Respublikasi ichki


Nazorat uchun cavollar va topshiriqlar



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə41/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Nazorat uchun cavollar va topshiriqlar:


  1. Mulkdor bo‘lmagan shaxslarning ashyoviy huquqlari mazmunini tasniflang.

  2. Servitut huquqining mohiyati va ahamiyati nimalardan iborat?

  3. Mulk huquqining bekor bo‘lish asoslarini tasniflang:

  4. Ommaviy mulkning alohida belgilariga tavsif bering.

  5. Vindikatsion va negator da’volarning alohida belgilari va o‘zaro aloqadorliklarini qanday aniqlash mumkin?

  6. Xususiy mulk va uning bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘zlab bering.





        1. bob. MAJBURIYAT HUQUQI



    1. «Majburiyat huquqi» tushunchasi, tizimi va uning fuqarolik muomalasidagi ahamiyati


Fuqarolik huquqida majburiyat – fuqarolik-huquqiy munosabat bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulk topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa – qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi (FK 234-m).


Ushbu ta’rifga ko‘ra, majburiyat keng ma’noda fuqarolik huquqi subyektlari (jismoniy shaxs, yuridik shaxs va davlat) o‘rtasida bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy xarakteridagi munosabatlarni ifodalaydi. «Majburiyat» tushunchasidan huquqning boshqa, chunonchi, ma’muriy huquq, oila huquqi, mehnat huquqi va boshqa sohalarida ham foydalanilgan.
Majburiyatlarning paydo bo‘lishi va vujudga kelishi quyidagicha:

  • majburiyatlar shartnomalar asosida vujudga keladi. Har qanday shartnoma tomonlar uchun muayyan bir huquq va majburiyatlarni paydo qiladi. FKda nazarda tutilgan majburiyat huquqi normalarining aksariyati shartnomaviy majburiyatlarni tartibga soladi. Masalan, qarz shartnomasi asosida qarzni qaytarish majburiyati, oldi-sotdi shartnomasi asosida tovarning haqini to‘lash majburiyati va boshq;

  • majburiyatlar zarar yetkazish natijasida ham vujudga keladi. FK- ning 985-moddasida belgilangan umumiy qoidaga asosan, zarar yetkaz- gan shaxs zararni to‘liq qoplash majburiyatini oladi;

  • FKning 234-moddasida belgilanganidek, majburiyatlar Fuqarolik kodeksida ko‘rsatilgan boshqa asoslardan ham kelib chiqadi.

Yuqoridagilardan tashqari Fuqarolik kodeksining 8-moddasida ham fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelish asoslari nazarda tutil- gan. Shuningdek, majburiyatlar yuridik faktlar hamda voqea va hodisa- larning ro‘y berishi natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababli qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarning vujudga kelish asoslari- ni uzil-kesil deb bo‘lmaydi.
Ma’lumki, fuqarolik qonun hujjatlarining aksariyat normalari shart- nomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni tartibga solishga qaratilgan. Mazkur huquqiy normalar vositasida tartibga solinadigan majburiyatlarga mulkni boshqa shaxsning egaligiga topshirish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya shartnomalari), mulkni operativ boshqarish huquqini o‘tkazish (mahsulot yetkazib berish shartnomasi), mulkdan foydalanish huquqini o‘tkazish (mulk ijarasi va turar joy ijarasi, mulkdan bepul foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalar), biror ishni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish (pudrat, yuk tashish, topshiriq, komissiya, omonat, ekspeditsiya shart- nomalari) va boshqa shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni kiritish mumkin. Ayniqsa, hozirgi bozor iqtisodiyoti takomillashib borayotgan bir sharoitda, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuziladigan turli shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Chunki shartnoma majburiyatlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi nafaqat tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga, balki davlat iqtisodiyotining ravnaq topishida va jamiyatning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.
Majburiyatlarning vujudga kelish asoslarining ayrimlariga quyida to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.
Davlat organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ham fuqarolik huquqi va majburiyatlarini vujudga kelishining asosi sifatida e’tirof etish mumkin. Bunday hujjatlar turli ko‘rinishda davlat buyurtmasi yoki ma’muriy hujjatlar shaklida bo‘lishi mumkin. Shuningdek, fuqarolik- huquqiy majburiyatlar sudlar tomonidan chiqarilgan hujjatlar (hal qiluv qarorlari, ajrimlar, buyruqlar va boshq.) asosida ham vujudga kelishi mumkin.
Qonun yo‘l qo‘ygan asoslarda mol-mulkning mulk sifatida olinishi natijasida (masalan, egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat hosil bo‘lganligi sababli) ham majburiyat kelib chiqishi mumkin. Bir tomonlama bitimlar ham fuqaroviy-huquqiy majburiyatlarni keltirib chiqaruvchi yuridik faktlar jumlasiga kiradi. Ushbu bitimga muvofiq bir shaxsning xohishi ikkinchi bir shaxsga huquq va majburiyatlar keltirib chiqaradi. Bir tomonlama bitimlarga misol qilib vasiyatnomani ko‘rsa- tish mumkin. Vasiyat yuzasidan mol-mulkni olish huquqi va marhum- ning qarzlarini to‘lash majburiyati vujudga kelishi mumkin.
Fuqarolik huquqining subyektlari va boshqa shaxslarga ziyon yetka- zish natijasida ham majburiyat yuzaga keladi. Ziyon yetkazgan shaxsda
jabrlangan shaxsga yetkazilgan ziyon uchun muayyan majburiyatlar vujudga keladi. Fuqarolik huquqiga oid adabiyotlarda bunday majbu- riyatlarga shartnomadan tashqari majburiyatlar yoki shartlashilmagan majburiyatlar yoxud delikt majburiyatlar deb ham ataladi.
Majburiyatlar, qonunda belgilanganidek, yetarli asos bo‘lmasa ham, boshqa birovning mulkini olish yoki boshqa shaxsning mulkini asossiz tejashdan ham kelib chiqadi. Agar asossiz olingan mulkni asl holida qaytarishning imkoni bo‘lmasa, uning asossiz olingan paytda belgilangan qiymati baravarida haq to‘lash majburiyati vujudga keladi.
Boshqa shaxslarning ishlarini topshiriqsiz yurgizganlik sababli kelib chiqadigan majburiyatlar to‘g‘risidagi qoidalar ham qonunda mavjud. Masalan, boshqa shaxs manfaatlarini ko‘zlab topshiriq olmay harakat qilgan shaxs, shu munosabat bilan qilgan zarur xarajatlarning to‘lanishini talab qilishga haqli. Agar manfaatdor shaxs topshiriq olmay harakat qil- gan shaxsning ishini ma’qullasa, bu holda Fuqarolik kodeksining topshiriq shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalari qo‘llaniladi va majburiyat- larning kelib chiqishiga asos bo‘ladi. Fuqarolik huquqiy majburiyatlar tanlov e’lon qilishdan ham kelib chiqishi mumkin. Mukofot to‘lashni oshkora va’da qilish (tanlov e’lon qilish)dan kelib chiqadigan majburiyat- larda muayyan ishni yaxshi ijro etganlik uchun fuqarolik huquqi subyektlari yoki boshqa shaxslar tomonidan maxsus haq, mukofot to‘la- nishini oshkora va’da qilish yoki tanlov shartlariga muvofiq mukofotga sazovor bo‘lgan shaxsga va’da qilingan haqni to‘lashga majbur qiladi.
Majburiyatga oid huquqiy munosabatlar turli hodisalardan ham kelib chiqadi. Bunga tabiiy hodisalar, masalan, yong‘in yoki zilzila natijasida sug‘urtalangan mulkning zararlanishi tufayli sug‘urta tashkilotiga nisbatan kelib chiqadigan majburiyatlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Demak, majburiyatlarning kelib chiqish asoslari juda ko‘p va ular qonunda ko‘rsatilgan hollarda boshqa asoslardan ham kelib chiqishi
mumkin.
Majburiyat munosabatlarining subyekti va obyekti uning muhim elementlari hisoblanadi.
Majburiyat munosabatlarining subyekti muayyan huquqlarga ega bo‘lgan va zimmasiga muayyan majburiyatlarni olgan shaxslar (jismoniy shaxs, yuridik shaxs va davlat)dir. Har bir majburiyat munosabatida, albatta, ikki taraf ishtirok etadi. Muayyan bir harakatning qilinishini yoki muayyan bir harakatni qilishdan saqlanishni talab etishga haqli taraf

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin