Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə47/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

«Regress» fuqarolik huquqida «qaytarish» tushunchasini, masalan, birov uchun to‘langan pulning qaytarish to‘g‘risidagi talabni bildiradi. Qaytarma majburiyat sheriklik va qo‘shimcha majburiyatlarni bajarish- dan kelib chiqadi. Sherik qarzdorlardan biri kreditorga nisbatan majbu- riyatni to‘la hajmda bajarib, keyinchalik ular uchun to‘langan summani, qilingan ish xarajatlarini qolgan qarzdorlardan qaytarma talab asosida qoplata oladi.
Qaytarma (regress) majburiyat deb, bir taraf ikkinchi taraf uchun uchinchi shaxs oldida bajargan majburiyatni qaytarish to‘g‘risida talab qila olish huquqiga aytiladi. Regress (qaytarma) talabda ham boshqa majburiyatlar singari ikki taraf ishtirok etadi. Masalan, qarz shartnomasi- ga asosan qarzdorlardan biri qarzni to‘la hajmda to‘lasa, qarz majburiyati bekor bo‘ladi. Lekin boshqa qarzdorlar uchun qarzni to‘lagan qarzdor ulardan tegishli summani undirish uchun qaytarma talab qila oladi. Qaytarma talab uchinchi shaxsga nisbatan qilingan xarajatning umumiy miqdoridan oshmasligi kerak.
Qaytarma majburiyat xo‘jalik tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlar- da ko‘proq tarqalgan. Chunonchi, mahsulot yetkazib beruvchi tashkilot- dan sotib oluvchi tashkilotga mahsulot sifatsiz bo‘lgani uchun jarima to‘laganida – bunday sanksiyaga (jarima) tortilishi mahsulot tayyorlovchi tashkilotning shartnoma shartlarini buzganligi sababli vujudga kelganligi ko‘rsatilib, keyinchalik bu jarima summasining o‘ziga qaytarilishi to‘g‘risida mahsulot tayyorlovchi tashkilotga qaytarma da’vo qo‘zg‘ata oladi.
Binobarin, qaytarma da’vo tashkilotlar o‘rtasida har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z majburiyatiga nisbatan javobgarligini oshira- di va u muayyan ahamiyatga ega bo‘ladi.
Regress majburiyatning asosiy belgilari muayyan xususiyatlargaega. Ushbu majburiyat vujudga kelishidan avval uning taraflari, ya’ni kreditor yoki qarzdor boshqa asosiy deb hisoblanuvchi majburiyatning ishtirokchisi bo‘lib keladi. Regress majburiyati ushbu asosiy majburiyatning bajarili- shini amalga oshirish sharoitida vujudga keladi. Shunday ekan, regress majburiyat o‘ziga xos quyidagi belgilari bilan ta’riflanadi: a) regress majburiyat asosiy majburiyatning xosilasi hisoblanadi; b) unda ishtirok etuvchilarning bittasi yoki barchasi asosiy majburiyatning subyektlaridan hisoblanadi; v) asosiy majburiyatni regress majburiyat taraflaridan biri tomonidan bajarilishi yoki regress majburiyatning o‘zini vujudga kelishi unda ishtirok etuvchi shaxslarning harakati yoki harakatsizligi bilan bog‘liq.
Regress majburiyat bo‘yicha qatnashuvchi kreditor regrediyent deb ataladi. U albatta asosiy majburiyatda qatnashuvchi hisoblanadi. Regress majburiyat bo‘yicha qarzdor "regressatom" deb nomlanadi. Regressatom asosiy majburiyatda qatnashgan yoki qatnashmagan bo‘lishi ham mumkin, lekin asosiy majburiyatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uning muay- yan harakatlarni amalga oshirishi yoki oshirmasligiga, shuningdek, regrediyent uchinchi shaxs oldidagi vazifasini bajarilishiga bog‘liq.
Fuqarolik huquqiga muvofiq regress majburiyatining vujudga kelishi quyidagi hollarda yuz beradi:
birinchidan, asosiy majburiyatni qarzdorning o‘rniga uchinchi shaxs bajargan holatlarda. Asosiy majburiyatni bajargan uchinchi shaxs regress majburiyatning kreditoriga aylanadi, uning qarzdori esa yangi majburiyat munosabatlarida ham qarzdor hisoblanadi. Masalan, qarz shartnomasi (asosiy majburiyat) bo‘yicha kafil kreditorning talabini qancha hajmda qanoatlantirgan bo‘lsa, shuncha hajmda unga o‘tadi. Kafil kreditorga to‘langan summani va boshqa xarajatlarni to‘lashni regress majburiyati asosida talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Solidar majburiyatni bajargan qarzdorlardan biri, boshqa solidar qarzdorlarga nisbatan talab qo‘yishi mumkin. Bunday talab regress talab deyiladi va regress majburiyatga asoslanadi. Masalan, qarzdorlarni birgalikda kafillikka olgan shaxslar kreditor oldida solidar javob beradilar (FK 293-m. 3-q.). Majburiyat kafil- lardan biri tomonidan bajarilgan bo‘lishi mumkin. Bunday holda majbu- riyatni bajargan kafil kreditor sifatida boshqa kafillarga nisbatan regress
majburiyati bo‘yicha talab qilish huquqiga ega. Regress majburiyati bo‘yicha kreditor boshqa qarzdorlardan ular uchun to‘langan pul, top- shirilgan mol-mulk hajmda qaytarishni ulardan talab qilish huquqiga ega. Solidar majburiyatni bajargan qarzdorlardan biri uchun regress talab boshqa qarzdorlarning aybi bo‘lish yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar vujudga keladi. Agar solidar majburiyatni to‘la hajmda bajargan qarzdor bu haqda boshqa qarzdorlarni xabardor qilmasa, ularga nisbatan regress huquqidan mahrum bo‘ladi. Regress talab hajmi bo‘yicha asosiy majburiyat bo‘yicha to‘langan summadan oshiqcha bo‘lmasligi kerak;
ikkinchidan, regress majburiyat uchinchi shaxsning aybi bilan majburiyat bajarilmaganligi hollarda vujudga keladi. Bunday regress majburiyat bo‘yicha asosiy majburiyatning qarzdori kreditor bo‘lsa, qarzdor esa, asosiy majburiyatning bajarilishini amalga oshirish uchun aybdor bo‘lgan uchinchi shaxs hisoblanadi. Masalan, bosh pudratchi buyurtmachi oldida yordamchi pudratchi (uchinchi shaxs) o‘z majburiyat- larini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatlari uchun javobgar bo‘ladi. Bosh pudratchi yordamchi pudratchining aybi bilan majburiyat lozim darajada bajarilmaganligi tufayli buyurtmachiga to‘langan jarimani regress tartibda yordamchi pudratchidan talab qilish huquqiga ega;
uchinchidan, regress majburiyat uchinchi shaxslarning aybi bilan ular tomonidan o‘z mehnat va xizmat vazifalarini bajarish jarayonida vujudga keladi. Masalan, boshqa shaxs (mehnat majburiyatini bajarayot- gan xodim, transport vositasini boshqaruvchi shaxs va h.k.) tomonidan yetkazilgan zararni to‘lagan shaxs bu shaxsga nisbatan, agar qonunda boshqacha miqdor belgilanmagan bo‘lsa, to‘langan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega.
Zarar bir necha shaxslarning ishtirokida yetkazilgan bo‘lishi mumkin. Birgalikda zarar yetkazgan shaxslar jabrlanuvchining oldida solidar javobgar bo‘ladilar. Jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra va uning manfaat- larini ko‘zlab, sud birgalikda zarar yetkazgan shaxslarga hissali javob- garlikni yuklashi mumkin. Birgalikda yetkazilgan zararni to‘la miqdorda to‘lagan zarar yetkazuvchi zarar yetkazuvchilarning har biridan jabr- lanuvchiga to‘langan summani har bir zarar yetkazuvchining aybi darajasiga mos ulushda regress tartibda talab qilishga haqli. Aybning darajasini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda ulushlar teng (baravar) deb hisoblanadi.
Surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zararni to‘lagan davlat bunday shaxslarning aybi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan hollarda, bu shaxslarga nisbatan regress huquqiga ega bo‘ladi (FK 1001-m. 3-q.).
Regress majburiyat shartnoma intizomini mustahkamlashga xizmat qiladi, fuqarolik huquqi subyektlarining majburiyatlar bo‘yicha ma’su- liyatini oshiradi. Regress majburiyat vositasida fuqarolarning hayotini va sog‘lig‘ini, ularning mehnat huquqlarini samarali muhofaza qilish ta’min- lanadi. Ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot organlarining fuqarolarga yetkazilgan zarar uchun javobgar tashkilotlar va shaxslarga nisbatan regress da’volari ushbu organlarning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin