Respublikasi ichki


Oldi-sotdi shartnomasida taraflar



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə65/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Oldi-sotdi shartnomasida taraflar


Oldi-sotdi shartnomasida taraflar sotuvchi va xaridor hisoblanadi. Bunda taraflar sifatida fuqarolar va yuridik shaxslar qatnashishi mumkin. Ayni vaqtda muayyan hollarda shartnomada taraf sifatida davlat ham ishtirok etadi.
Oldi-sotdi shartnomasi yuqorida ko‘rsatilgan subyektlar o‘rtasida, shuningdek, o‘zaro tuzilishi mumkin. Shartnomada taraf sifatida fuqaro qatnashganda u muomala layoqatiga ega bo‘lishi shart. Binobarin, voyaga yetgan, ya’ni 18 yoshga to‘lgan va qonunda belgilangan tartibda muomala layoqati cheklanmagan har qanday shaxs shartnomada taraf sifatida ishtirok eta oladi. Ayni vaqtda, qonun muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz fuqarolarning ham oldi-sotdi shartnomasida taraf sifatida qatnashish holatlarini nazarda tutadi. Masalan, olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar mayda maishiy bitimlar tuzishga, masalan, kichik summada tovarlar sotish yoki sotib olishga (muzqaymoq, chanqovbosdi ichimliklar, qalam, daftar, havo sharlari va shu kabilar) haqli (FK 29-m. 2-q. 1-b.). O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar o‘z ish haqi, stipendiyasi va
boshqa daromadlari hisobiga tovarlar sotib olish yoxud ularni sotishga haqli (FK 27-m. 2-q. 1-b.).
FK 22-moddasi 2-qismi va 28-moddasida belgilangan tartibda to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganlar ham oldi-sotdi shartnomasida summasidan qat’i nazar, to‘la huquqli taraf sifatida qat- nasha oladilar. Spirtli ichimliklar yoxud narkotik moddalar suiiste’mol qilganligi sababli muomala layoqati cheklangan shaxslar ham mustaqil ravishda mayda maishiy bitimlar tuza oladilar (FK 31-m.). Bunday shaxs- lar, shuningdek, o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar yirik summadagi oldi-sotdi shartnomalarini faqat homiysi, ota-onalari yoki farzandlikka oluvchilar roziligi bilangina tuza oladilar.
Har xil tashkiliy tuzilmalar oldi-sotdi shartnomasida taraflar bo‘lishi uchun quyidagi ikki talabga javob berishlari shart: birinchidan, bunday tuzilmalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lish va ikkinchidan, tuzilayot- gan oldi-sotdi shartnomasi ularning ta’sis hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim.
Odatda, shartnomada sotuvchi sifatida qatnashayotgan shaxsga soti- layotgan ashyo mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi, biroq ayrim hollar- da sotuvchi sotilayotgan tovarning mulkdori bo‘lmasligi ham mumkin. U holda sotuvchining tovarni sotishga bo‘lgan huquqi qonun yoki shart- noma asosida vujudga kelgan bo‘lishi lozim (masalan, davlat korxonasi tomonidan unga xo‘jalik yuritish huquqi asosida biriktirib qo‘yilgan tovarni sotishi yoxud vositachilik (komission) do‘konlarida tovarlarni sotish). Qonunda bir necha subyektga umumiy mulk huquqi asosida tegishli ashyolarni sotishning alohida tartibi belgilangan. Mulkdorlardan biri o‘z ulushini boshqa shaxsga sotgan vaqtida qolgan mulkdorlar sotilayotgan ulushni u sotiladigan narxda va boshqa teng shartlarda imtiyozli sotib olish huquqiga egadirlar, kimoshdi savdosi orqali sotish hollari bundan mustasno (FK 224-m.). Er-xotinga birgalikdagi umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan, nikoh davomida orttirilgan mol-mulk ham har
ikkalasining roziligi asosida sotiladi.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin