Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə26/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Vakolat va uning turlari. Vakilning o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirgan harakatlari, vakolat bergan shaxsga muayyan huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, o‘zgartiradi va bekor qiladi. Binobarin, vakolat deb vakilning boshqa shaxs nomidan muayyan yuridik harakatlar qilishga va shu orqali uning uchun huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishga qaratilgan huquqlari tushuniladi. Ta’kidlab o‘tgani- mizdek, vakilning vakolatlari qonunga, sud qaroriga, vakil qilingan davlat organlarining hujjatlari yoki ishonchnomaga asoslangan bo‘ladi.
Vakil o‘z vakolatini vakolat beruvchining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga majbur. Binobarin, vakil o‘ziga vakolat bergan shaxs nomidan shaxsan o‘ziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili bo‘lgan boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas, tijorat vakilligi bo‘lgan hollar bundan mustasno (FK 129-m. 3-q.).
Agar vakilda boshqa shaxs nomidan harakat qilish uchun hech qanday vakolat bo‘lmasa yoki vakolatli bo‘lsa ham, bu vakolat doira- sidan chetga chiqilgan bo‘lsa, u holda tuzilgan bitimlar kimning nomidan harakat amalga oshirilgan bo‘lsa, mazkur shaxs uchun huquq va majburiyatlar vujudga keltirmaydi, o‘zgartirmaydi va bekor ham qilmaydi.
FK 132-moddasida ko‘rsatilganidek, vakil qilinmagan shaxs tomoni- dan boshqa shaxs nomidan tuzilgan yoki vakolatlaridan tashqari chiqib tuzilgan bitim vakolat bergan shaxs tomonidan keyinchalik ma’qullangan taqdirdagina uning uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, o‘zgartiradi va bekor qiladi. Aks holda vakolat beruvchiga huquq hamda majburiyatlarni vujudga keltirmaydi, o‘zgartirmaydi, bekor ham qilmay- di. Bitim tuzishga vakolat bergan shaxs bitimning ijroga qabul qilingan- ligidan guvohlik beruvchi harakatlar qilgan holda ham bunday bitim ma’qullangan hisoblanadi.
Bitim tuzishga vakolat bergan shaxs tomonidan bitimning kelgusida ma’qullanishi uning tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy deb hisoblash uchun asos bo‘ladi.
Bitimlar tuzishda vakil o‘z xohishi bilan harakat qiladi. U o‘ziga berilgan vakolat hajmiga, amaldagi huquqiy normalarning qoidalariga, vakolat beruvchining ko‘rsatmalariga asoslanib ish yuritadi. Bitim tuzili- shida vakilning xohishi ham vakolat doirasida ifodalanganligi bois vakil- ning jiddiy ravishda yanglishishi, aldanishi, qo‘rqitilishi yoki zo‘rlik ta’sirida tuzgan bitimi sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.
Vakil komissionerdan farq qiladi. Vakil bitim tuzishda boshqa bir shaxs (vakolat beruvchi) nomidan harakat qilib, uning nomiga bitim tuzadigan shaxsdir. Komissioner esa boshqa bir shaxs (komitent) topshi- rig‘i bo‘yicha va uning hisobiga harakat qilsa ham, bitimni o‘z nomidan tuzu vchi shaxs hisoblanadi.
Vakolat beruvchi vakil tomonidan yuridik harakatlar qilish, o‘zi uchun muayyan fuqarolik huquqlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish niyatida bo‘lganligini o‘zi bilan bitim tuzuvchi shaxslarga aniq-ravshan bildirishi lozim. Vakilning bunday niyatdaligi vakil harakat qilayotgan vaziyatning o‘zida ham ko‘rinib turishi mumkin. Masalan, chakana savdo korxonasidagi sotuvchi, kassir va boshqalarning harakat- lari ularning muayyan bir tashkilot vakillari ekanliklarini bildiradi.
Vakil bilan vakolat beruvchi o‘rtasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlardan vakilning yuridik harakatlari tufayli, jumladan, u tomondan tuzilgan bitimga asosan vakolat beruvchi bilan uchinchi shaxs o‘rtasida vujudga keladigan huquqiy munosabatni ajratish kerak. Agar vakil bilan vakolat beruvchi o‘rtasidagi munosabat (ichki munosabat) shartnomaga, masalan, topshiriq yoki mehnat shartnomasiga asoslangan bo‘lsa, yoxud boshqa turdagi yuridik faktlarga, chunonchi, tug‘ishganlik, vasiylik, farzandlikka olish faktlariga asoslanganida vakolat beruvchi bilan uchinchi shaxs o‘rtasidagi huquqiy munosabat (tashqi munosabat) vakilning uchinchi shaxs bilan tuzgan bitimi asosida vujudga keladi.
Vakolatning qanday asoslardan vujudga kelishiga qarab, vakillik ikki turga: qonun bo‘yicha vakillik va shartnoma bo‘yicha, ya’ni ixtiyoriy vakillikka bo‘linadi.
Vakillik va uning vakolati me’yoriy hujjat bilan belgilangan taqdirda bunday vakillik qonuniy vakillik deb ataladi. Qonun bo‘yicha vakillik muomalaga layoqatsiz shaxslar, yosh bolalar, ruhiy kasallar hamda aqli zaiflarning huquq va manfaatlari qo‘riqlanishini ta’minlashga qaratiladi. Sud organlarida vakillik qilish to‘g‘risidagi qoidalar tegishli qonunlar bilan belgilanadi.
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar va vasiylar, Fuqarolik kodeksi- ning 131-moddasida belgilanganidek, muomalaga layoqatsiz shaxslar- ning qonuniy vakillari hisoblanadilar. Muomalaga layoqatsiz shaxslar nomidan bitimlarni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va vasiylari tuzadi. Muomalaga layoqatsizlar uchun vakillik qilish va ular- ning nomidan fuqarolik-huquqiy bitimlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning doirasini qonun qat’iy belgilaydi. Bular bolalarning xususiy mulkini fuqarolik qonunchiligi bilan belgilangan tartibda boshqa- rish va tasarruf etishga hamda muomalaga layoqatsizlarning nomidan bitimlarni ishonchnomasiz amalga oshirishga haqli bo‘lgan ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va vasiylaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 74-moddasiga muvofiq, bolalarning huquqlari va mnfaatlarini himoya qilish ularning ota-ona- lariga yuklatiladi. Ota-onalar o‘z bolalarining qonuniy vakillari bo‘lib, har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda, jumladan, sudlarda maxsus vakolatlarsiz ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilib chiqadilar.
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar va vasiylar tomonidan vasiylik ostidagilarning mulki bilan amalga oshiradigan bitimlarining qonuniyligi ustidan nazoratni vasiylik va homiylik idoralari amalga oshiradi, ular bitimlarning qonuniyligiga gumon tug‘ilgan holda sud tartibida ota- onalar, farzandlikka oluvchilar va vasiylar tomonidan amalga oshirilgan bitimlarni bekor qilishni talab qilishga haqlidirlar.
Shartnomali, ya’ni ixtiyoriy vakillik vakil va uning nomidan vakolat beruvchining xohishi bilan belgilanadi. Bunday vakillikda vakil va uning vakolati vakolat beruvchi tomonidan ko‘rsatiladi.
Shartnoma bo‘yicha vakillikda mehnat shartnomasiga ko‘ra, tashkilot nomidan berilgan vakolatnomaga asosan harakat qiluvchi xizmatchi, masalan, tashkilotlarning yurist maslahatchilari, ta’minot vakillari va boshqalar vakil hisoblanadi. Topshiriq shartnomasiga binoan topshiriq beruvchi tomonidan topshiriq olgan shaxsga berilgan vakolatga asosan, harakat qiluvchi shaxslar ham shartnoma bo‘yicha vakil bo‘la oladilar.
Fuqarolik kodeksining 133-moddasiga milliy fuqarolik huquqi uchun yangi bo‘lgan vakillik turi kiritilgan bo‘lib, bu tijorat vakilligidir. Tijorat vakili doimo tadbirkorlar nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bitimlarni surunkali va mustaqil suratda amalga oshiradigan tadbirkordir. Ushbu vakillikning boshqa vakillikdan farqi shundaki,
odatdagi bitimlardan tashqari undan boshqa hech kim tuza olmaydigan bitimlarni ham tuzishlari mumkin. Ya’ni, ayni bir vaqtda ikkala tomonning (sotuvchi va xaridor, qarz beruvchi va qarzdor, pudratchi va buyurtmachi va shu kabilar) vakili bo‘lgan tijorat vakili tomonidan bitim tuzilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Tijorat vakiliga FK bo‘yicha tegishli huquqlar beriladi va majburiyatlar yuklatiladi. Tijorat vakilligi tadbirkorlik faoliyati sohasida amalga oshiri- lishi tufayli tijorat vakili va uning vakolat beruvchilari o‘rtasida shart- nomalar haq evaziga amalga oshiriladi. Shuningdek, tijorat vakiliga amalga oshirayotgan savdo bitimlari to‘g‘risida ma’lumotlarni sir saqlash majburiyati belgilab qo‘yilgan. Hatto topshiriq bajarilganidan keyin ham bu sirni oshkor qilmaslik qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan.
Umuman aytganda, vakillik ijtimoiy hayotning turli sohalarida, ya’ni kundalik hayotda, tadbirkorlik faoliyatida, mehnat jarayonlarida va boshqalarda amalga oshirilishi mumkin. Faqat qonunda shaxsning shaxsan o‘zi tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan ishlarni va o‘zi tomoni- dan tuzilishi belgilangan bitimlarni vakillik orqali amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Boshqa barcha hollarda vakil o‘ziga vakolat bergan shaxsning manfaatini ko‘zlab o‘ziga berilgan vakolat doirasida yukla- tilgan vazifalarni bajarishi mumkin.



      1. Yüklə 5,47 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin