Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə55/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Yengib bo‘lmaydigan kuch – zimmasida majburiyat bo‘lgan shaxs- ning ixtiyoridagi barcha vositalar bilan oldini olish, qaytarish mumkin bo‘lmagan favqulodda hodisa hisoblanadi. Yengib bo‘lmaydigan kuch oddiy tasodifiy hol kabi majburiyatni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslikda taraflarning aybi yo‘qligi va mazkur aniq holatlarda uni qaytarish mumkin bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga, mazkur holat, odatdan tashqari, favqulodda yuzaga kelgan bo‘lishi kerak. Amalda bu holat tabiiy ofatlar, masalan, suv toshqini, zilzila, kuchli bo‘ron sifatida ko‘rsatiladi. Qonunda ba’zi hollarda «yengib bo‘lmaydi- gan kuch» iborasi «tabiiy holatlar» deb qo‘llaniladi.
Sud qarorlarida majburiyatni butunlay bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun qarzdorni javobgarlikdan ozod qilishga asos bo‘ladigan tabiiy holatlar ko‘rsatilishi kamdan-kam uchraydi. Yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni zilzila, toshqin, yong‘in kabi tabiiy hodisalarni asos qilib, javobgarlikdan ozod qilish yoki qilmaslikda mazkur hodisalarning qanday sharoitda, joyda va vaqtda sodir bo‘lganligi e’tiborga olinadi. Shartnomani yoki majburiyatni bajarishga to‘sqinlik qilgan holat o‘ziga xos ichki xususiyatlariga ko‘ra yengib bo‘lmaydigan kuch sifatida ko‘rilmaydi, balki bir qator sharoitlar va muayyan holatlar yig‘indisi va kuchi ta’sirida mulkka zarar yetganligi isbotlanganda mulkiy javobgarlik bekor qilinishi mumkin. Shu bilan birga, ayrim hollarda, yengib bo‘l- maydigan kuch ta’sirida yetkazilgan zararning to‘lanishi ham fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan. Chunonchi, havo transportidan foydala- nishda yo‘lovchilarning ko‘rgan barcha zararlari O‘zbekiston Respubli- kasi Havo kodeksiga muvofiq to‘lanadi.
«Yengib bo‘lmaydigan kuch» tushunchasini aniqlash fuqaroviy- huquqiy javobgarlik to‘g‘risidagi masalani to‘g‘ri hal qilish uchun zarur. Chunki qarzdor tabiiy ofat tufayli yuzaga kelgan tasodifiy holat uchun aybdor bo‘lmaganligi sababli, u javobgarlikdan ozod qilinadi. Chunon- chi, avtoransport orqali yuk jo‘natuvchi va yuk tashuvchi tashkilot yuk tashish rejasidan kelib chiqadigan majburiyatlarni tasodifiy holatlar sababli bajarmaganda, javobgarlikka tortilsa-da, uning tabiiy hodisalar tufayli sodir bo‘lganligi isbotlansa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Yengib bo‘lmaydigan kuch ta’sirida majburiyatni bajarmaganlik uchun qarzdorni
javobgarlikdan ozod qilish huquqi agar qarzdor tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganda sodir bo‘lsagina qo‘llaniladi. Binobarin, tadbir- korlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlar- ga nisbatan Fuqarolik kodeksi 333-moddasining, 3-qismi qo‘llanilmaydi. Ta’kidlash joizki, qarzdor shartnoma bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq majburiyatni bajarmasligiga bozorda zarur tovarlarning yo‘qligi, qarzdorda zarur pul mablag‘larining bo‘lmaganligi yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holati sifatida baholanmaydi va qarzdorni 333-moddaning 3-qismi bilan javobgarlikdan ozod etish uchun asos bo‘lmaydi.
Kreditorning aybini aniqlash ham ahamiyatga ega. Qonunda aytil- ganidek, agar kreditor qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli majburiyatni bajarish mumkin bo‘lmasligi yuz berishiga yoki bajarmaslik tufayli yet- kazilgan zarar miqdorining ko‘payishiga ko‘maklashgan bo‘lsa, shuning- dek, kreditor majburiyatni bajarmaslikdan yetkazilgan zararni kamay- tirish choralarini qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli ko‘rmagan bo‘lsa, sud ishning holatlariga qarab to‘lanadigan haq miqdorini kamaytirishga yoki kreditorga haq to‘lashni batamom rad etishga haqli (FK 335-m.).
Mazkur qoidada majburiyatlar qarzdor hamda kreditorning xatti- harakatlari tufayli bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi to‘g‘risida so‘z boradi. Bunday hollarda qarzdorning javobgarligi hajmi ham kamaytirilishi mumkin.
Yuqoridagilarga ko‘ra, sud yoki javobgarlik yuklaydigan boshqa organ har ikki tarafning ayb darajasini belgilashi va qarzdorning javob- garligi miqdorini tegishlicha kamaytirishi, kreditor ko‘rgan zararlarni qisman to‘lashga majbur qilishi va kreditorga to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoyka summasini kamaytirishi lozim. Modomiki, majburiyatlarni bajarishda har ikki taraf o‘zining manfaatini ko‘zlab harakat qilar ekan, kreditor o‘z aybi bilan yetkazilgan zararning kamaytirish choralarini ko‘rmasa, o‘z majburiyatini bajarmagan deb hisoblanadi, uning bu aybi keyinchalik majburiyatni lozim darajada bajara olmagan qarzdorning javobgar bo‘lish darajasini belgilashda e’tiborga olinadi.
Majburiyatni bajarmaslikda har ikki taraf teng darajada aybli bo‘lsa, ko‘rilgan zarar taraflar o‘rtasida bab-baravar taqsimlanishi mumkin. Boshqacha aytganda, qarzdor kreditor tomonidan ko‘rilgan zararning faqat yarmini to‘lashga majbur qilinadi. Zararning ikkinchi yarmi esa kreditorga to‘lanmaydi. Ammo bunday javobgarlik har doim ham bir xil
bo‘lmaydi. Chunonchi, sud va iqtisodiy sud qarorlarida har ikki tarafning aybi taqqoslab ko‘rilib, to‘lanadigan zarar summasining birmuncha kamaytirilishi hollari uchraydi.
Ba’zida qarzdor majburiyatni bajarish uchun barcha choralarni ko‘r- sa-da, kreditor o‘zining harakatsizligi va beparvoligi bilan majburiyat- ning bajarilishiga to‘sqinlik qiladi. Bunda sud yoki iqtisodiy sud qarz- dorni javobgarlikdan ozod qiladi.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin