Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə40/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Mulkni egallash qonuniy va noqonuniy bo‘lishi mumkin. Mulkni huquq normalari yoki shartnomaga asoslangan holda egallash qonuniy egallash hisoblanadi. Bunda mulk ijozat etilgan (qonun yoki boshqa huquqiy akt bilan yo‘l qo‘yilgan) usul bilan qo‘lga kiritiladi.
Mulkni noqonuniy egallashda ashyoni yetarli huquqiy asoslarga ega bo‘lmagan holda qo‘lda saqlab turishga aytiladi. Noqonuniy egallovchi deb mulkni o‘zboshimchalik bilan egallab oluvchi, o‘g‘irlovchi yoki topib olingan narsani o‘zlashtiruvchi, shuningdek, ashyoni egasidan qonun yoki shartnoma asosida olmaydigan shaxsga aytiladi. Mulk qonunda taqiqlangan usul bilan sotib olinganda yoki qo‘lga kiritilganida ham uni egallash uchun huquqiy asos bo‘lmasa, bunday egallash ham noqonuniy egallash bo‘ladi. Masalan, fuqaro A. fuqaro B. dan muayyan ashyoni
sotib oladi. Ammo keyinchalik fuqaro B. sotilgan ashyoning egasi emas- ligi tufayli xaridor A. ga mulkka bo‘lgan huquqni o‘tkaza olmasligi ma’lum bo‘ladi. Fuqaro A. huquqiy nuqtai nazardan garchi ashyoni fuqaro B. dan sotib olgan bo‘lsa-da, noqonuniy egallovchi hisoblanadi.
Da’vo qo‘zg‘atilgan vaqtda faqat nizoli mulk noqonuniy egaligida bo‘lgan shaxsgina vindikatsion da’vo bo‘yicha javobgar hisoblanishi mumkin.
Ba’zi hollarda mulkiy huquqning buzilishi ashyoni egallash huquqidan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. Ashyo mulk egasining ixtiyorida (egaligida) bo‘lgan bir vaqtda mazkur ashyo- dan biron-bir shaxsning harakati to‘sqinlik qilishi oqibatida foyda- lanishning qiyinlashishi yoki umuman foydalanish imkoni bo‘lmasligi mumkin. Masalan, fuqaro A. ning qarzi uchun fuqaro B. ning mulki noto‘g‘ri xatlanganida fuqaro B. mulkning ro‘yxatdan chiqarilishini va shu bilan o‘z mulkidan foydalanishga qilingan to‘sqinlikning bartaraf etilishini talab qila oladi.
Mulk egalarining mulkni egallash va undan foydalanish huquqini buzish (garchi bu egalik huquqidan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham) yoki yo‘qotish haqidagi talablar fuqarolik huquqi nazariyasida
«negator da’volar» deb ataladi.
Fuqarolik kodeksining 231-moddasida ham mulkdor o‘z huquqlari- ning har qanday buzilishini, garchi bu buzilish egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, bartaraf etishni talab qilishi negator da’vo bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Mazkur da’voning maqsadi mulk egasining ushbu to‘sqinlikni yo‘q qilish haqidagi talabi hisoblanadi. Chunki u mulk egasiga mulkidan foydalanishda o‘z huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi.
Sudda negator da’voni nafaqat mulk egasi, balki ashyoni qonuniy asoslar bo‘yicha, masalan, qonun yoki shartnomaga asosan egallovchi shaxs ham qo‘zg‘atishga haqli. Bunday qonuniy egallovchilar o‘zlarining talablarini Fuqarolik kodeksining 231-moddasi asosida emas, balki mulk- ni egallashning qonuniyligini belgilovchi huquq normalari (FK 232-m.) asosida ilgari sura oladilar. Masalan, mulkni ijaraga oluvchi, ya’ni mulk egasi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha ashyodan vaqtincha foydala- nuvchi shaxs bu mulkni egallash va undan foydalanish huquqi buzilganida har kimga, shu jumladan, mulk egasiga nisbatan ham da’vo qo‘zg‘atishga haqli. Qonunga asosan garchi mulkdor bo‘lmasa ham, lekin mol-mulkka
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, xo‘jalik yuritish, operativ boshqarish huquqi asosida yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosga ko‘ra egalik qilayotgan shaxs ham Fuqarolik kodeksining 228-231-moddalarida nazarda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladi (FK 232-m.).
Sud tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda negator da’vo bilan sudga kamdan-kam murojaat qilinadi. Ammo bundan mulk egalarining huquqlarini himoya qiluvchi mazkur huquq normasi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, degan noto‘g‘ri xulosa kelib chiqmaydi. Birovning mulkiy huquqini buzishga uringan har qanday shaxsni tartibga chaqiruv- chi bunday normalarning amalda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Biz yuqorida mulk huquqining ashyoviy-huquqiy vositalari yordami- da (vindikatsion va negator da’volar bilan) himoya qilinishi masalalari bilan tanishdik. Mulkiy huquqni himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishda mulk egalarining mulkiy huquqlarini himoya qiluvchi majburiyat huquqiga oid vositalar ham ahamiyatga ega. Mulk huquqini himoya qilishning bunday majburiy-huquqiy usullari ikki ko‘rinishda: shartnomali va shartnomadan tashqari munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Shartnomali munosabatlarda mulkiy huquqning himoya qilinishida tuziladigan xilma-xil shartnomalar ko‘p hollarda qonunga hamda shart- noma shartlariga rioya qilinib, to‘g‘ri va insofli ravishda bajariladi. Ammo ba’zan shartnomaning ayrim intizomsiz ishtirokchilari shartnoma yuzasidan olgan majburiyatlarini butunlay yoki lozim darajada bajarmas- liklari hollarida tabiiy buzilgan mulkiy huquqlarini tiklash va shuning o‘zida mulkiy huquqlarni har tomonlama va to‘la himoya qilish masalasi qo‘yiladi.
Shartnomadan tashqari munosabat mulkiy huquqlarning himoya qilinishida o‘zaro kelishuv asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiq- may, bevosita qonun bilan belgilanishi ham mumkin. Bunday hollarda tashkilotlar va fuqarolar qonunga asosan o‘zaro majburiyat munosabat- larida bo‘ladilar va huquq subyektlari (tashkilotlar va fuqarolar) bir- birlariga nisbatan muayyan majburiyatlarni oladilar. Agar qonun bilan belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik natijasida mulkiy zarar ko‘rilsa, buzilgan mulkiy huquqlarni himoya qilish masalasi vujudga keladi.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin