3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
birinchidan, insofsiz egallovchidan, masalan, sotib oluvchidan mulk- ni egallaganidan boshlab, o‘tgan barcha vaqt mobaynida olgan yoki oli- nishi lozim bo‘lgan hamma daromadlarning qaytarilishi yoki to‘lanishini; ikkinchidan, insofli egallovchidan esa u o‘zi bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan paytdan boshlab yoxud mulkning qaytarilishi to‘g‘risida mulk egasining da’vosi bo‘yicha chaqiruv qog‘ozi olgan paytdan boshlab olgan yoki chiqarib olishi lozim bo‘lgan hamma daromadlarning qaytari-
lishi yoki to‘lanishini talab qilishga haqli.
O‘z navbatida, insofli egallovchi ham, insofsiz egallovchi ham mol- mulkdan olingan daromad qancha vaqt davomida mulkdorga qaytarilishi kerak bo‘lsa, mulkdordan shuncha vaqt davomida mol-mulkka qilingan zarur xarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli.
Qonunda mulk uchun sarflangan narsalarni, agar ashyoni uni buz- masdan ajratib olish mumkin bo‘lsa, insofli egallovchi o‘zida qoldirishga
haqli ekanligi ko‘rsatilgan. Agar mulkdan ajratib olish mumkin bo‘lma- sa, insofli egallovchi mulkning ko‘payishi uchun sarf qilingan xarajatlar- ning o‘ziga to‘lanishini talab qilishga haqli.
Fuqarolik kodeksida mulk huquqi himoya qilinishining kuchaytirili- shini ta’minlovchi qator muhim qoidalar belgilangan. Bunday qoidalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
birinchidan, mulk egasi mulkini yo‘qotgan yoki o‘g‘irlatgan hollarda uni topib insofli egallovchidan talab qilib olishdan tashqari yana mulk egasi ixtiyoridan tashqari bo‘lgan mulk egaligi (qo‘lidan) ketgan taqdirda ham o‘z mulkini talab qilib olish;
ikkinchidan, mulk birovga ishonib topshirib qo‘yilganda uning ixtiyoridan tashqari qo‘lidan chiqib ketgan bo‘lsa ham, u mulkni insofli egallovchidan talab qilib olish;
uchinchidan, agar mulk birovga topshirish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsdan bepul olingan bo‘lsa, u vaqtda mulk egasi barcha hollarda o‘z mulkini talab qilib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, vindikatsion da’vo birovning qonunsiz egaligida bo‘lgan ashyoni qaytarib olish haqida mulk egasining da’vo- sidir. Vindikatsion da’voni boshqa turdagi da’volardan ajratib turadigan asosiy belgilari: da’volashuvchi taraflar, da’vo asosi va da’vo predmeti (narsasi), uning maqsadidir.
Ashyoga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan, lekin ashyosi qo‘lida bo‘lmagan shaxs vindikatsion da’vo bo‘yicha da’vogar bo‘ladi. Vindika- tsion da’vo qilishga nafaqat ulushlari bo‘lgan ayrim mulk egasi, balki ulushlari bo‘lgan mulkdorlarning har qaysisi ham da’vo qilishga haqli. Bundan tashqari, mulkni qonun va shartnomaga binoan egallab (saqlab) turgan shaxslar ham vindikatsion da’vo bo‘yicha javobgar bo‘ladilar.
Egalik huquqi vindikatsion da’vo qilishga asos bo‘ladi. Mulkdor mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli ashyoga nisbatan subyektiv huquqi asosida bu mulkni egallash (qo‘lida saqlash), undan foydalanish yoki uni tasarruf etish imkoniyatidan mahrum bo‘lganida, u mazkur huquqlarning o‘ziga qaytarilishini talab qila oladi.
Vindikatsion da’voning maqsadi – buzilgan mulkiy huquqni tiklash va ashyoni bevosita mulk egasi ixtiyoriga qaytarishdan iborat.
Vindikatsion da’voning predmeti(narsasi) – turga xos alomatlar (son, og‘irlik, o‘lchov) bilan belgilanadigan, shuningdek, individual (xususiy) alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar bo‘lishi mumkin.
Vindikatsion da’vo bo‘yicha faqat individual ashyolar emas, balki boshqa barcha mulklar asl holatda qonunsiz egallovchidan talab qilib olinishi mumkin.
Mulk egasiga qarashli ashyo o‘rniga uning qiymatini to‘lash barcha hollarda ham mulk egasining manfaatlarini ta’minlay olmaydi. Bino- barin, mazkur masalani hal qilishda moddiy yoki individual alomatga ega mulklarni egallovchidan majburiy tarzda olib berish huquqining sudlarga o‘tkazilishi majburiyatlarning turmushda real ijro etilishini, shuningdek, mulk huquqining yanada to‘laroq himoya qilinishini ta’min- lashga qaratiladi.
Vindikatsion da’vo huquqni buzish faktidan kelib chiqsa ham, biroq zarar yetkazishdan kelib chiqadigan da’vo hisoblanmaydi. Vindikatsion da’voga ko‘ra ashyoning asl holatda qaytarilishi talab qilinsa, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatda ashyo o‘rniga uning qiymati ham talab qilinishi mumkin.
Agar ishni hal qilishda shartnomaga oid javobgarlik belgilash uchun asoslar bo‘lsa, ayni vaqtda da’vo shartnoma majburiyatlari to‘g‘risidagi normalarning qoidasi bo‘yicha hal qilinadi. Binobarin, vindikatsion da’vo ashyoviy-huquqiy da’vo sifatida ko‘rilganligi tufayli shartnoma yuzasidan qilinadigan da’vo bilan aralashtirib yuborilmasligi lozim. Masalan, ijara yoki omonat to‘g‘risidagi shartnomalar yuzasidan mulk egasi ashyoni asl holida qaytarish to‘g‘risida da’vo qilganda, ashyoni qaytarib olish haqidagi talab shu shartnomani tartibga soladigan huquqiy normalar bo‘yicha qanoatlantiriladi. Demak, bunday hollarda mulk egasi shartnoma bo‘yicha vindikatsion da’vo qilishga haqli emas.