Respublikasi ichki


Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari va shartlari



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə52/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari va shartlari


Qarzdor tomonidan majburiyatning butunlay bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik hisoblanadi. Buning uchun umumiy qoida sifatida faqat muayyan shartlar mavjud bo‘lganda qarzdor, ya’ni majburiyatni buzgan shaxs mulkiy javobgarlikka tortiladi.
Fuqarolik huquqida majburiyatni buzganlik uchun qarzdor yoki zarar yetkazuvchining javobgarlikka tortilishi uchun to‘rtta shartning bo‘lishi
kerakligi ko‘rsatilgan. Ular, birinchidan, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik; ikkinchidan, zarar yetkazilishi; uchinchidan, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik natijasida yetkazilgan zarar o‘rtasida sababli bog‘lanishning bo‘lishi va to‘rtinchidan, qarzdor yoki ziyon yetkazuv- chining muqarrar aybi bo‘lishi shartlaridir.
Agar kreditorning talabi zararni undirishga qaratilgan bo‘lsa, u holda albatta quyidagi shartlar: zararning mavjudligi, qarzdorning huquqqa xilof harakati yoki harakatsizligi, kreditorning ko‘rgan zarari o‘rtasida sababli bog‘lanishlar bo‘lishi va nihoyat, qarzdorning aybi bo‘lishi talab etiladi. Agar kreditorning talabi faqat neustoyka, penya yoki jarima undirishga qaratilgan bo‘lsa, qarzdor faqat aybi bo‘lganda mulkiy javobgarlikka tortiladi.
Qarzdorga nisbatan mulkiy javobgarlikni belgilashdan oldin, ya’ni kreditorga yetkazilgan zarar undirilishidan oldin sud har bir aniq holatda, mazkur zararlar qarzdorning o‘z majburiyatini buzishidan yuzaga kelgan-kelmaganligini aniqlashi, ya’ni qarzdorning huquqqa xilof harakati yoki harakatsizligi bilan kreditorning zararlari o‘rtasida sababiy bog‘lanish bor yoki yo‘qligini aniqlashi lozim. Masalan, temir yo‘l transporti korxonasi yuk oluvchiga zararlangan yukni yetkazib bersa, sud kreditorga bunday zararni kim yetkazganligini, ya’ni mahsulot yuboruv- chi tashkilot yoki temir yo‘l korxonasi tomonidan yetkazilganligini, mazkur zarar sifatsiz tovar yuboruvchi tashkilotning aybi yoki huquqqa xilof harakati bilan sodir bo‘lganligini yoki tashish uchun qabul qilingan yukning yo‘lda saqlanishini ta’minlamagan temir yo‘l korxonasining huquqqa xilof harakati natijasida yuzaga kelgan (kelmagan)ligini aniqlashi lozim. Qonunga binoan qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni to‘lashi shart (FK 324-m.). Bundan ham shartnoma bilan belgilanadigan majburiyat munosabatlarida sababli bog‘lanish muammosini hal qilish zarurati kelib chiqadi.
Fuqarolik huquqida sababiy bog‘lanish masalasini tahlil qilishda barcha mualliflar yakdillik bilan quyidagi ilmiy qoidalarga asoslanadilar: birinchidan, tabiat va jamiyatda har bir hodisa atrofdagi boshqa hodisalar bilan bog‘liq holda yuzaga kelishini ko‘rish mumkin. Har bir holatning kelib chiqishi atrofdagi hodisalar bilan bog‘liq bo‘lishi yoki bir hodisaning kelib chiqishiga ikkinchisi aloqador bo‘lishi, shu bilan birga
shu hodisa boshqa hodisalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
ikkinchidan, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlik – sababiy hodisalar o‘rtasidagi mavjud obyektiv aloqadorlikdan tashkil topadi. Bun- day aloqadorlik kishilar tomonidan o‘rganilib, amaliyotda tekshiriladi.
Shularga asosan sud sababiy aloqadorlikka oid masalani hal qilishda mazkur natijaning, ya’ni kreditorga nisbatan, yuzaga kelishida qarzdor- ning huquqqa xilof harakati yoki harakatsizligi sodir bo‘lgan boshqa holatlar o‘rtasida qanday rol o‘ynaganligiga e’tibor berishi, o‘zining mulohazasida mazkur hodisaga, subyektiv ravishda mavjud qonuniyat- larga amal qilishi, har bir muayyan ishni hal qilishda barcha muhim holatlarni ajratib olishi lozim.
Agar kreditorga yetkazilgan zararning qarzdor tomonidan huquqqa xilof harakat yoki harakatsizligi oqibatida yuzaga kelganligi ma’lum bo‘lsa, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sababiy aloqadorlik bo‘lsa, u holda masala- ning hal etilishi qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Masalan, mebel fabrikasiga qarashli yukni kirakash avtopark mashina- sida tashish vaqtida yong‘in chiqib, fabrikaga mulkiy zarar yetkaziladi. Mazkur nizoning iqtisodiy sudda ko‘rilishida avtopark yong‘inda aybi yo‘qligini isbotlay olmaydi. Shu sababli, yong‘in natijasida ko‘rilgan zararni to‘lashga avtopark majbur qilinadi. Mazkur vaziyatda to‘g‘ridan- to‘g‘ri sababiy aloqadorlik mavjudligini ko‘ramiz. Chunki, avtopark yo‘lga nosoz mashina chiqarganligi va shu bilan uning harakati natijasi beparvolikning bo‘lishi muayyan zararli oqibat yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Qarzdor o‘z harakatlari muayyan zararli oqibatlarning bo‘lishiga sababchi ekanligi yoki emasligini belgilash uchun sud holatning sababiy aloqadorlikka ta’siri bor yoki yo‘qligini belgilashi kerak. Jumladan, dalil to‘plash uchun ekspertiza tayinlanishi, masalan, yuk tashishdan kelib chiqadigan da’volar bo‘yicha tovarni tekshirish ekspertizasini tayinlash yoki bajarilgan ishlarning sifati to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha texnika- viy ekspertizalar tayinlashga to‘g‘ri keladi.
Qarzdorning huquqqa xilof harakati yoki harakatsizligi bilan sodir bo‘lgan natija o‘rtasidagi sababiy aloqadorlik qarzdorning majburiyatni butunlay yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikka tortilishiga obyektiv asos bo‘ladi. Shu bilan birga, qonun javobgarlikning subyektiv asosini ham, ya’ni qarzdorning aybini ham nazarda tutadi.
Majburiyat bajarilmaganligi uchun qarzdorning javobgarligini belgi- laydigan shart sifatida ko‘riladigan ayb qonunda nazarda tutilgan. Jumla-
dan, Fuqarolik kodeksining 333-moddasida ko‘rsatilganidek, qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob beradi.
Agar majburiyat har ikki tarafning aybi bilan bajarilmagan bo‘lsa, u holda sud yoki iqtisodiy sud qarzdorning javobgarligini tegishincha kamaytiradi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, olingan majburiyatning tashkilotlar va fuqarolar tomonidan lozim darajada bajarilishi uchun barcha moddiy shart-sharoitlar mavjud. Shu sababli, qarzdordan faqatgina o‘z ijodiy qobiliyati va irodasini muayyan darajada kuchaytirish talab etiladi.
Majburiyatlarni lozim darajada bajarish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish, ularni bajarishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchilik- larni bartaraf etish uchun har ikki taraf – qarzdor va kreditorning ham ma’lum darajada tashabbus ko‘rsatishi, o‘z vazifasiga e’tiborli bo‘lishi hamda faol harakat qilishi zarur.
Shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarga nisbatan ayb, deb shaxsning majburiyatini bajarishga talab darajasida munosabatda bo‘l- maganligi, qonun va axloq talablariga rioya qilmaganligi va natijada majburiyat to‘liq bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tushuniladi.
Fuqarolik huquqida ayb qasd yoki ehtiyotsizlik (beparvolik) shaklida ko‘rilishi va ifodalanishi mumkin.
Qasd shaklidagi aybda shaxs majburiyatni ongli ravishda, atayin bajarmaydi yoki lozim darajada bajarmaydi.
Fuqarolik muomalasida majburiyatni bajarishga nisbatan bunday munosabatda bo‘lish faqat ayrim holarda istisno sifatida uchraydi. Qolgan hollarda yuri dik shaxs va fuqarolar o‘z zimmalariga olgan majburiyat- larni bajarishga vijdonan munosabatda bo‘ladilar.
Majburiyatlarning ayrim turlari bo‘yicha qasd shaklidagi ayb qonunlarda bevosita nazarda tutiladi. Subyektlar tomonidan majburiyat- larning qasddan bajarilmasligi ularning fuqarolik-huquqiy yoki mulkiy javobgarlikka tortilishiga, ba’zi hollarda esa mansabdor shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin