Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə54/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Qarzdorning yetkazilgan zararni to‘lash majburiyati. Fuqarolik kodeksining 324-moddasida qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni to‘lashi shartligi uqtirilgan.
Qarzdorning majburiyatni ijro etmasligi natijasida vujudga kelgan va to‘lanishi lozim bo‘lgan xarajatlar bu, kreditorning mazkur majburiyat yuzasidan qilgan xarajatlari va qarzdorning o‘z vazifasini bajarmaganligi
bilan bog‘liq xarajatlardir. Chunonchi, mahsulot yetkazib beruvchi tomo- nidan mahsulotning belgilangan muddatda yetkazilmaganligi sababli korxonaning ishsiz qolgan vaqtida yo‘qotilgan xarajatlar to‘lanishi lozim. Majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mulk shartnoma shart- lariga muvofiq kelmaganda kreditor mulkni qarzdorga qaytarish yoki mulk uchun to‘langan pul summalarining o‘ziga qaytarilishini talab qilish-
ga haqli.
Kreditor qarzdorning o‘z vazifasini bajarmaganligi tufayli yo‘qotgan mulkining qiymatini yoki mulkning zararlanishi natijasida uning qiymati kamayishidan kelib chiqqan summaning to‘lanishini talab qilishi mumkin. Ma’lumki, bozor munosabatlari sharoitida erkin narx amal qiladi. Uning asosiy xususiyati shundan iboratki, ba’zi hollarda majburiyat vujudga kel- gan paytdagi narx bilan zararni undirish vaqtidagi narxlar o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Qonunda ushbu holatlar ham ko‘zda tutiladi. Unga ko‘ra, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak bo‘lgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan bo‘lmasa, da’vo qo‘zg‘atilgan kunda mavjud bo‘lgan narxlar e’tiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni to‘lash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bo‘lgan narxlarni e’tibor- ga olgan holda qanoatlantirishi mumkin (FK 324-m. 2-q.).
Kreditor tomonidan olinmagan va to‘lanishini qarzdordan talab qilishga haqli daromadlar deganda, qarzdor o‘z majburiyatini lozim darajada bajarganida, kreditorning olishi mumkin bo‘lgan daromadlari tushuniladi. Bu, ayniqsa, pul majburiyatini bajarmaganlik uchun javob- garlik belgilashda yaqqol namoyon bo‘ladi. Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga asosan boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayri- qonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni to‘lashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamg‘arish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablag‘lar summasiga foiz to‘lanishi kerak.
Foizlar miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs bo‘lganida esa, uning joylashgan yerida pul majburiyati yoki uning tegishli qismi bajarilgan kunda mavjud bo‘lgan bank foizining hisob stavkasi bilan belgilanadi. Qarz sud tartibida undirib olinganida sud kreditorning talabini da’vo qo‘zg‘atilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan kundagi bank foizining hisob stavkasiga qarab qondirishi mumkin.
Ushbu qoidalar qonunda yoki shartnomada boshqa foiz miqdori belgi- langan bo‘lmasa qo‘llaniladi.
Kreditorning pul mablag‘laridan noqonuniy foydalanish tufayli unga yetkazilgan zarar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga asosan unga tegishi kerak bo‘lgan foizlar summasidan oshib ketsa, kreditor qarzdordan zararning bu summadan ortiqcha bo‘lgan qismini to‘lashni talab qilishga haqli.
Zarar ko‘rilganligini va ushbu zarar qarzdorning majburiyatini bajar- masligidan kelib chiqqanligini isbotlash, shuningdek, zararning miqdori- ni hisoblab ko‘rsatish vazifasi zararning undirilishiga talabgor bo‘lgan kreditorga yuklatiladi.
FK 332-moddasida majburiyatlarning ayrim turlari bo‘yicha hamda muayyan faoliyat turi bilan bog‘liq majburiyatlar bo‘yicha qonunda zararni to‘la qoplashga bo‘lgan huquq cheklab qo‘yilishi mumkin (cheklangan javobgarlik). Bu normada cheklangan javobgarlikning huquqiy shakllari ko‘rsatilmagan bo‘lib, u alohida hollarda va maxsus qonunlarda nazarda tutiladi. Chunonchi, qarzdorning harakatida har qanday ayb emas, faqat qasd yoki qo‘pol ehtiyotsizlik bilan bog‘liq ayb bo‘lganida javobgarlikning cheklanishi belgilanadi.
Qonun ba’zi hollarda zararni to‘lagan qarzdorga nisbatan majburiyatni asl holida bajarish vazifasini ham belgilaydi.
Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyat lozim darajada bajarilmagan taqdirda neustoyka to‘lash va zararni qoplash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi (FK 330-m.).
Fuqarolik kodeksining 333-moddasi fuqarolik qonunchiligining asosiy tamoyillaridan birini, ya’ni qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan istisnolardan tashqari, majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik belgi- lashda uning harakatlarida huquqni buzuvchi aybning bo‘lishi tamoyilini belgilaydi. Shartnomali, shuningdek, shartnomasiz majburiyatlarda ham, zarar yetkazuvchining aybi deganda, huquqqa xilof harakat qiluvchi shaxs- ning qasdi yoki ehtiyotsizligi nazarda tutiladi. Ammo yuqorida ko‘rsatilgan qoida bilan belgilangan ayb qarzdorda bo‘lishi talab qilinadi. Binobarin, qarzdor o‘ziga qo‘yilgan aybni bartaraf qilishda majburiyatni lozim daraja- da bajarish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rganligini va o‘zining aybsizligini isbotlashi kerak.
Qarzdor tomonidan majburiyatning qasddan buzilishi hollari sud amaliyotida kamdan-kam bo‘lsa-da, uchraydi. Tashkilot o‘zi tomonidan
buyurtma qilingan mahsulotni qasddan qabul qilmaslik va soxta bankrot holatlari bunga misol bo‘ladi.
Qonunchilikda, Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan, umumiy qoidadan istisno tariqasida, qarzdorning ba’zi hollarda majburiyatlarni buzgani uchun javobgarligi aybning bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar belgilanadi. Bunda Fuqarolik kodeksining, birinchi navbatda, birovning aybi uchun javobgarlik belgilaydigan 334-moddasida ko‘rsatilgan holat- lar nazarda tutiladi. Bunga majburiyatni o‘z aybi bilan emas, balki qarz- dorga nisbatan olgan majburiyatlarini buzgan shaxslarning boshqa qarz- dorlar aybi bilan buzilgan majburiyatlar uchun javobgarlik belgilashni misol qilish mumkin. Birovning aybi bilan bo‘lgan bunday javobgarlik mahsulot tayyorlovchi bilan birga mahsulot yetkazib berishga mas’ul tashkilotlarning aybli harakatlari natijasida majburiyat buzilganda, javobgarlik mahsulot yetkazib beruvchi tashkilotlar zimmasiga tushishi holatlari sud amaliyotida uchrab turadi.
Ba’zi hollarda qonun biron-bir tarafning harakatida aybning bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, javobgarlikni belgilaydi. Bunday javobgarlikning belgilanishi, odatda, qarzdor harakatlarida aybning bo‘lishi bilan ifoda- lanadi.
Ammo ba’zida qonun istisno tariqasida qarzdor tomonidan majburiyatlarning boshqa – uchinchi shaxsning aybli harakati natijasida bajarilmagani uchun ham javobgar bo‘lishini belgilaydi.
Fuqarolik kodeksining 334-moddasida ko‘rsatilishicha, basharti, qonun hujjatlari yoki shartnomada bevosita ijrochi bo‘lgan uchinchi shaxsning javobgarligi belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, zimmasiga majbu- riyatni bajarish vazifasi yuklatilgan uchinchi shaxslarning majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qarzdor javob beradi.
Mazkur hollarda qarzdorning javobgarligini belgilashda quyidagi shartlar, jumladan: qarzdorga majburiyatni boshqa shaxslar bajarishi uchun muayyan qoidalar bilan yuklatilgan bo‘lishi yoki bunday harakatlar ularning qarzdor bilan tuzgan shartnomasiga asosan bajarilgan bo‘lishi; ma’muriy jihatdan bo‘ysunishi tufayli bajarilgan bo‘lishi; mazkur shaxslarning harakati aybli qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida ko‘rilgan bo‘lishi lozim.
Agar kreditor uchinchi shaxsning aybi bilan mahsulotni kechikib olsa, mahsulot yuboruvchi tashkilot, ya’ni mahsulot tayyorlovchining
topshirig‘i bo‘yicha tovarni yuboruvchi uchinchi tashkilot emas, balki qarzdorning bevosita o‘zi, ya’ni mahsulot tayyorlovchi tashkilot javob- gar bo‘ladi.
Majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qarzdor, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilma- gan bo‘lsa, aybi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, mulkiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu holda mulkiy javobgarlikning belgilanishi xalq xo‘jaligi manfaatlarini, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadidan kelib chiqadi. Masalan, avtotransport yuk tashish yuzasidan olingan rejali majburiyatlarni bajarmaslik uchun har ikki tomon – yuk yuboruvchi hamda avtotransport tashkiloti o‘zlarining ayblari bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, mulkiy javobgarlikka tortiladilar.
Avtoransport bilan yuk tashish to‘g‘risidagi maxsus qonunlarda yuk tashish rejasini bajarish yuzasidan olingan majburiyatlar bajarilmaganda avtotransport tashkiloti va yuk tashuvchini javobgarlikdan ozod qiladigan holatlar ham ko‘rsatiladi.
Qarzdor majburiyatni butunlay bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar bu holat uning aybisiz sodir bo‘lgan yoki kreditorning aybi bilan bog‘liq bo‘lsa, umumiy qoida bo‘yicha javobgarlikdan ozod qilinadi.
Qarzdor tomonidan majburiyatning aniq bajarilishiga to‘sqinlik qilgan yuqorida ko‘rsatilgan yuridik faktlardan birining bo‘lishi majbu- riyatni bajarishning iloji yo‘qligini bildiradi.
Oddiy tasodifiy holat yuridik ma’noda, majburiyatning qarzdor tomonidan uning va kreditorning aybi bo‘lmay turib bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi holatlari hisoblanadi. Bunday holatlar uchinchi shaxslarning, ya’ni boshqa shaxslarning harakatlari bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Masalan, begona bir shaxsning harakatlari natijasida qarzdor yo‘qligida oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha kreditorga topshirilishi lozim bo‘lgan uyga o‘t tushib, yonib ketishini misol sifatida ko‘rsatish mumkin.
Qonun bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlikning ahamiyatini hisobga olgan holda tadbirkorlar uchun muhim kafolatni ko‘zda tutadi. Fuqarolik kodeksining 333-modda 3-qismiga asosan, basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tadbirkor- lik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga
yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon bo‘lma- ganligini isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin