Respublikasi ichki


Oldi-sotdi shartnomasining shakli



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə64/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Oldi-sotdi shartnomasining shakli


Oldi-sotdi shartnomasining shakliga nisbatan bitimlarning shakli haqidagi qoidalar (FK 108-112-m.), shuningdek, shartnomaning shakli haqidagi qoidalar (FK 336-m.) qo‘llaniladi. Bunda shartnomaning turi va tovarning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi.
Oldi-sotdi shartnomasi shaklini belgilashda, birinchidan, fuqarolik muomalasining talablari, ikkinchidan, oldi-sotdi bitimlari qonuniyligi ustidan nazorat qilish zarurati, (bunday munosabatlarda jamiyat manfaat- lari yoxud ayrim shaxslar manfaati himoyasini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq holatlar) muhim omil hisoblanadi. Masalan, naqd pul hisobiga amalga oshiriladigan chakana savdoda taraflarga qulaylik tug‘dirish uchun oldi-sotdi shartnomasini maxsus rasmiylashtirish talab etilmaydi. Naqd pul baravariga tuziladigan va tuzilish vaqtining o‘zidayoq ijro etiladigan oldi- sotdi shartnomasi, umumiy qoida bo‘yicha summasidan qat’i nazar, og‘zaki shaklda tuzilishi mumkin. Binobarin, savdo do‘konlarida, bozorlarda tuziladigan oldi-sotdi shartnomalari tovarlarning xaridorlarga darhol top- shirilgani va shu ondayoq haq to‘langani sababli og‘zaki rasmiylashtiriladi. Agarda oldi-sotdi shartnomasini amalga oshirishda haq to‘lash va sotilgan tovarni topshirish bir vaqtning o‘zida, sotuvchi va xaridor tomonidan muqobil ijro etilmasa, masalan, tovar haqini oldindan to‘lash, nasiyaga tovar sotish, tovar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash (FK 420-422-m.) hollarida shartnoma yozma ravishda tuzilishi maqsadga muvofiq yoxud bunday hollarda tegishli harakatlarning sodir etilganligi (masalan, pul oldindan to‘langanligi, tovar nasiyaga sotilgani) fakti chek, jeton, tilxat orqali guvohlantirilishi lozim. Bu esa kelgusida taraflar o‘rtasida nizolar kelib chiqishining oldini oladi yoxud bunday nizolarning adolatli hal
etilishiga xizmat qiladi. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno (FK 386-m.).
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar tomonidan avto- mototransport ishlab chiqaruvchi korxonalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shart- nomalar bo‘yicha, shuningdek, chakana savdo tarmoqlari va kimoshdi savdosidan sotib olingan avtomototransportni rasmiylashtirish davlat boji olinmasdan amalga oshiriladi.
Ko‘chmas mol-mulk, shu jumladan, turar joylar oldi-sotdisi, avto- mobillar, ov, o‘q otar qurollari va shu kabi predmetlar oldi-sotdisi usti- dan nazorat o‘rnatish ijtimoiy ahamiyatga ega. Shu sababli ham bunday shartnomalar yozma tuzilishi, notarial guvohlantirilishi, maxsus davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab etiladi. Bunday hollarda shartnoma tegishli shaklda rasmiylashtirilmasligi uning haqiqiy sanalmasligi yoki qonunda belgilangan boshqa oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ushbu talablar tashqi savdo bitimlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin