Respublikasi ichki


«Fuqarolik huquqining obyektlari» tushunchasi va turlari



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə19/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

«Fuqarolik huquqining obyektlari» tushunchasi va turlari




Fuqarolik huquqining obyekti huquq subyektlarining harakatlari qara- tilgan moddiy va nomoddiy ne’matlardir. Faqatgina qonunchilik obyekt ustida o‘rnatiladigan huquq va majburiyatlar, harakatlar qonun hujjatlari va axloq normalari asosida amalga oshirilishini talab etadi. Xususan, xavfsizlikni ta’minlash, insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, tabiatni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish yuzasidan ba’zan fuqaro- lik huquqi obyektlarining muomalada bo‘lishi cheklanishi mumkin.
Bozor munosabatlari sharoitida fuqarolik huquqi obyektlari doirasi kengaydi. Masalan, obyekt sifatida xususiy mulk, qimmatli qog‘ozlar keng muomalaga kirib keldi, intellektual mulkning yangidan-yangi obyektlari (integral mikrosxemalar topologiyalari, nou-xaular) vujudga keldi, ishlar va xizmatlar doirasi kengaydi, tijorat siri mustaxkamlandi.
Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, mol-mulklar, mulkiy huquqlar, pullar va qimmatli qog‘ozlar, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari, shaxsiy-nomulkiy huquqlar kiradi (FK 81-m.).
Fuqarolik huquqi obyektlarini ikki turga, ya’ni moddiy (ashyoviy) va nomoddiy (noashyoviy) ne’matlarga bo‘lish mumkin.
Ashyo o‘zining iqtisodiy tayinlanishiga, jismiy va boshqa xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi:
Masalan, o‘z xususiyatlari bo‘yicha tevarak-atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan ashyolar, ya’ni xavfli xossalarga ega ashyolar (portlovchi moddalar, qattiq ta’sir qiluvchi zahar kabilar). Bunday ashyolarni erkin olish va sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muomalada bo‘lishga yo‘l qo‘yilmay- digan fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari (muomaladan chiqaril- gan obyektlar) qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Ba’zi ashyolar iqtisodiyot uchun ahamiyati, davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan yoxud boshqa asoslar bo‘yicha faqat alohida ruxsat bo‘yicha olinishi, sotilishi mumkin (qurol va o‘q-dorilar, portlovchi va radioaktiv moddalar, qattiq ta’sir qiladigan zaharlar, muhr, shtamp kabilar).
Valuta qimmatliklari: chet el valutasi (banknotlar, qog‘oz pullar, tanga-chaqalar); chet el valutasi hisobida yozilgan to‘lov hujjatlari (chek- lar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); bankning chet el valutasiga sotib olinadigan va shunday valutaga almashtirish huquqiga ega bo‘lgan so‘m hisobidagi to‘lov hujjatlari (cheklar va boshqalar); har qanday shakl va holatdagi qimmatbaho metallar: oltin, kumush, platina guruhiga kiruvchi
metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy); xom va ishlangan shakl- dagi qimmatbaho tabiiy toshlar (olmos, gavhar, la’l, zumrad, saprif, marvarid va boshqalar) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va doiralardagina oldi-sotdi predmeti bo‘lishi mumkin. Mazkur qimmatbaho metal va toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa maishiy buyumlar, shunday buyumlarning siniq parchalari bundan mustasnodir.
Fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan ashyolar doirasi nihoyatda keng bo‘lib, ular erkin sur’atda mulkdorning o‘zidan begonalashtirilishi mumkin.
Ko‘char va ko‘chmas ashyolar. Ko‘char ashyo bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish natijasida xususiyatini o‘zgarishsiz saqlaydigan va o‘z maqsadiga ko‘ra ishlatish mumkin bo‘lgan ashyodir.
Ko‘chmas ashyolar, odatda, doimiy ravishda bir joyning o‘zida mav- jud bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga, xususiy belgilarga egadir. Shu sababli ham u jismiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar toifasiga emas, balki xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar toifasiga kiritiladi. Bunday ashyoning o‘ziga xos xususiyati yer bilan uzviy bog‘liqligidir (tabiiy ravishda yer bilan uzviy bog‘liq ashyolar, masalan, buloqlar, konlar, daryolar va boshq.; inson mehnati bilan vujudga kelgan yer bilan uzviy bog‘liq ashyolar, masalan, bino va inshootlar, quduqlar, bog‘lar, korxona va boshqa ashyolar).
Ko‘chmas ashyolar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish imkonining yo‘qligi, tayinlanish maqsadiga ko‘ra foydalanib bo‘lmasligi, shaklan o‘zgarishi, shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kabi belgilarga ega.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin