Respublikasi ichki


Ayirboshlash shartnomasining shakli, muddati. Shartnoma bo‘yicha taraflarning javobgarligi



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə70/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Ayirboshlash shartnomasining shakli, muddati. Shartnoma bo‘yicha taraflarning javobgarligi


Ayirboshlash shartnomasi, odatda, fuqarolar o‘rtasida tuzilganda va
shartnoma predmetining bahosi eng kam oylik ish haqining o‘n baravari- gacha bo‘lgan hollarda og‘zaki shaklda tuzilishi mumkin. Shuningdek, yozma shaklda tuzilgan shartnomani bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonun hujjatlari va shartnomaga zid bo‘lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og‘zaki tuzilishi mumkin (FK 106-m. 3-b.). Qolgan hollarda, ya’ni yuridik shaxslarning o‘zaro va fuqarolar bilan tuzgan ushbu turdagi bitimlari, fuqarolar o‘rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravaridan ortiq summadagi bitimlari yozma shaklda tuziladi. Ba’zi hollarda shartnomaning predmeti yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mol-mulklar bo‘lganda, bunday bitimlar notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab qilinadi (FK 110-111-moddalari tartibida). Shuningdek, FK 497-moddasining 2001-yil 7-dekabrdagi tahririga ko‘ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi
lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarini ayirboshlash shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerakligi belgilandi.
Shubhasiz, shartnoma shakliga doir yuqoridagi talablarga rioya qilmas- lik bir qancha huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi (FK 109, 112-mm.).
Ayirboshlash shartnomasining muddati taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
Mazkur shartnoma bo‘yicha javobgarlik oldi-sotdi shartnomasidagi javobgarlikka juda o‘xshab ketadi. Umumiy holda FK 393-moddasiga ko‘ra, sotuvchi tovarni sotib oluvchiga uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan ozod holda topshirishi shart, deb belgilab qo‘yilgan. Qonunda agar topshirilgan tovarni sotib oluvchidan uchinchi shaxslar olib qo‘ysa, sotuvchi tarafning bevosita javobgarligi belgilab qo‘yilgan. Ya’ni, FK 501-moddasiga ko‘ra, ayirboshlash shartnomasi bo‘yicha olgan tovarini uchinchi shaxslar olib qo‘ygan taraf, FK 395-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, boshqa tarafdan ayirboshlash asosida olingan tovarni qaytarishni yoki zararni qoplashni talab qilishga haqli. Ko‘rinib turibdiki, ayirboshlanayotgan tovarni uchinchi shaxslar huquqidan ozod qilmasdan ayirboshlash keyinchalik bunday harakatni amalga oshirgan tarafning javobgarligini keltirib chiqarar ekan. Biroq sotib oluvchi uchinchi shaxslarning huquqlari bo‘lgan tovarni qabul qilishga rozilik bergan hollar bundan mustasnodir.
Shartnoma bo‘yicha ayirboshlanayotgan tovarlarning miqdori, assortimenti, uning sifati, tovarning butligi muhim hisoblanib, ularni shartnomada kelishilganidek bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmas- lik tegishlicha taraflarning javobgarligini keltirib chiqaradi.
Xususan, tovarni topshiruvchi shartnoma shartlarini buzib, tovarni qabul qilib oluvchiga shartnomada belgilangan miqdordan kam tovar topshirgan bo‘lsa, tovarni qabul qilib oluvchi agar shartnomada bosh- qacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarning yetishmayotgan miqdori- ni topshirishni talab qilishga yoki topshirilgan tovardan va uning haqini to‘lashdan bosh tortishga, bordi-yu uning evaziga kelishilgan tovar topshirilgan bo‘lsa, oldin topshirib qo‘yilgan tovarni qaytarib berishni talab qilishga haqli.
Ayirboshlash shartnomasi bo‘yicha javobgarlik faqatgina bir tarafda emas, balki har ikki tarafda ham yuzaga kelishi mumkin.

    1. Yüklə 5,47 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin