3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Odatda, «shartnoma» atamasi uch ma’noda:
yuridik fakt;
biron-bir yuridik faktga asoslangan, moddiy yoki nomoddiy manfaatlar to‘g‘risidagi huquqiy munosabat;
shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) nima to‘g‘risida o‘zaro kelish- salar, shuni aks ettiruvchi, ifodalovchi hujjat ma’nosida ishlatiladi.
Bu yerda u o‘zining birinchi ma’nosi – yuridik fakt sifatida ko‘riladi va o‘rganiladi. Yuridik faktlar mazmuni jihatidan ikki asosiy toifaga: yuridikhodisalarva harakatlargabo‘linadi. Yuridik harakatlar o‘z navbatida huquq yo‘l qo‘ygan va huquq yo‘l qo‘ymagan harakatlarga bo‘linib, huquq yo‘l qo‘ygan harakatlar sifatida bir tomonlama va ikki tomonlama bitimlarni (shartnomalarni) ko‘rsatish mumkin. Ikki tomon- lama bitimlarning hammasi (oldi-sotdi, mulk ijarasi, pudrat va boshqalar) shartnoma hisoblanadi. Bir tomonlama bitim (masalan, vasiyatnoma) shartnoma bo‘la olmaydi.
Darhaqiqat, «shartnoma» tushunchasi «bitim» tushunchasiga yaqin tushuncha bo‘lib, bu borada har qanday shartnoma bitim hisoblansa ham, har qanday bitim shartnoma bo‘la olmaydi1. Bitimlar deb, fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgarti- rish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, shartnomalar ham mohiyatiga ko‘ra ikki yoki undan ortiq shaxslarning huquq va majburiyatlarini vujudga keltiradi, o‘zgarti- radi va bekor qiladi. Shartnomalarga Fuqarolik kodeksida nazarda tutil- gan ikki va ko‘p taraflama bitimlar to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Shuningdek, shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar qonunlarda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, FKda belgilangan majburiyatlar haqidagi umumiy qoidalar (FK 234-252-m.) qo‘llaniladi.
Bozor munosabatlari sharoitida «shartnomalar erkinligi» tamoyili o‘ziga xos ahamiyatga egadir. Chunki, shartnoma huquqiy tartibga solishning shakli sifatida shartnoma qatnashchilarining xohish-irodasi va harakatlarini namoyon etish hamda rasmiylashtirishning vositasi sifatida xizmat qiladi2.
Shartnoma erkinligi tamoyilining mazmuni FK 354-moddasida mustah- kamlab qo‘yilgan bo‘lib, shartnoma fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘z
1ЗокировИ. Б.Фуқаролик ҳуқуқи: Дарслик. – Т., 2009. – Б. 296.
2Раҳмонқулов Ҳ. Р. Мажбурият ҳуқуқи (умумий қоидалар): Дарслик. – Т., 2005. – Б. 222.
xohishiga ko‘ra, o‘z erki irodasi bilan tuziladi, ya’ni fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnoma tuzish burchi Fuqarolik kodeksida, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomani ham yoki turli shartnomalarning elementlarini o‘z ichiga oladigan shartnomani (aralash shartnoma) tuzishlari mumkin. Aralash shartnoma bo‘yicha taraf- larning munosabatlariga, agar taraflarning kelishuvidan yoki aralash shart- nomaning mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, elementlari ara- lash shartnomada bo‘lgan shartnomalar to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi, tegishli shartning mazmuni qonun hujjatlarida ko‘rsatib qo‘yilgan hollar bundan mustasnodir.
Shuningdek, shartnomaning sharti taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo‘yilmaganligi tufayli qo‘llaniladigan norma (dispozitiv norma)da nazarda tutilgan hollarda taraflar o‘zaro kelishib, uning qo‘lla- nishini bekor qilishlari yoki unda nazarda tutilganidan boshqacha shartni belgilashlari mumkin. Bunday kelishuv bo‘lmaganda shartnomaning sharti dispozitiv norma bilan belgilanadi.
Agar shartnoma shartlari taraflar yoki dispozitiv norma bilan belgi- lab qo‘yilgan bo‘lmasa, tegishli shartlar taraflar o‘rtasidagi munosabat- larga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ish muomalasi odatlari bilan belgilanadi.
Ijtimoiy munosabatlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishtirok etganda shartnomaviy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘ri- sida»1gi qonuni bilan ham tartibga solinadi. Mazkur qonunning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabat- larni tartibga solishdan iborat bo‘lib, xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning huquqiy asoslarini, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqi va majburiyatlarini, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv organlarining shart- noma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini belgilaydi.
1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 1998. –
№ 9. – 170-м.