O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 134-moddasida ta’riflanishicha, bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxs oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnomahisoblanadi.
Ishonchnoma o‘zining mazmun va mohiyatiga ko‘ra ishonch bildi- ruvchi tomonidan vakilga berilgan barcha huquqlarni (vakolatlarni) o‘zi- da mujassamlashtirgan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, qonuniy ravish- da rasmiylashtirilgan hujjatdir.
Ishonchli vakil ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi. Ishonchnomaga vakil uchun vakolat belgilangan bir tomonlama bitim sifatida qaraladi. Ishonchnoma topshiriq shartnomasi, mehnat shart- nomasi, ekspeditsiya shartnomasi va boshqa shartnomalar asosida beriladi.
Yuridik shaxs nomidan, shuningdek, yuridik shaxsga ham ishonch- noma faqat yuridik shaxsning ustavida (nizomida) ko‘rsatilgan faoliyat
maqsadlariga zid bo‘lmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin (FK 134-m. 2-q.).
Ishonchnoma bir shaxs, shuningdek, bir necha shaxslar nomidan bir yoki bir necha shaxslar nomiga ham berilishi mumkin. Chunonchi, uy- joy qurish shirkatining vakili shirkat a’zolarining barchasi yoki umumiy majlisning vakolatiga binoan bir necha shaxs tomonidan imzolangan ishonchnoma olishi mumkin.
Ishonchnoma vakilning uchinchi shaxslar bilan huquqiy munosabat- larga kirishishi uchun beriladi.
Ishonchnomaning mazmunidan ishonchli vakilning qanday vakolat- larga egaligi, qanday yuridik harakatlar qilishga haqliligi bilinib turadi. Binobarin, ishonchli vakil ishonchnomada ko‘rsatilgan vakolat doirasida harakat qilib, uchinchi shaxslar bilan shartnoma tuzgan bo‘lsa, ishonch bildiruvchi bu shartnomani bajarishdan bosh torta olmaydi.
Ishonchnoma umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Ammo, ishonch- nomaning mazmuniga keng ma’noda yondashsak, uni uchta turga bo‘lish mumkin:
birmartalikishonchnoma.U bitta muayyan harakatni amalga oshirish uchun beriladi, masalan, uy-joyni sotish yoki ish haqini olish uchun berilgan bo‘lishi mumkin;
maxsusishonchnoma.Bunda vakilga ishonch bildiruvchi bir qancha turdagi harakatlarni, asosan, ma’lum vaqt davomida amalga oshirishga vakolat beradi. Mazkur turdagi ishonchnoma bir vaqtda yoki ma’lum muddatlarda har xil hududlarda bir turdagi mahsulotlarni sotib olish uchun berilishi mumkin;
bosh ishonchnoma. Bunda vakilni ishonch bildiruvchining butun huquqlari hajmi yuzasidan bitimlarni va boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun vakolatlaydi. Bunday ishonchnoma, odatta, yuridik shaxsning vakolatxonalariga beriladi, u tijorat vakiliga, ustidan patronaj shaklida vasiylik o‘rnatilgan fuqaroning vakiliga, ishonchli boshqaruvda berilishi mumkin.
Ishonchnoma ma’lum tarzda rasmiylashtirilishi lozim. U alohida hujjat tarzida bo‘lishi yoki vakolat beruvchining va vakilning ichki munosabatlarini belgilaydigan shartnomaga kiritilishi mumkin.
Ishonchnoma doimo yozma shaklda bo‘lishi talab etiladi, qonunda ko‘r- satilgan hollarda esa notarial tasdiqlanishi yoki FKning 136-moddasida ko‘rsatilgan tashkilotlar va shaxslar tomonidan tasdiqlanishi talab etiladi.
Fuqarolar tomonidan berilgan ishonchnomada ishonch bildiruvchi- ning imzosi bo‘lishi talab etiladi. Yuridik shaxsning nomidan berilgan ishonchnomani uning rahbari yoki ta’sis hujjatlari bilan vakolatlangan shaxs imzolashi kerak va bu imzo o‘sha tashkilotning muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Ishonchnomada berilgan muddat, uning amal qilish muddati muhim hisoblanadi. Ishonchnomada uning qachon berilganligi ko‘rsatilishi lozim, aks holda u haqiqiy sanalmaydi. Ishonchnoma ko‘pi bilan uch yilmuddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida o‘z kuchini saqlaydi.
Berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma FKning 139-moddasiga asosan haqiqiy emas deb topiladi.
Tashkilotlar tomonidan tovarlar va boshqa moddiy boyliklar olish uchun beriladigan ishonchnomalarda ularning amal qilish muddati albatta ko‘rsatilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining «Notariat to‘g‘risida»gi 1996-yil 26-dekabrdagi 343-I-sonli qonunining 90-moddasiga (Chet elda amal qilishga mo‘ljallangan ishonchnomalarga) asosan, notarius tomonidan tasdiqlangan, chet elda amal qilishga mo‘ljallangan, amal qilish muddati ko‘rsatilmagan ishonchnomalar ularni bergan shaxs tomonidan bekor qilinguniga qadar o‘z kuchida qoladi.
Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxs- larga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Fuqarolik kodeksining 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonun hujjatlari bilan ishonchnomaning o‘zgacha shakli belgilab qo‘yilgan boshqa hollar bundan mustasno (FK 135-m. 2-q.). Ishonchnomaning notarial tartibda tasdiqlanishining majburiyligi maxsus qonunlarda ko‘rsatilishi mumkin.
Ishonchnomalarning notarial idoralardan tashqari, boshqa tashkilot- lar tomonidan tasdiqlanishi Fuqarolik kodeksining 136, 137-moddalarida belgilangan.
Jumladan, FK 136-moddasida notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomalar belgilangan bo‘lib, quyidagilar notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtiriladi:
gospitallarda, sanatoriylarda va boshqa harbiy-davolash muassasa- larida davolanayotgan harbiy xizmatchilarning hamda boshqa shaxslarning shu muassasalarning boshliqlari, ularning tibbiy qism bo‘yicha o‘rinbosar-
lari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma- lari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar, qo‘shilmalar, muassasalar hamda harbiy o‘quv yurtlari joylashgan, notarial idoralar va notarial harakat- larni amalga oshiruvchi boshqa organlar bo‘lmagan punktlarda esa – ishchi va xizmatchilarning, ular oilalarining va harbiy xizmatchilar oila a’zolari- ning shu qism, qo‘shilma, muassasa va o‘quv yurtlarining komandirlari (boshliqlari) tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo‘lgan yoki qamoqda saqla- nayotgan shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiq- langan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 137-moddasida ishonchnomaning boshqa shakllari nazarda tutilgan. Chunonchi, xat- xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlarni olishga, mualliflar va ixtirochilarga to‘lanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek, bank muassasalaridan summalarni olish haqidagi ishonchnoma vakolat beruvchi ishlaydigan yoki o‘qiydigan tashkilot, u yashaydigan uyga xizmat ko‘rsatuvchi uy-joydan foydalanish tashkiloti, o‘zining yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoxud fuqaro davolanishda bo‘lgan davolash muassasasining ma’muriyati tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Ishonchnomalarni yuqoridagi moddalarda aytib o‘tilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilab qo‘yadigan tartibda amalga oshiriladi.
Avtomototransport vositalarini boshqarish va tassarruf etish haqidagi ishonchnomalar faqat notarial idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 138-moddasiga binoan, yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, yuridik shaxsning muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bosiladi. Davlat mulkiga asoslangan yuridik shaxs nomidan pul va boshqa mulkiy boyliklarni olish yoki topshirish uchun beriladigan ishonchnoma shu yuridik shaxsning bosh (katta) buxgalteri tomonidan ham imzolanishi
kerak. Bankda operatsiyalarni amalga oshirishga ishonchnoma berish tartibi va uning shakli qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Vakillik shaxsiy ishonchga bog‘liq bo‘lganligi tufayli vakolat olgan shaxs qanday harakatlarni amalga oshirishga vakil qilingan bo‘lsa, ularni shaxsan o‘zi bajarishi lozim. Vakil vakolat beruvchidan olgan vakolati yuzasidan bu harakatlarni bajarishni faqat ishonchnomada ko‘rsatilgan hollarda yoki vakolat beruvchining manfaatlarini qo‘riqlash uchun muayyan sharoitlar tufayli birovga topshirishga majbur bo‘lgan taqdirda boshqa shaxsga topshirishga haqli. Vakolatning vakil tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi ehtimoli bo‘lganda ishonchnoma notarial idora tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Ishonchnoma, Fuqarolik kodeksining 141-moddasida ko‘rsatilgani- dek,quyidagihollardabekorbo‘ladi: ishonchnoma muddatining tamom bo‘lishi;
ishonchnoma bergan shaxsning uni bekor qilishi;
ishonchnoma berilgan shaxsning bosh tortishi;
nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining to‘xtatilishi;
nomiga ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining to‘xtatilishi;
ishonchnoma bergan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb hisoblanishi yoxud uning vafot etishi;
ishonchnoma olgan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala- ga layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb hisoblanishi yoxud uning vafot etishi bilan.
Ishonchnoma beruvchi ishonchnomani xohlagan paytida bekor qila oladi, ishonchnoma oluvchi ham xuddi shu tartibda undan bosh torta oladi. Bu huquqdan voz kechish haqidagi bitim haqiqiy hisoblanmaydi. Ishonchnomaning amal qilishi bekor bo‘lishi bilan uni boshqa shaxsga o‘tkazish ham o‘z kuchini yo‘qotadi.
Nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxsning tugashi tufayli ishonchnoma bekor qilinganida, bu vazifa vakolat beruvchining huquqini olgan shaxslarga yuklatiladi. Vakolat beruvchining vafot etishi tufayli ishonchnoma bekor qilingan holda esa bu vazifa uning vorislariga yuklatiladi.
Ishonchnoma bergan shaxs uning bekor qilinganligi to‘g‘risida ishonchnoma olgan shaxsni, shuningdek, ishonchnoma yo‘naltirilgan o‘ziga ma’lum uchinchi shaxslarni ham xabardor qilishi shart. Nomidan
ishonchnoma berilgan yuridik shaxs bekor bo‘lgan, ishonchnoma bergan fuqaro vafot etgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan taqdirda ishonchnoma bekor bo‘lgani haqida xabardor qilinib, ishonchnoma bergan shaxs huquqi uni qabul qilib oluvchi boshqa shaxs zimmasiga yuklatiladi.
Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lganligini bilgunicha yoki bilishi lozim bo‘lgunicha qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs yoki uning huquqiy vorislari uchun uchinchi shaxslarga nisbatan o‘z kuchini saqlab qoladi.
Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lgani yoki tugatilganini bilganidan yoki bilishi lozim bo‘lganidan so‘ng qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltirmaydi (Fk 143 moddasi).
Agar uchinchi shaxs ishonchnomaning amal qilishi bekor bo‘lgan- ligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, FKning 143-moddada ko‘rsatilgan qoidalar qo‘llanilmaydi.
Ishonchnoma bekor bo‘lganidan so‘ng vakolat olgan shaxs yoki uning merosxo‘rlari (huquqiy vorislari) ishonchnomani darhol qaytarib berishlari shart.
Ishonchnoma bekor bo‘lgani bilan bu ishonchnoma yuzasidan boshqa shaxslarga topshirilgan vakolat (o‘tkazilgan vakolat) ham o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ishonchnoma bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan masalalardan yana biri bu ishonchnomani qaytarish majburiyatidir. Ushbu masala FKning 144-moddasida ko‘rsatilgan. Uning mazmunida bayon etilishicha, ishonch- nomaning amal qilishi bekor bo‘lganidan keyin ishonchnoma olgan shaxs yoki uning merosxo‘rlari (huquqiy vorislari) darhol ishonchnomani qaytarib berishlari shart.
Ishonch bildiruvchi tomonidan vakilga berilgan vakolatlarni o‘zida mujassam etgan ishonchnomani bekor bo‘lishi, o‘z navbatida, ishonch bildiruvchi bilan vakil o‘rtasida vujudga kelgan fuqarolik huquqiy munosabatning barham topishiga sabab bo‘ladi.