3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Majburiyat ijrosining qarzdor va kreditor tomonidan kechiktirilishioqibatlari.Fuqarolik kodeksining 337-339-moddalari majburiyatning bajarilishi qarzdor yoki kreditor tomonidan kechiktirilgani uchun javob- garlik masalalarini tartibga soladigan qoidalarni ifodalaydi.
Ijroning qarzdor tomonidan kechiktirilishi deb uning majburiyatnibelgilanganmuddatdabajarmasligitushuniladi. Majburiyatning bajarilishini kechiktirgan qarzdor uning natijasida kreditorga yetkazilgan zararni to‘lashga majbur bo‘ladi. Mazkur zarar- ning to‘lanishi qarzdorni o‘z majburiyati asl holida bajarishidan ozod qilmaydi.
Kreditorning aybi bilan majburiyat ijro etilishining kechiktirilishi keyinchalik majburiyat ijro etilishining imkoniyati yo‘qligi sababli qarz- dorning javobgarligini oshiradi.
Agar majburiyat ijrosi kechiktirilgan davrda mazkur majburiyatni qarzdorning aybidan qat’i nazar ijro etish mumkin bo‘lmasa ham, u o‘z aybi bilan majburiyatni ijro etmaganida qanday javobgarlikka tortiladi- gan bo‘lsa, unga nisbatan xuddi shunday javobgarlik belgilanadi. Bunda javobgarlik belgilash uchun qarzdorning ijroni kechiktirishi asos qilib olinadi. Chunki qarzdor sotilgan narsa yoki ijaraga berilgan ashyoni o‘z vaqtida topshirsa, ashyo tasodifan nobud bo‘lmagan edi, deb topiladi.
Agar majburiyatning bajarilishi qarzdor tomonidan kechiktirilganligi tufayli uning keyinchalik bajarilishiga zarurat qolmagan bo‘lsa, kreditor Fuqarolik kodeksi 337-moddasining 2-qismida ko‘rsatilganidek, ijroni qabul qilishdan bosh tortishi va zararni to‘lashni talab qilishga haqli.
Kreditorningijronikechiktirishihammuhimhuquqiyoqibattug‘diradi. Fuqarolik qonunchiligi yuqorida aytilganidek, majburiyatning bajarilishida ham qarzdor, ham kreditorning manfaatlari bir bo‘lishi zarurligini belgilaydi. Modomiki, taraflar majburiyatni bajarishda bir- birlariga ko‘maklashishlari lozim ekan, kreditor o‘zining xatti-harakati bilan majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilishiga to‘sqinlik qilmas- ligi, ijroni og‘irlashtirmasligi kerak.
Kreditorningijronikechiktirishideganda, majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilishiga to‘sqinlik qilishi yoki ijroning qiyinlashtirilishi- ga qaratilgan harakati tushuniladi. Mazkur harakat oqibatida kreditor mulkiy javobgar bo‘lishi, ya’ni bunday harakatning mulkiy oqibati kreditorning zimmasiga qo‘yilishi kerak.
Kechiktirish oqibatlari FK 338-moddasida ko‘rsatilgan. Bu moddada kreditorning shartnoma bo‘yicha o‘ziga tegishli narsani qabul qilishni kechiktirib yuborishi, qarzdorga kechiktirib yuborish tufayli yetkazilgan zararni undirib olish huquqini berishi va keyinchalik majburiyatni ijro etishning iloji bo‘lmasa, uni javobgarlikdan ozod qilishi, qarzdorning qasddan ish tutishi yoki qo‘pol ehtiyotsizlik qilishi hollari bundan mustasno ekanligi, pul majburiyati bo‘yicha kreditor ijroni kechiktirib yuborgan vaqt uchun qarzdor foiz to‘lashga majbur emasligi ko‘rsatilgan.
Kreditorning ijroni kechiktirishi ikki turdagi harakatdan, ya’ni kreditor majburiyatning qarzdor tomonidan lozim darajada bajarilganini qabul qilmasligidan va qarzdorning o‘z majburiyatini bajarishga qadar kreditor tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan harakatning qilinmaganli- gidan iborat bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi holatlarni ba’zi misollar bilan tushuntirsa bo‘ladi. Chunonchi, agar mahsulot oluvchi mahsulot tayyor ekanligi to‘g‘risida xabardor qilingan bo‘lsa-yu, biroq uni belgilangan muddatda olib ketmasa, qasddan majburiyatni kechiktirishga yo‘l qo‘ygan hisoblanadi.
Kreditor o‘ziga yuklatilgan harakatlarni bajarmaganligi natijasida qarzdor majburiyatni ijro eta olmasa, u holda kreditor ijroni kechiktirgan hisoblanadi. Chunonchi, mahsulot yetkazib berish shartnomasi bo‘yicha mahsulot sotib oluvchiga taqsimotga muvofiq bevosita yuborilmay, shartnomada qatnashmagan boshqa tashkilotga jo‘natilgan taqdirda mahsulotning taqsimot bo‘yicha belgilangan muddatda berilmasligi kreditorning ijroni kechiktirishini anglatadi. Boshqa bir misol: kapital qurilishga oid pudrat shartnomasi bo‘yicha buyurtmachi pudrat shart- nomalari to‘g‘risidagi qoidaga ko‘ra o‘z zimmasidagi harakatlarni bajar- maganda ham kreditorning aybi namoyon baladi (misol, qurilish materiallarini yetkazib bermasligi).
Kreditor majburiyatni kechiktirishda o‘z aybi yoki o‘ziga qarashli shaxslarning aybi yo‘qligini isbotlay olmasa, majburiyatning kechiktiri- lishi natijasida qarzdorga yetkazilgan ziyonni to‘lashga majbur. Shu sababli, belgilangan muddatda olib ketilmagan mahsulotlarni saqlash
bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lashi shart. Odatda, bunday hollarda neustoyka (penya, jarima) undiriladi.
Kreditorning ijroni kechiktirishiga doir masala ko‘pincha majburiyat- ning bajarilmaganligida aybdor bo‘lgan qarzdorning javobgarligi to‘g‘ri- sida da’vo qo‘zg‘atilganda ahamiyat kasb etadi. Chunki bunda kreditor- ning aybi e’tiborga olinib, qarzdorning javobgarlik darajasi birmuncha kamaytirilishi mumkin.
Majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilishida uning bergan tilxat yoki hujjatini kreditor qarzdorga qaytarib berishdan bosh tortganda ham kreditor ijroni kechiktirgan hisoblanadi.
Yuqorida aytilganidek, kreditor majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilishida unga ko‘maklashishga majbur. Agar u mazkur majburiyatni bajarmasa, buning oqibatlari uchun ham javobgar bo‘ladi. Kreditorning majburiyatni kechiktirish oqibatlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: birinchidan, majburiyatning kechiktirilishi natijasida qarzdorga yetkazilgan zararni to‘latish, masalan, qarzdor majburiyatni bajarish yuzasidan kerakli mahsulotni o‘z vaqtida yetkazgan bo‘lsa-yu, kreditor bo‘sh ombor yo‘qligini bahona qilib, mahsulotni qabul qilishdan bosh tortsa, qarzdor mahsulotning tashish va saqlash bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlar (zarar)ni kreditordan undirishga haqli. Bu holda kreditor ushbu kechiktirishni ataylab yoki ehtiyotsizlik bilan bog‘liq bo‘lmaganligini yoxud bunday kechiktirish qonun yoki kreditorning topshirig‘i bilan majburiyatni bajarishni o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxslarning qasddan yoki ehtiyotsizligi oqibatida kelib chiqmaganligini isbotlasa,
qarzdorning ko‘rgan zararlarini to‘lashdan ozod qilinadi;
ikkinchidan, kreditorning ijroni kechiktirish vaqti uchun qarzdor pul majburiyatlari bo‘yicha foizlar to‘lamaydi;
uchinchidan, agar kreditor qarzdorga uning bergan tilxati yoki boshqa qarz hujjatini qaytarishdan yoxud tilxatda qarz hujjatining nima uchun qaytarilishi mumkin emasligini ko‘rsatishdan bosh tortsa, qarzdor ijroni to‘xtatishga haqli.
Qarzdordan majburiyatning aniq bajarilishini ayrim sharoit va asoslarga ko‘ra talab qilib bo‘lmaydi. Mazkur asoslarga misol qilib quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
majburiyatni aniq bajarishning iloji yo‘qligi, ya’ni majburiyat predmeti (narsasi) xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyo bo‘lib, uni aslicha topshirish mumkin bo‘lmagan holatlarning mavjudligi yoki
biron-bir holatning sodir bo‘lishi sababli qarzdor majburiyatini ma’lum bir joyda bajara olmasligi va hokazo;
majburiyatning huquqiy jihatdan bajarilishi mumkin bo‘lmasligi, ya’ni ba’zi hollarda, majburiyat vujudga kelgandan so‘ng normativ hujjat va qonunlarga xilof keladigan bo‘lsa, mazkur majburiyat bajarilmasligi mumkin;
ba’zi hollarda majburiyatning aniq bajarilishi nihoyatda qiyin bo‘lishi mumkin. Bunga misol qilib, shartnoma bo‘yicha biron-bir majburiyatni shaxsan bajarishga majbur qarzdorning qattiq kasal bo‘lib qolishini ko‘rsatish mumkin.
Majburiyatning bajarilishi mumkin bo‘lmasligi qarzdorni kreditor oldida javobgarlikdan ozod qilmaydi. Qarzdor faqat majburiyatning bajarilishi mumkin bo‘lmaganligida aybi yo‘qligini isbot qilsa, javobgar- likdan ozod bo‘ladi. Masalan, xususiy alomatlar bilan belgilangan ashyo- lar ijaraga oluvchining qo‘lida bo‘lgan vaqtda, qarzdorning ishtirokidan tashqari nobud bo‘lsa, qarzdor kreditorga yetkazilgan ziyon yoki jarima- ni to‘lashdan ozod bo‘ladi. Agar qarzdor mazkur ashyolarga beparvolik bilan, ehtiyotsiz muomalada bo‘lganligi tufayli ashyolar nobud bo‘lsa, kreditorga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda majburiyat huquqi, majburiyatlarning bajarili- shini ta’minlash usullari va majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik kabi masalalar fuqarolik huquqining muhim institutlari hisoblanadi va bu normalarni amalga tatbiq etish jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash- da alohida ahamiyat kasb etadi.