Respublikasi ichki


«Bitim» tushunchasi, turlari, shakllari va tasnifi



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə22/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

«Bitim» tushunchasi, turlari, shakllari va tasnifi




Bitim deb, fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakat- larga aytiladi (FK 101-modda).
Bitim fuqarolik huquqining asosiy institutlaridan biri hisoblanadi. Bitim instituti – bitimlarni tuzish tartibi, shakllari, turlari, mazmuni, ularni haqiqiy emas deb hisoblash shartlari va haqiqiy emasligini tan olinishining huquqiy oqibatlarini belgilab beruvchi fuqarolik-huquqiy normalar yig‘indisidan iborat.
Bitim shaxslarning erki bilan bog‘liq ularning irodasidan kelib chiqadigan harakat bo‘lganligi tufayli, bitimda ifodalangan erk izhor qilinishi, ya’ni boshqa shaxslarga bildirilishi lozim.
Bitimlarga oid qoidalar, asosan, FKda nazarda tutilgan bo‘lib, uning 9-bobi «Bitimlar» deb nomlanadi.
Bitimning mazmunini quyidagi belgilar tashkil etadi:

  1. bitim – erk-irodani ifodalovchi hujjat;

  2. haqiqiy harakat natijasida yuzaga keladi;

  3. bitim fuqarolik-huquqiy munosabatni vujudga keltirish, o‘zgarti- rish va bekor qilishga maxsus yo‘naltirilgan bo‘ladi;

  4. bitim fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinuvchi huquqiy munosabatni yuzaga keltiradi.

Bitimlar uchun quyidagi shartlarning bo‘lishi muhimdir:

  1. bitim tuzuvchi shaxs fuqarolik huquqining subyekti hisoblanishi;

  2. muayyan bitimni tuzuvchi shaxsda bitimni tuzish erki bo‘lishi va bu erk ma’lum huquqiy oqibatlar tug‘dirishga qaratilgan bo‘lishi;

  1. shaxsning erki muayyan yuridik fakt hisoblangan harakatda o‘zi- ning tashqi ifodasini topishi lozimligi, ya’ni ma’lum shaklda izhor qilin- gan bo‘lishi kerak.

Bitimlar o‘zlarining huquqiy belgilari bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi (klassifikatsiya qilinadi):

    1. bir, ikki va ko‘p tomonlama bitimlar FKning 102-moddasida belgilangan bo‘lib, unda bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki ko‘p taraflama (shartnomalar) bo‘lishi mumkinligi, bitim tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli bo‘lsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanishi, shartnoma tuzish uchun ikki taraf (ikki taraflama bitim) yoki uch yoxud

undan ko‘p taraf (ko‘p taraflama bitim) kelishib xohish bildirgan bo‘lishi kerakligi belgilangan.
Har qanday shartnoma bitim hisoblansa ham, har qanday bitim shart- noma bo‘la olmaydi. Aksariyat bitimlar shartnoma hisoblanishi mumkin. Shu sababli shartnomaga aksariyat hollarda bitim qoidalari qo‘llaniladi.
Shartnomaga odatdagidek bitimning bir turi sifatida qaramaslik lozim. U yuridik hujjat ham bo‘lib, shartnoma vositasida fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning ishtirokidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy munosabatlar tartibga solib boriladi;

    1. haq evaziga va tekinga tuziladigan bitimlar. Haq evaziga tuziladigan bitimlar bo‘yicha tomonlardan har biri qarshi tomon foydasiga muayyan bir mulkni topshirish, pul to‘lash, ishni bajarish, biror-bir xizmat ko‘rsatish singari harakatlarni qilish majburiyatini oladi. Tekin, ya’ni haq to‘lanmay tuziladigan bitimlar asosida tomonlardan birigina ikkinchi tomon foydasiga biror-bir harakat qilish majburiyatini oladi. Bu yerda qarshi (muqobil) ijro yo‘q. Bunga misol tariqasida hadya, foizsiz qarz, mulkdan tekin foyda- lanish (ssuda) to‘g‘risidagi shartnomalarni ko‘rsatish mumkin;

    2. konsensual va real bitimlar. Konsensual1 bitim deb, huquq va majburiyatlarni o‘zaro kelishish hamda ushbu kelishuvni lozim tartibda rasmiylashtirish paytida vujudga keladigan bitimga aytiladi. Mulk ijarasi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, kontraktatsiya singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi. Real2 bitim deb, o‘zaro kelishuvga muvofiq, ashyolar yoki pulni topshirish paytida huquq va majburiyatni vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Real bitimlarga qarz, omonat, yuk tashish shartnomalarini misol qilib ko‘rsatsa bo‘ladi.

Bitimlar asosining mohiyati va ularning amal qilishiga ko‘ra, kauzal
va abstrakt (mavhum) bitimlarga bo‘linadi.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin