3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Ulushli majburiyatlarda qatnashuvchi kreditorlarning har biri qarz- dordan tegishli ulushining bajarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lsa, ulushli qarzdorlardan har biri o‘ziga tegishli ulushni bajarishga majbur bo‘ladi.
FKning 251-moddasida ko‘rsatilganidek, agar ulushli majburiyatda bir necha kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etsa, basharti qonundan yoki shartnomadan boshqacha tartib anglashilmasa, u holda har bir kreditor majburiyatni boshqalar bilan teng ulushlarda talab qilishga haqli, har bir qarzdor esa bu talabni bajarishi shart.
Sheriklikmajburiyatlaridaqarzdor bittayu, kreditorlar bir necha bo‘lishi yoki bir necha kreditor va bir necha qarzdor bo‘lishi mumkin. Sheriklik asosida majburiyat olganlar-sherik qarzdorlar bo‘lsa, sheriklik asosida talab qilish huquqiga ega bo‘lganlar – sherik kreditorlar deb ataladi. Sheriklik majburiyatida kreditorlarning talablari yoki qarzdorlar- ning majburiyatlari ulushlarga bo‘linmaydi. Ammo kreditorlardan biri yoki bir nechtasi qarzning qisman bajarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Sheriklik (solidaritet) asosida belgilanadigan majburiyatga ko‘ra, qarzdorlardan biri tomonidan majburiyat bajarilmaganida, uning uchun boshqa sherik qarzdorlar javobgar bo‘lishadi va aksincha sherik qarz- dorlar bajarmagan majburiyatning bajarilishini bunday qarzdorlarning biridangina talab qilish ham mumkin.
FK 252-moddasida ko‘rsatilganidek, qarzdorlarning sheriklik majbu- riyati belgilanganida kreditor majburiyatning qarzdorlarning barchasidan
birgalikda, shuningdek, har qaysisidan ayrim-ayrim holda to‘la yoki qisman bajarilishini talab qilishga haqlidir.
Sherik qarzdorlarning biridan to‘la qanoat hosil qilmagan kreditor ololmagan narsasini boshqa sherik qarzdorlardan talab qilishga haqli. Sherik qarzdorlar to majburiyat to‘la bajarilgunga qadar qarzdor bo‘lib qolaveradi. Sheriklik majburiyatining qarzdorlardan biri tomonidan to‘la bajarilishi boshqa qarzdorlarni kreditorga nisbatan majburiyatni bajarish- dan ozod qiladi.
Sheriklik majburiyatini bajargan qarzdor, qonun yoki shartnomalar- da boshqacha tartib belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, majburiyatni bajargan qarzdor o‘z ulushini chegirib tashlab boshqa qarzdorlarga teng ulushlar- da regress talab qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi. Majburiyatini bajargan qarzdorga to‘lanmagan haq bu va boshqa qarzdorlar zimmasiga teng ulushlarda tushadi (FK, 254-modda).
Subsidiar javobgarlik asoslari FKning 329-moddasida nazarda tutil- gan. Bunga asosan qonun hujjatlari yoki majburiyat shartlariga muvofiq asosiy qarzdor bo‘lgan boshqa shaxsning javobgarligiga qo‘shimcha ravishda bo‘lgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qo‘yishdan oldin kreditor asosiy qarzdorga talab qo‘yishi kerak. Agar asosiy qarzdor kreditorning talabini qondirishdan bosh tortsa yoki kreditor undan qo‘yilgan talabga oqilona muddatda javob olmagan bo‘lsa, bu talab subsidiar javobgar bo‘lgan shaxsga qo‘yilishi mumkin. Kreditor asosiy qarzdorga bo‘lgan o‘z talabini qondirilishni subsidiar javobgar shaxsdan talab qilishga haqli emas, basharti bu talab asosiy qarzdorga muqobil talabni hisobga o‘tkazish yoki mablag‘larni asosiy qarzdordan nizosiz undirib olish yo‘li bilan qondirilishi mumkin bo‘lsa, subsidiar javobgar shaxs o‘ziga kreditor tomonidan qo‘yilgan talabni qondirilishdan oldin bu haqda asosiy qarzdorni ogohlantirish, bordiyu bunday shaxsga nisbatan da’vo qo‘zg‘atilgan bo‘lsa – asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilish kerak. Aks holda asosiy qarzdor o‘zining kreditorga qarshi e’tirozlarini subsidiar javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qo‘yish huquqiga ega.
Sheriklik majburiyati bo‘yicha boshqalar uchun majburiyatni bajar- gan qarzdor regress (qaytarma) da’vo huquqiga ega bo‘lsa, qo‘shimcha majburiyatni uchinchi shaxsga nisbatan bajargan qarzdor, agar qonun yoki shartnomalarda boshqacha hol belgilanmagan bo‘lsa, shu bajarilgan narsani qaytarib olish huquqiga ega bo‘lmaydi. Masalan: ota-onalar
farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar, voyaga yetmagan bolalarning harakati natijasida yetkazilgan zararni uchinchi shaxsga to‘laganlarida mazkur haqni qaytarib olish huquqiga ega emaslar.
Qo‘shimcha majburiyat qonun yoki shartnomalarda ko‘rsatilgan taqdirda vujudga keladi. Chunonchi, qonunda aytilishicha, o‘n to‘rt yosh- dan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan o‘smir tomonidan yetkazilgan ziyon uchun ularning ota-onalari, vasiy va homiylari qo‘shimcha javobgar hisoblanadi. Qo‘shimcha majburiyatga yana bir misol qilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa, boshqa shaxs majburiyatining butunlay yoki qisman bajarilishi uchun uning kreditori oldida javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan kafilning qo‘shimcha javobgarligini ko‘rsatish mumkin. Ammo bu holda majburiyatni bajar- gan kafil regress (qaytarma) da’vo qilish huquqiga ega bo‘ladi.