Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə53/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Beparvolik shaklidagi ayb shu bilan ta’riflanadiki, bunda qarzdor majburiyatni bajarishga intilmaydi (harakat qilmaydi) barcha kuch yoki qobiliyatini yetarli darajada safarbar qilmaydi hamda ishni bajarishda
sovuqqonlik va e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yadi. Beparvolik shaklidagi ayb to‘g‘risida Fuqarolik kodeksining tegishli moddalarida so‘z yuritiladi.
Fuqarolik kodeksida qo‘pol ehtiyotsizlik, oddiy ehtiyotsizlik va oddiy beparvolikdan farq qiladi. Qonun ba’zi hollarda qarzdorga nisbatan javobgarlik belgilash uchun oddiy ehtiyotsizlik (beparvolik) emas, balki qo‘pol ehtiyotsizlik bo‘lishini shart qilib qo‘yadi.
Qo‘pol ehtiyotsizlik mavjud bo‘lganda qarzdor xatti-harakatidagi e’tiborsizlik oddiy ehtiyotsizlikka nisbatan birmuncha qo‘pol bo‘lib ko‘rinadi yoki turmush va ishbilarmonlik nuqtai nazaridan qarasak, bunday qo‘pol ehtiyotsizlikka nisbatan qattiqroq javobgarlik belgilanishi yoki jazo berilishi talab etiladi.
Qarzdor qo‘pol ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yganda fuqarolik muomalasi- da bo‘lgan talablarga atayin e’tiborsizlik bilan qaragan bo‘ladi. Masalan, qarzdor tomonidan omonatga olingan ashyolar havo bulut bo‘lgan vaqtda ochiq joyda qoldirilib, yomg‘ir ta’sirida zararlansa, bu hol qo‘pol ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilganligini aks ettiradi. Shuningdek, Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunning 21-modda 5-qismida, «Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslar xatti-harakatlarining xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Bunda ichki ishlar organi xodimi har qanday zararning imkon qadar kam bo‘lishiga intilishi shart» ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolik huquqi fanida ehtiyotsizlik shaklidagi ayb sodir qilinganli- gini belgilash birmuncha murakkab ko‘rinadi. Majburiyatni bajarishga qaratilgan munosabatlarga baho berishda qarzdorning individual xusu- siyatlariga ham e’tiborni qaratish kerak. Chunonchi, fuqaroning aqliy yoki jismoniy tomondan yetarli darajada kamolotga yetmaganligi, aniq- lansa, bunday shaxsga nisbatan mulkiy javobgarlik belgilanmasligi masalasi qo‘yiladi. Ba’zi hollarda esa har bir shaxs yoki muayyan yuridik shaxs xizmatchisi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan g‘amxo‘rlik choralarining ko‘rilmaganligiga qarab baho berish masalasi vujudga keladi.
Shartnoma yuzasidan olingan majburiyatlarni butunlay bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun qarzdorga mulkiy javobgarlikni yuklash to‘g‘risidagi masalani hal qilishda uning tajribasizligi, ma’lum bir ishlarni bajarishga qobiliyatsiz ekanligiga qarab muayyan chekinishlarga yo‘l qo‘yish noto‘g‘ri bo‘ladi.
Sudlar fuqarolik huquqiy xarakteridagi nizolarni hal qilishda yuridik shaxslarning aybi to‘g‘risidagi masalani tekshirishi va tahlil qilishiga to‘g‘ri keladi. Yuridik shaxsning aybi bo‘lish-bo‘lmasligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rishda sud korxona, muassasa yoki tashkilotning mazkur sharoitda majburiyatni bajarish uchun barcha kuch va tashabbusini ko‘rsatgan (ko‘rsatmagan)ligi, buning uchun bozor iqtisodiyotida talab qilinadigan barcha imkoniyatlardan foydalangan (foydalanmagan)ligini e’tiborga olishi taqozo etiladi.
Agar yuridik shaxs majburiyatni bajarish uchun barcha zarur choralarni ko‘rgan bo‘lsa, biroq majburiyatni to‘liq yoki qisman bajara olmasa, javobgarlik belgilash uchun talab etilgan subyektiv asos – ayb bo‘lmaganligi sababli bunday tashkilot mulkiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Majburiyatni bajarmaslik aybi yuridik shaxs – mazkur tashkilot organlari vakillari hisoblangan va o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida harakat qilgan ayrim shaxslarning aybi bilan ko‘riladi. Tashkilotlarning aybi – ular tomonidan berilgan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi vakillarining, muayyan xizmat vazifalarini bajaruvchi ishchi-xizmatchi- larining aybi bilan belgilanadi.
Yuridik shaxslarning aybi – tashkilot vakilining yuridik harakatlari- da, masalan, ishni noto‘g‘ri tashkil qilish yoki uning malakasi yetarli emasligi tufayli sifatsiz mahsulotlar tayyorlanishi hollarida ham ko‘ri- lishi mumkin.
Yuridik shaxslarga mulkiy javobgarlik yuklashda, sud ularning ayrim vakillari, jumladan, zavod direktorlari, jamoa xo‘jaligi rahbarlari, ishchi-xizmatchilar; tadbirkorlik tashkilotlarining a’zolari va boshqa ayrim shaxslarning aybi emas, balki yuridik shaxsning aynan o‘zi, ya’ni davlat korxonasi, muassasasi va shu kabi tashkilotlarning aybiga oid masala qo‘yiladi va ko‘rib chiqiladi. Sud va iqtisodiy sud amaliyotida ham xuddi shunday fikrlar quvvatlab kelinmoqda.
Yuridik shaxs shartnoma bo‘yicha olingan majburiyatini bajarma- ganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun mulkiy jarimani (sanksiya) to‘laganidan so‘ng to‘langan summani regress huquqi tartibi- da majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlikda aybli bo‘lgan xodimlardan to‘la hajmda yoki qisman undirib olishi mumkin. Bunday hollarda muayyan ishchi-xizmatchining shaxsiy javob- garligi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ishchi-xizmatchilarning javobgarligi nafaqat fuqarolik huquqi normalari bilan, balki mehnat huquqi,
ma’muriy huquq va ba’zi hollarda, jinoyat huquqi normalari bilan ham tartibga solinishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 202-moddasining 6-bandiga asosan, xodim korxona (muassasa, tashkilot) tijorat sirlarini oshkor etganligi uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladi va buning natijasida yetkazilgan zararni to‘lashi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunining 46-moddasi «Ichki ishlar organlari xodimlarining javobgar- ligi» deb nomlangan. Unga ko‘ra, ichki ishlar organi xodimining g‘ayri- qonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni ichki ishlar organlari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi. Mazkur qonun talabiga ko‘ra, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni tezkorlik bilan qoplash maqsadida zarar ichki ishlar organlari tomonidan, ya’ni yuridik shaxs tomonidan qoplanishi nazarda tutilgan va bu zarar xodimdan regres tartibda undirib olinishi belgilangan.
Fuqarolik ishlarini hal qilishda sudlar shartnoma intizomining qo‘pol tarzda buzilishiga aybdor shaxslarni shaxsiy javobgarlikka tortish to‘g‘ri- sidagi masalani tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yadi.
Kreditor qarzdorning harakati yoki harakatsizligining huquqqa xilof- ligini, ya’ni u tomondan majburiyatning bajarilmagani yoki lozim daraja- da bajarilmaganligi faktini va qarzdorning aybi natijasida zarar ko‘rgan- ligini isbotlashi lozim. Qarzdor esa javobgarlikdan ozod bo‘lishi uchun o‘z harakatida ayb yo‘qligini isbotlashi, ya’ni majburiyatni lozim daraja- da bajarish uchun barcha zarur choralarni ko‘rganligini tasdiqlaydigan faktlarni keltirishi darkor.
Qarzdorni aybli deb topishni qonun barcha holatlarni e’tiborga olib belgilaydi. Biroq majburiyatlarni lozim darajada bajarish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lsa-da, uning bajarilmaganligi qarzdorning aybli harakati natijasi hisoblanadi.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin