3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Garovmajburiyat bajarilishini ta’minlashning muhim usullaridan hisoblanadi. Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘l- gan huquqini majburiyatni ta’minlash uchun berishi garovhisoblanadi.
Garovga ko‘ra qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarma- gan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat bo‘yicha o‘z talabi garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulk egasi bo‘l- gan shaxs (garovga qo‘yuvchi)ning boshqa kreditorlariga qaraganda
imtiyozli suratda qanoatlantirishiga, qonunda belgilab qo‘yilgan chegirish- lardan keyin, haqli bo‘ladi (FK 264-m., 2-q.).
Yuqoridagi normada ko‘rsatilganidek, subyektiv huquq – garov huquqi bo‘lib, mulkni garovga bergan shaxs «garovga qo‘yuvchi» va mulkni olgan shaxs esa «garovga oluvchi» deb ataladi. Mulkni garovga qo‘yuvchi shaxs qarzdorning o‘zi ham, shuningdek, uchinchi bir shaxs ham bo‘lishi mumkin.
Garov qo‘yuvchilar yuridik shaxslar va fuqarolardan iborat bo‘lishi mumkin. 18 yoshga yetmagan (FK 22-modda 2-qismi va 28-moddada ko‘rsatilgan asoslarda to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lmagan voyaga yetmaganlardan tashqari) shaxslar o‘z mol-mulklarini garovga faqat ota- onalarining va homiylarining roziligi bilan qo‘yishlari mumkin.
Mol-mulkni garovga qo‘yuvchi unga nisbatan mulk huquqiga yoki xo‘jalik yuritish huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Mol-mulkni operativ boshqarish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, ya’ni mulkdor tomonidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar garov qo‘yuvchilar bo‘la olmaydilar (FK 178-m.).
Fuqarolik kodeksining 266-moddasida ko‘rsatilganidek, garovga qo‘yuvchi garovga qo‘yilayotgan ashyoning egasi bo‘lishi lozim. Basharti, qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mulk- dorning roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Garovning mohiyati shundan iboratki, qarzdor tomonidan majburiyat ijro etilmaganida kreditor o‘zining talabini garovga qo‘yilgan mulk hisobidan birinchi navbatda undirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kreditorning talablari qondirilgandan so‘ng garovga qo‘yilgan mulkni sotishdan hosil qilingan summaning qolgani boshqa kreditorlar- ning talablarini qondirish uchun sarflanishi mumkin.
Har qanday mol-mulk, ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi bo‘lishi mumkin. Muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan talabnomalar, xususan, hayoti va sog‘li- g‘iga yetkazilgan zararni qoplash haqidagi talablar, alimentlar to‘g‘risidagi talablar hamda shaxsga berish qonun bilan man etilgan boshqa talablar garovga qo‘yilishi mumkin emas.
Odatda, faqat kreditorning haqiqiy talabigina garov bilan ta’minla- nishi mumkin. Demak, shartnoma, haqiqiy emas deb topilsa, u holda garov to‘g‘risidagi shartnoma ham haqiqiy sanalmaydi. Agar shartnoma- da boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garov talabning uni
qondirish paytidagi hajmini ta’minlaydi, xususan, foizlar, neustoyka ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zarar to‘lanishini, shuningdek, garovga oluvchining garovga qo‘yilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari to‘lanishini ta’minlaydi.
Asosiy majburiyat yuzasidan kreditor bo‘lgan shaxs talab bilan bog‘liq huquqlarini boshqa shaxsga topshirsa, u holda qonunga binoan uning garov huquqi ham yangi kreditorga o‘tadi.
Garovga qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqi yoki xo‘jalik yuritish huquqi mulkni garovga bergan shaxsdan boshqa shaxsga o‘tganida garov huquqi o‘z kuchini saqlab qoladi. Binobarin, garovga beruvchi – kreditor garovga qo‘yilgan mulkining egasi yoki uni boshqaruvchi subyekt boshqa shaxs bo‘lganida ham o‘z huquqini garovga qo‘yilgan mulk hisobidan undirishga haqli. Masalan, bankdan qarzdor bo‘lgan fuqaro olingan kredit hisobiga qurilgan uy-joyni sotsa, bank uy-joyni garovga olgan shaxs sifatida mazkur uy-joy hisobidan o‘z haqini uyning yangi egasidan ham undirib olishi mumkin.
Garov huquqi shartnoma yoki qonunga binoan, ya’ni me’yoriy hujjatda maxsus ko‘rsatma bo‘lgandagina vujudga keladi. Ko‘p hollarda majburiyat biror-bir mulkni garovga qo‘yish to‘g‘risida shartnoma tuzish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Fuqarolik kodeksining 265-moddasiga asosan, garovning quyidagi
turlarimavjud:
zakalatgarovi– bunda garov narsasi (predmeti) garovga oluv- chida saqlanadi;
ipotekagarovi– bunda ko‘chmas mol-mulk garovga olinadi;
v) huquqlargarovi– bunda mulkiy huquqlar garovga olinadi.
Fuqarolik kodeksining 269-moddasiga asosan, agar shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga qo‘yilgan mol-mulk garovga qo‘yuvchida qoladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 614-I-sonli yangi tahrirdagi «Garov to‘g‘risida»gi qonunining 36-moddasiga asosan, yer bilan bog‘liq mol-mulk, imorat, inshoot, ko‘p qavatli uydagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy majmualar, qonunlar bilan ko‘chmas mulk, shuningdek, transport vositalari ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin.
Garov shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak. Ipoteka haqidagi shartnoma, shuningdek, notarial tasdiqlanishi kerak bo‘lgan shartnomaga muvofiq olinadigan majburiyatlarni ta’minlash yuzasidan ko‘char mol-
mulkni yoki mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma notarial tasdiqlanishi shart. Bundan tashqari, garov shartnomasi qiymatiga qarab tegishli adliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
Garov shartnomasining shakli, uni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi talablarga rioya qilinmay tuzilganda haqiqiy hisob- lanmaydi.
Fuqarolik kodeksining 278-moddasi 1-qismida ko‘rsatilganidek, garovga oluvchi o‘z ixtiyorida bo‘lgan yoki bo‘lishi lozim bo‘lgan garovga qo‘yilgan mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egallashidan, shu jumladan garovga qo‘yuvchining egallashidan talab qilib olishga haqli. Shartnoma shartlariga ko‘ra garovga oluvchiga o‘ziga topshirilgan garov narsasidan foydalanish huquqi berilgan hollarda u boshqa shaxs- lardan, shu jumladan garovga qo‘yuvchidan ham, o‘z huquqining har qanday buzilishini bartaraf etishni, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham talab qilishi mumkin.
Garov bilan kafolatlangan majburiyat qarzdor tomonidan bajarilma- ganda garovga qo‘yilgan mulk sudning qaroriga asosan sotiladi va birinchi navbatda tushgan summa hisobidan boshqa shaxslardan oldin kreditorning talabi qondiriladi.