3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Sud,iqtisodiysudyokihakamliksuditomonidanbelgilanganmuddatlarbiron-bir huquq va majburiyatni olish, o‘zgartirish yoxud bekor qilish to‘g‘risida tayinlanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan barcha turdagi muddatlarga rioya qilish buyurtma topshiriqlarini bajarish yuzasidan tuziladigan mahsulot yetkazib berish, kapital qurilishiga oid, pudrat, yuk tashish va boshqa shartnoma- larning o‘z vaqtida bajarilishini, shartnoma tuzuvchi tashkilot va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarning qat’iyligini ta’minlash hamda qonun bilan belgilangan davlat va shartnoma intizomiga rioya qilishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Muddatlar huquqiy oqibatlari bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi.
Da’vo muddati bu shaxs buzilgan huquqini da’vo taqdim etish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdir. Masalan, qarz olgan
fuqaro qarzini qaytarmasa, unga nisbatan uch yil mobaynida da’vo qilinishi mumkin. Agar bu muddat davomida da’vo qilinmasa, da’vo predmeti bo‘lgan huquq yo‘qotilishi mumkin.
E’tirozbildirishmuddatlari– shartnomalar bo‘yicha olingan majburiyatlar qarzdor tomonidan butunlay yoki lozim darajada bajaril- maganida tashkilotlarning bir-birlariga talablarini bildirish uchun belgi- langan muddatlar. Tashkilotlar o‘rtasidagi ko‘pgina huquqiy munosabat- larda nizolarni hal qilish uchun e’tiroz bildirish tartibi belgilangan. Masalan, temir yo‘l korxonasiga tashish uchun topshirilgan yuk yo‘qotil- sa, unga nisbatan olti oylik muddat davomida e’tiroz bildirilishi mumkin. E’tiroz bildirish muddatining o‘tkazib yuborilishi, qonunda nazarda tutilgan hollarda, talablarning iqtisodiy sud tomonidan qondirilmasligiga asos bo‘ladi.
Kafolatmuddatlaridavomida sotib olingan, buyurtma qilingan ashyoda yoxud bajarilgan ishda kamchiliklar topilgan taqdirda, oluvchi yoki buyurtmachi mazkur nuqsonlarning tekinga bartaraf etilishini yoki ashyoning almashtirilishini yoxud qayta topshirib to‘langan pulning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega. Kafolat muddatining o‘tkazib yuborilishi oluvchi yoki buyurtmachini yuqorida ko‘rsatilgan huquqlar- dan mahrum qiladi. Masalan, 6 oylik kafolat muddati belgilangan buyumni olgan fuqaro mazkur muddat davomida undagi kamchiliklar to‘g‘risida arz qilmasa, keyinchalik uni almashtirish yoki pulini olish huquqini yo‘qotadi.
Majburiyatlarni bajarish va huquqni amalga oshirish vaqtini belgi-laydigan muddatlarga misol qilib, qarz shartnomasi bo‘yicha 15 aprelda olingan qarzning qarzdor tomonidan ikki oydan so‘ng, ya’ni 15 iyunda qaytarish majburiyati olinganligini ko‘rsatish mumkin. Mazkur muddat bir tomondan majburiyat vaqtini belgilasa, ikkinchi tomondan kreditor uchun huquqni amalga oshirish vaqti kelganligini bildiradi.
Muddatlarnibelgilashusullariharxilbo‘ladi. Fuqarolik kodeksining 145-147-moddasida ko‘rsatilganidek, muddatlar, birinchidan, kalendar sanasi bilan; ikkinchidan, yillar, oylar, haftalar, kunlar yoki soatlar bilan; uchinchidan, muqarrar yuz berishi mumkin bo‘lgan voqeani ko‘rsatish bilan ham belgilanishi mumkin.
Odatda, muddatlar aniq kalendar sanasi bilan belgilanadi (masalan, turar joy haqi o‘tgan oy uchun yangi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan to‘lanishi ko‘rsatiladi).
Yillarvaoylarbilanhisoblanadiganmuddatningo‘tishigamisolqilib umumiy da’vo (FK 150-m.) hamda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da’vo muddatlarini (FK 151-m.) ko‘rsatish mumkin. Muddatni kunlar bilan hisoblash, ko‘pincha, transport korxonalari faoliyatiga taalluqlidir. Elektr ta’minoti korxonalarida vaqt, muddat asosan soat bilan belgilanadi.
Muddatlaro‘tishiningboshlanishivatamombo‘lishi.Muddatlar o‘tishining boshlanish vaqtini aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, muddat tamom bo‘lishi vaqtini to‘g‘ri aniqlab olish imkonini beradi. Bu esa yuridik fakt, ya’ni ma’lum huquq va majburiyatlarni vujud- ga keltiradigan, o‘zgartiradigan yoki bekor qiladigan holatlar bilan bog‘liq.
Muddatning tamom bo‘lishini aniqlash to‘g‘risida shuni aytish joizki, yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilidagi tegishli oy va kunda tamom bo‘ladi. Muddatning boshlanishiga to‘g‘ri kelgan kun e’tiborga olinmaganligi sababli muddatning boshlanish va tamom bo‘lish kunlari tegishincha qo‘shiladi.
Oylar bilan hisoblanadigan muddat, shu muddatning oxirgi oyidagi tegishli kunida, tegishli kuni bo‘lmagan oyga to‘g‘ri kelib qolsa, bu holda mazkur muddat shu oyning oxirgi kunida o‘tadi. Ba’zi muddatlar yarim yil yoki yarim oy qilib ham belgilanishi mumkin. Bunda hisoblash tartibi quyidagicha belgilanadi: yarim yil deb belgilangan muddatga nisbatan oylab hisoblanadigan muddatlarga doir qoidalar qo‘llanilib, yarim oy deb belgilangan muddatga kunlar bilan hisoblanadigan muddat deb qaraladi va u o‘n besh kunga teng bo‘ladi (FK 147-m. 5-q.).
Haftalar bilan o‘lchanadigan muddat shu muddatning oxirgi haftasidagi tegishli kunda tugaydi (FK 147-m. 7-q.). Agar muddatning oxirgi kuni ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelib qolsa, muddatning tamom bo‘lishi bundan keyingi ish kuni hisoblanadi.
Muddatning tamom bo‘lishini belgilash to‘g‘risida yana shuni aytish mumkinki, agar rus tilida yozilgan hujjatlarda oxirgi muddat, masalan,
«do 5-go yanvarya» deb yozilgan bo‘lsa, 5 yanvar kuni hisobga o‘tmay- di, «po 5-oye yanvarya» deb yozilgan bo‘lsa, bu kun hisobga olinadi.
Muddatning oxirgi kunida harakat qilish tartibi Fuqarolik kodeksining 148-moddasida ko‘rsatilgan. Qonunda ta’kidlanishicha, agar muddat biron-bir harakatni amalga oshirish uchun tayinlangan bo‘lsa, bu harakat muddatning oxirgi kunidagi soat yigirma to‘rtga qadar bajarilishi mumkin.
Masalan, qarzdor shartnomada olgan qarzini qaytaradigan kun 5 yanvar deb belgilangan bo‘lsa, olingan qarz 5 yanvar soat yigirma to‘rtgacha to‘lansa, qarzdor majburiyatini o‘z vaqtida bajargan bo‘ladi. Agar majburiyatni bajarishga qaratilgan harakat tashkilotda qilinishi lozim bo‘lsa, u holda muddat shu tashkilotda belgilangan qoidalarga muvofiq tegishli operatsiyalar (ishlar) tamom bo‘ladigan oxirgi soatda tugaydi.
Tegishli tashkilotlarga yuboriladigan barcha yozma hujjat (ariza, bildirish)lar muddatning oxirgi kuni soat yigirma to‘rtga qadar aloqa bo‘limiga yoki telegrafga topshirilgan bo‘lsa, muddat o‘tmagan hisob- lanadi. Bu qoida umumiy xarakterga ega bo‘lib, sud, prokuratura va boshqa tashkilot hamda muassasalarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Masalan, fuqaro o‘z da’vo arizasini muddat tamom bo‘ladigan kun soat yigirma to‘rtga qadar aloqa bo‘limiga topshirgan bo‘lsa, da’vo muddati o‘tmagan hisoblanadi. Bu qoida tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan yetkazib berish hamda yuk tashish singari shartnomalar yuzasidan bo‘ladigan da’vo, talab va shikoyatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
FK 10-moddasida ko‘rsatilganidek, fuqarolik huquqlari prosessual qonunlar yoki shartnomada belgilab qo‘yilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli bo‘lishiga qarab, sud, iqtisodiy sud yoki hakamlik sudi tomonidan himoya qilinadi. Zero, huquqlari buzilgan shaxs (fuqaro yoki tashkilot)lar yuqorida ko‘rsatilgan sud, iqtisodiy sud yoki hakamlik sudiga da’vo arizasi berib, buzilgan huquqlarining himoya qilinishi to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishlari mumkin.
Buzilgan huquqni himoya qilish talabi, da’vo muddatining o‘tganli- gidan qat’i nazar, sudda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi (FK 153-m.). Agar da’vo arizasi qonun bilan belgilangan muddat davomida berilgan bo‘lsa, sud tomonlarning da’vo ishini ko‘rib, ishning mazmuni bo‘yicha da’voni qondirish yoki qondirmaslik to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqaradi. Agar da’vo arizasi qonun bilan belgilangan muddatdan o‘tkazib berilgan bo‘lsa, sud muddatning o‘tkazilishi sababini muhokama qiladi. Agar da’vo muddati uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilganligini aniqlasa, uni tiklab berish to‘g‘risida, agar o‘tkazib yuborilgan muddatning sabablari uzrsiz bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklab berishni rad
etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ijtimoiy muno- sabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishda da’vo muddatlarining qonun bilan belgilab qo‘yilganligi alohida ahamiyatga ega. Da’vo muddatining
qonun bilan belgilab qo‘yilganligi subyektlar o‘rtasidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlarining qonuniy asosda vujudga kelishiga, mustahkamlashga, shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni o‘z vaqtida va lozim darajada bajarilishi to‘g‘risidagi talablarni o‘z vaqtida bajarilishiga, shuningdek, tashkilotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshishiga, shartnoma va moliya intizomiga rioya etilishini ta’minlashga, xo‘jalik hisobini yaxshilashga yordam berish borasida muhim rol o‘ynaydi. Da’vo muddatlarining qonun bilan belgilanishi, fuqarolar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni mustahkamlashda ham katta ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha sudga taqdim etilgan da’vo talabani belgilangan muddatda to‘g‘ri hal qilish uchun fuqarolik ishi yuzasidan dalillar to‘plash va ularni chuqur tekshirish lozim. Ammo nizoli huquqiy munosabat vujudga kelgan paytdan boshlab uzoq muddat o‘tgan bo‘lsa, dalillarni to‘plash qiyinlashadi. Chunki ishning sudda ko‘rilish vaqtida ba’zi guvohlarning bo‘lmasligi (ko‘chib ketgan, vafot etganligi), ba’zilari esa bo‘lgan voqealarni, faktlarni unutgan bo‘lishi yoki uni bu faktlarni buzib tasvirlashi, ish to‘g‘ri hal qilinishi uchun zarur xarajatlar yo‘qotilganligi kabilar bunga sabab bo‘ladi. Agar da’vo muddati qonun bilan belgilanmagan bo‘lsa, bitim tuzgan yoki birov- ning biror huquqini buzgan shaxs uzoq vaqt mobaynida o‘ziga nisbatan boshqa shaxs tomonidan da’vo qilinish xavfi ostida bo‘ladi.