliklari korxona yoki boshqa tashkilotlar qurish va ekspluatatsiya
qilish, suv xo‘jaligi inshootlari, maktablar, turar joy binolari va shu kabilarni qurish uchun birgalikda harakat qilishlari va buning uchun pul, mulk qo‘shib, umumiy mehnat qilishlarida vujudga keladi. Fuqarolar ham o‘zlarining shaxsiy-maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun pul, mulk qo‘shib va birga mehnat qilib, (masalan, uy-joy qurish maqsadida birga- likda shartnoma tuzib) umumiy mulk huquqini oladilar.
Fuqarolik kodeksining 216-moddasida ko‘rsatilganidek, umumiy birgalikdagi mulk ikki turga:
birinchidan, mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo‘yilgan ulushli mulk;
ikkinchidan, ulushlari aniqlab qo‘yilmagan birgalikdagi mulk
umumiy mulkka bo‘linishi mumkin.
Ularning o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagicha:

  • taqsimlanadigan umumiy mulkning har bir ishtirokchisi ashyoda aniq belgilangan hissaga ega bo‘ladi. Masalan, yarmi, uchdan biri va hokazo;

  • taqsimlanmaydigan birgalikdagi umumiy mulk esa, ulushlarga ajralmasligi bilan farq qiladi. Bunday umumiy mulk hamma ishtirokchi- lar o‘rtasida, ularning umumiy roziligi bilan va tenglik asosida egalla- nadi, foydalaniladi va tasarruf etiladi.

Ulushli mulk subyektlari fuqaro ham, tashkilot ham bo‘lishi mumkin.
Umumiy birgalikdagi mulk huquqida subyektlar o‘z ulushlarini mustaqil tasarruf qilolmaydilar, chunki, birinchidan, ular har birining ulushi alohida belgilanmagan bo‘ladi; ikkinchidan, oilaviy munosabatda bo‘lgan umumiy mulk egasi oiladan chiqqanda, uni boshqa ikkinchi shaxs bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Ulushli mulk ulushlarga ajralmaydigan umumiy mulkdan vujudga kelishi asoslari va tartibi bilan ham farq qiladi.
Umumiy ulushli mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etishda mulkdagi sheriklarning huquqlari ikki turga: barcha umumiy mulkka va umumiy mulkdagi ulushga bo‘lgan huquqlarga bo‘linadi. Binobarin, umumiy ulushli mulk egalarining har qaysi o‘z ulushini mustaqil tasarruf etish huquqiga ega bo‘lsa ham, ya’ni o‘z ulushini agar qonun yoki ustav (nizom)da boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, boshqa shaxsga o‘tkazish huquqiga ega bo‘lsa ham, umumiy mulkni sheriklarining roziligisiz tasarruf qila olmaydi.
Umumiy ulushli mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish davomida mulk egalarining o‘rtasida bo‘ladigan nizolar umumiy mulk ishtirokchilaridan har qaysining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan hal qilinadi.
Mulk egalari umumiy mulk yuzasidan soliq, yig‘im va boshqa to‘lovlarni to‘lashda, shuningdek, mol-mulkni boshqarish, saqlash va asrash xarajatlarida o‘z ulushiga qarab qatnashishga majbur.
Umumiy mulkni saqlash yoki umumiy majburiyatni bajarish yuzasidan xarajatlar qilgan shaxs boshqa sheriklaridan o‘zining qilgan chiqimlarini har birining hissasiga muvofiq qoplashini talab qilish huquqiga ega.
FK 218-moddasida aytilganidek, ulushli mulkdagi mol-mulk uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan tasarruf etiladi.
Ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish uning barcha ishtirokchilari kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish sud tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mol-mulkning ishtirokchi ulushi- ga teng bo‘lgan qismi o‘zining egaligiga va foydalanishiga berilishiga, buning iloji bo‘lmagan taqdirda esa – o‘z ulushi bo‘lgan mol-mulkka egalik qilayotgan va undan foydalanayotgan boshqa ishtirokchilardan tegishli haq talab qilish huquqiga ega (FK 219-m.).
Ulushli mulkdagi mol-mulkdan foydalanish natijasida keladigan hosil, mahsulot va daromadlar umumiy mol-mulk tarkibiga qo‘shiladi va ulushli mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ular o‘rtasida ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi (FK 219-m.).
FK 220-moddasiga asosan, har bir mulkdor umumiy mol-mulk bo‘yicha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashda, shuningdek, mol-mulkni saqlash va asrash chiqimlarida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ulushiga qarab qatnashishi shart.
Zarur bo‘lmagan hamda mulkdorlardan biri tomonidan qolgan- larning roziligisiz qilingan xarajatlar uning o‘z zimmasiga tushadi. Bunda kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal qilinishi kerak.
Umumiy mulk huquqidagi ulush shartnoma bo‘yicha oluvchiga, agar taraflarning kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma tuzilgan paytdan boshlab o‘tadi (FK 222-m.).
Ulushli mulk ishtirokchisi o‘z xohishiga qarab o‘z ulushini sotishga, sovg‘a qilishga, vasiyat qilib qoldirishga, garovga berishga yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga ulushni haq evaziga boshqa shaxsga berish chog‘ida FKning 224-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilgan holda haqli bo‘ladi.
Bunda ulushni haq baravariga yoki tekinga birovga o‘tkazish nazarda tutiladi. Umumiy mulkning ishtirokchilari tashkilot bo‘lgan taqdirda, ular o‘z ulushlarini birovga haq baravariga o‘tkazadi, ya’ni uni sotadi. Fuqarolar esa, o‘z ulushlarini haq baravariga ham, tekinga ham birovga o‘tkazishi, ya’ni sotishi, hadya etishi, shuningdek, vasiyat qilib qoldirishi mumkin.
Mulkdorlardan biri o‘z ulushini boshqa shaxsga sotgan vaqtida qolgan mulkdorlar sotilayotgan ulushni u sotilayotgan narxda va boshqa teng shartlarda imtiyozli sotib olish huquqiga egadirlar, kim oshdi savdosi orqali sotish hollari bundan mustasno (FK 224-m).
Umumiy mulkdagi ulushni sotuvchi o‘z ulushini o‘zga shaxsga sotish niyati haqida boshqa mulkdorga yozma ravishda ma’lum qilib, ulushning narxini va uni sotishning boshqa shartlarini ko‘rsatishi shart.
Agar qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirishdan voz kechsalar yoki bu huquqni xabar qilingan kundan e’tiboran ko‘chmas mulkka nisbatan bir oy davomida, boshqa mol- mulkka nisbatan esa – o‘n kun davomida amalga oshirmasalar, sotuvchi o‘z ulushini har qanday shaxsga sotishga haqli bo‘ladi.
Davlat, kooperativ yoki boshqa yuridik shaxs uy-joyga bo‘lgan umumiy mulk huquqidagi o‘z ulushini sotmoqchi bo‘lgan taqdirda – uy- joyning mazkur ulushini sotib olishda imtiyozli huquq uyning shu qismida yashovchi shaxslarga beriladi, ular sotib olishni xohlamaganlari yoki bu huquqni amalga oshirmaganlarida esa ulushni sotib olish huquqi umumiy mulkning qolgan ishtirokchilariga o‘tadi.
Ulush sheriklarning imtiyozli sotib olish huquqini buzib sotilgan bo‘lsa, mulk ishtirokchisi bo‘lgan boshqa shaxs uch oy mobaynida sotib oluvchining huquq va majburiyatlari o‘ziga o‘tkazilishi to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atib, sudga murojaat qilishi mumkin. Ammo bu huquq va majburiyat mulkni olib-sotishda belgilangan narx va sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash sharti bilan unga o‘tkazilishi mumkin.
Agar xaridor ulushni sotib olish to‘g‘risida rozilik bergan bo‘lsa-da, lekin u notarial idoraga kelishdan bosh tortsa, notarius sotuvchining
xohishi bo‘yicha boshqa shaxs bilan shartnomani rasmiylashtirish huquqiga ega.
Umumiy mulk bo‘lgan uydan tegishli ulush soqit qilinganda, masalan, sotilganda, uyga bo‘lgan ulushlar real (natura shaklida) ko‘rsa- tilmay, balki arifmetik ulushlarda belgilanadi. Ammo shu bilan birga sotuvchi foydalanish uchun qaysi kvartira yoki xonaning o‘tishini ko‘rsa- tishi mumkin. Agar umumiy ulushli mulk bo‘lgan turar joyning ayrim xonalaridan foydalanish to‘g‘risida ishtirokchilar o‘rtasida oldindan kelishuv bo‘lsa, bunday kelishuv ham notarius tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Ulush imtiyozli sotib olish huquqini buzgan holda sotilgan taqdirda, boshqa mulkdorlar uch oy mobaynida sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini o‘zlariga o‘tkazishni sud tartibida talab qilishga haqli- dirlar (FK 224-m. 4-q).
Fuqarolik kodeksining 223-moddasida ko‘rsatilganidek, umumiy ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini umumiy mol-mulkdan ajratib berishni talab qilishga haqlidir. Uning bu huquqi umumiy mulkdagi ulushni tasarruf etishga bo‘lgan huquqdan kelib chiqadi.
Ulushni ajratishning asosiy usuli, mulkning xo‘jalikda foydalanish holatiga zarar yetkazmaslik sharti bilan ulushni asl holida ajratishda ishtirokchilar o‘zaro kelisha olmasalar, sud yoki nizoni hal qiluvchi organ umumiy mulkdan qanday ashyolar asl holida ajratilishini, masalan, sheriklik asosida olingan hosilning qanday taqsimlanishini belgilaydi.
Umumiy mulkdan ulushni uning xo‘jalikda foydalanish holatiga zarar yetkazmasdan ajratishning iloji bo‘lmaganda, ulush ajratib oluvchi mulk ishtirokchisining roziligiga ko‘ra, ulush miqdoriga yarasha pul baravarida haq olishi mumkin. Agar pul baravarida ulush to‘lash imkoniyati bo‘lmasa, umumiy mulk sotilib, uning summasi sheriklar o‘rtasida taqsimlanadi.
Uy-joyga bo‘lgan umumiy ulushli mulk egalari o‘zlariga tegishli ulushga yarasha uy-joyni taqsimlashga haqli bo‘lib, buning natijasida ularning har biriga uy-joyning alohida qismi (kvartira yoki alohida xona) biriktirib qo‘yilishi mumkin.
Agar ulushni ajratish usuli to‘g‘risida sheriklar o‘zaro kelisha olmasalar, mulk har qaysi sherikning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan taqsimlanadi. Amalda shunday hollar ham uchraydiki, umumiy mulkdan ulush ajratish haqidagi qonunning qoidalari xususiylashtirilgan turar
joylarga tatbiq qilinishi mumkin emas va bunday turar joylarni taqsimlashda Uy-joy kodeksi normalari tatbiq etilishi lozim.
Ammo bunday taqsimlash aholi yashaydigan joyning rejalashtirish loyihasiga zid bo‘lmasligi kerak. Uy-joyni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim notarial tartibda tasdiqlanishi va tuman hokimligi idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Ba’zi hollarda, umumiy mulkdan tegishli ulush mulk egalaridan birining qarzini qoplash uchun uning kreditori talabi bo‘yicha ham ajratilishi mumkin. Agar bu to‘g‘rida kelishuv bo‘lmasa, tegishli ulush sud tartibida Fuqarolik protsessual kodeksining 105-115-moddalarida belgilangan qoidalarga rioya qilingan holda ajratiladi.
Oila kodeksida er-xotinning nikoh davomida orttirgan mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lishi ko‘rsatilgan. Bunda u yoki bu mulkning kim tomonidan sotib olinganligi, kimning nomiga rasmiylashtirilganligi, er yo xotindan birortasining qancha maosh olishi yo butunlay olmasligining mutlaqo ahamiyati yo‘q. Umumiy mulkni orttirish masalasiga kelganda, oilada uy yumushlarini qilish, farzandlarni tarbiyalash har qanday maosh to‘lab qilinadigan ijtimoiy ishga tenglash- tiriladi. Bu esa mamlakatimizda ayollarning erkaklar bilan teng huquqligi, ayollarning salomatligi, ularning mehnatlari qadrlanishi va onalarga cheksiz hurmat bilan qaralayotganligini bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-moddasiga asosan, er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobi- ga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqa- cha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (er va xotinning umumiy mol-mulkiga) er va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalari- dan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek, maxsus maqsadga mo‘ljallanmagan boshqa pul to‘lovlari (moddiy yordam summasi, mayib bo‘lish yoki salomatligiga boshqacha zarar yetkazish oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tarzida to‘langan summalar va boshqa- lar) kiradi. Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko‘char va ko‘chmas ashyolar, qimmatli qog‘ozlari, paylari, omonatlari, kredit
muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylash- tirilgan yoxud pul mablag‘lari kimning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo‘lishidan qat’i nazar, ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi.
Er va xotindan biri uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega bo‘lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo‘ladi.
Fermer xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi mulki bo‘lgan mol-mulkka nisbatan er va xotinning egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari fermer xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligi to‘g‘risi- dagi qonunlarda belgilanadi. Fermer xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligining mol-mulkini bo‘lish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 223 va 225-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi. Er va xotin o‘rtasidagi umumiy mulk huquqining taqdiri nikohning bekor qilinishi bilan o‘zgarishi mumkin. Bu holda dastlab er va xotinning nikoh tuzganiga qadar o‘zlariga tegishli bo‘lgan mulklari, shuningdek, nikoh davomida hadya yoki meros tariqasida olgan mulklari har birining shaxsiy mulki qilib ajratilishi va ular o‘rtasidagi umumiy mulkka qo‘shil-
masligi kerak.
Er-xotinning majburiyatlari ularning qanday asoslardan kelib chiq- qaniga qarab umumiy mulk hisobidan bajarilishi mumkin. Agar majburiyat er va xotinning umumiy xo‘jalik yoki oila manfaatlarini ko‘zlab qilgan harakatlaridan kelib chiqqan bo‘lsa, qarz so‘zsiz umumiy mulk hisobidan undiriladi.
Majburiyat er yoki xotinning shaxsiy qarzlaridan kelib chiqqan bo‘lsa, majburiyat qarzlari ularning shaxsiy mulkidan yoki ularga tegishli umumiy mulk ulushidan undiriladi. Agar er-xotinning umumiy mulki jinoyat hisobiga jamg‘arilgani yoki ko‘paytirilganligi sud hukmi bilan isbot qilinsa, jinoyat tufayli kelgan hamma mulk hisobidan undiriladi.
Er va xotinning yuqorida bayon qilingan umumiy mulki haqidagi qoidalar FHDYOda qayd etilgan nikohda turuvchi shaxslarga nisbatan tatbiq qilinadi. FHDYOda ro‘yxatdan o‘tmaganlarga nisbatan Oila kodek- sida bayon qilingan mulk haqidagi qoidalar tatbiq etilmaydi. Ular o‘rtasi- dagi umumiy munosabatga Fuqarolik kodeksining umumiy mulk huquqi to‘g‘risidagi normalari qo‘llaniladi.

    1. Yüklə 5,47 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin