Agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun ma’lum bir shakl belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, shartnoma bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan har qanday shaklda tuzilishi mumkin.
Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan shartnoma notarial tasdiqlangan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran, notarial tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi zarur bo‘lganda esa – shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo‘lsalar, garchi qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo‘lmasa-da, shartnoma belgilangan shaklga keltirilgani- dan keyin tuzilgan hisoblanadi.
Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan, shuningdek, pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkoni- ni beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Agar shartnoma tuzish haqidagi yozma taklif qonun- larda nazarda tutilgan tartibda olingan bo‘lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Shartnomalar unda ishtirok etayotgan taraflar o‘rtasida huquq va majburiyatlarning o‘zaro taqsimlanishiga qarab, bir tomonlama, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalarga bo‘linadi.
Bir tomonlama shartnomada ishtirok etayotgan taraflarning birida faqat huquq bo‘lib, hech qanday majburiyat bo‘lmaydi, ikkinchi tarafda esa faqat majburiyat bo‘ladi. Masalan, qarz shartnomasida qarzdor olgan pul summasini o‘z vaqtida qarz beruvchiga to‘lash majburiyatiga va kreditor esa uni talab qilish huquqiga ega.
Ikki tomonlama shartnomada esa, har ikki taraf ham alohida huquq va majburiyatga ega bo‘ladi. Bunday shartnomaga oldi-sotdi shartnoma- sini misol qilib keltirish mumkin. Bu shartnoma bo‘yicha sotuvchi sotil- gan ashyoning bahosini talab qilish huquqiga va sotilgan ashyoni oluv- chiga topshirish majburiyatiga, sotib oluvchi esa – olayotgan ashyoning bahosini to‘lash majburiyatiga va sotib olingan ashyoni talab qilib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Fuqarolik muomalasida tuziladigan shartnomalarning aksariyati ikki tomonlama shartnomalar hisoblanadi.
Ko‘p tomonlama shartnomalar ham mavjud bo‘lib, unda taraflar uch va undan ortiq bo‘ladi. Bunday shartlarda bir paytning o‘zida har bir tarafda muayyan huquq va majburiyatlar bo‘lishi xarakterlidir. Bunga misol qilib lizing va franshizing shartnomalarini keltirishimiz mumkin.
Shuningdek, shartnomalar haqbaravarigava tekingatuziladigan shartnomalarga bo‘linadi:
shartnoma bo‘yicha taraf o‘z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to‘lov to‘lanishi lozim bo‘lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma bo‘ladi (misol uchun, oldi- sotdi, ijara va boshqa shartnomalar);
shartnoma bo‘yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to‘lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanadi (misol uchun, hadya, foizsiz qarz va boshqa shartnomalar).
Shartnomani bajarganlik uchun taraflarning kelishuvi bilan belgi- langan bahoda haq to‘lanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tegishli vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari belgilaydigan yoki tartibga soladigan baholar (tariflar, rassenkalar, stavkalar va h.k.) qo‘llaniladi (masalan, yo‘lovchi tashish shartnomasiga ko‘ra jamoat transportlarida yo‘l kira haqining belgilab qo‘yilganligi).
Shartnoma tuzilganidan keyin bahoni o‘zgartirishga qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yo‘l qo‘yiladi. Haq to‘lashni nazarda tutadigan shartnomada baho nazarda tutilmagan va shartnoma shartlari bo‘yicha belgilanishi mumkin bo‘lmagan hollarda shartnomani bajarganlik uchun o‘xshash vaziyatlarda, odatda, shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baho bo‘yicha haq to‘lanishi kerak.
Umumiy qoidaga ko‘ra, shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy bo‘lib qoladi. Ammo taraflar o‘zlari tuzgan shartnoma shartlarining kuchga kirish vaqtini belgilab qo‘yishga haqlidirlar.
Qonunda yoki shartnomada shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarning shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bekor bo‘lishiga olib keladi, deb belgilanishi mumkin. Bunday shart yozib qo‘yilmagan taqdirda taraflarning majburiyatni bajarishi shartnoma amal qilishining oxirgi muddatigacha amal qiladi, deb hisoblanadi.
Shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Shartnomalar tuzilish paytiga va mazmuniga qarab real va