Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə42/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

«kreditor» deb, muayyan harakatni qilishga yoki harakat qilishdan saqlanishga majbur taraf esa «qarzdor» deb ataladi. Demak, majburiyat munosbatida bir tomon kreditor va ikkinchi tomon esa qarzdor sifatida qatnashdi. Ya’ni, kreditor va qarzdor majburiyat munosabatining subyekti hisoblanar ekan, fuqarolik huquqining uchala subyekti (jismoniy shaxs, yuridik shaxs va davlat) ham majburiyat munosabatida ham kreditor ham qarzdor bo‘lib ishtirok etadi.
Majburiyatda kreditorning talab qilish huquqi va qarzdorning majburiyati nimaga qaratilgan bo‘lsa, shular majburiyat munosabatining obyekti hisoblanadi. Jumladan, huquq va burchlar ma’lum-bir ashyoni olishga, topshirishga, muayyan pul summasini to‘lashga yoki biron-bir ishning bajarilishiga qaratilgan huquqiy harakatlardan yoxud muayyan harakatlarni bajarishdan tiyilishdan iborat bo‘lishi mumkin.
Majburiyat huquqi deb mulkni topshirish, ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish yoki pul to‘lash bilan hamda muayyan harakatlardan tiyilish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan fuqarolik-huqu- qiy normalarning yig‘indisiga aytiladi. Majburiyat huquqi jamiyatimizda mulkiy munosabatlarning eng muhim va keng sohasini o‘zining fuqaro- lik-huquqiy xarakterdagi qoidalari bilan tartibga solib turadi.
Jamiyatda majburiyatga oid huquqiy munosabatlar fuqarolik huquqi subyektlarining xilma-xil ehtiyojlarini qondirish, ta’minlash maqsadida o‘rnatiladi. Majburiyatlar to‘g‘risidagi normalar mulkning bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishini, ishlab chiqarish va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari orqali xilma-xil xizmatlar ko‘rsatilishini tartibga soladi. Majburiyatlar vositasida mulk yoki mulkiy huquqlarning qo‘riqlanishi ta’minlanadi. Shuningdek, majburiyat huquqi fuqarolik huquqining subyektlariga yetkazilgan mulkiy va ma’naviy zararlarni to‘lanishini, noqonuniy yoki qonuniy asoslarsiz olingan narsalarning qaytarilishini ta’minlaydigan normalarni ham o‘z ichiga oladi.
Majburiyat huquqining tizimi ikki asosiy bo‘limdan: majburiyatlar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar va majburiyatlarning ayrim turlariga oid maxsus qoidalardan iborat.
Majburiyat to‘g‘risidagi umumiy qoidalarda (FK 234-252-m.) majburiyatlarning kelib chiqishi va bajarilishi, majburiyatlarning bajarili- shini ta’minlash usullari, talab qilish huquqini birovga o‘tkazish va qarzni ko‘chirish, majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari va shartlari, majburiyatlarning bekor qilinishi asoslari belgilangan.
Fuqarolik kodeksining 2-qismi, asosan majburiyatlarning alohida turlarini tartibga soluvchi fuqarolik-huquqiy normalardan tashkil topgan. Majburiyat huquqining mazkur maxsus qismi normalari ikki turkumga: shartnomali majburiyatlar va shartnomasiz (shartnomadan tashqari) majburiyatlar institutiga bo‘linadi.
Shartnomali majburiyatlarga oid huquqiy institutlar jumlasiga: oldi- sotdi, mahsulot yetkazib berish, qarz, kontraktasiya, pudrat, mulk ijarasi, turar joy ijarasi, yuk va yo‘lovchilar tashish shartnomalari va boshqa turdagi shartnomalar asosida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar kiradi.
Shartnomalardan tashqari majburiyatlarga oid fuqarolik huquqi institutini zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar va shu kabi boshqa shartnomasiz vujudga keladigan majburiyatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar tashkil etadi.
Majburiyatlar mazmuni deganda, kreditorning qarzdordan muayyan harakatlarni qilishni (yoki qilmaslikni) talab qilish huquqi hamda qarzdor- ning shunday harakatlarni bajarishga bo‘lgan burchi tushuniladi. Bosh- qacha aytganda, tomonlarning huquq hamda majburiyatlari majburiyat munosabatlarning mazmunini tashkil etadi. Qarzdor tomonidan qilinishi lozim bo‘lgan harakatlar har xil: ashyoni egasiga (kreditorga) topshirish, ashyolarni foydalanish uchun topshirish, ma’lum summadagi pulni to‘lash, bironta ishni qilish yoki xizmat ko‘rsatish, yetkazilgan zararni to‘lash, asos- siz olingan yoki tejalgan mulkni qaytarish va hokazolar to‘g‘risida bo‘lishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan majburiyat obyektlarida ko‘rsatilishicha, majburiyatning mazmuni asosan mulkiy xarakterdagi huquq va burchlar- dan iborat bo‘lsa-da, huquq subyektlari o‘zaro mulkiy xarakterda bo‘lmagan majburiyatlarni ham belgilashlari mumkin. Masalan, ma’lum asar mualliflaridan biri o‘zaro kelishuv bo‘yicha muayyan vaqt ichida asarning bir qismini tuzatib, qayta ishlab kelish to‘g‘risida o‘z zimma- siga majburiyat olishi mumkin va hokazo.
Demak, majburiyatlar mazmunida qonunga xilof bo‘lmagan har qanday mulkiy va nomulkiy xarakterdagi harakatlarni bajarishni talab etishga qaratilgan huquqlar va bu harakatlarni sodir etish yuzasidan olin- gan majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
Sivilistik adabiyotlarda majburiyatlar mazmuni, obyektlari va subyekt- lariga qarab quyidagi turlarga ajratilgan:


      1. Yüklə 5,47 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin