Respublikasi ichki


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə32/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar:


  1. «Vakillik» tushunchasini ayting, uning vazifasi nimalardan iborat?

  2. Vakolatsiz vakillik bu qanday vakillik?

  3. E’tiroz bildirish va kafolat muddatlarini tushuntiring.

  4. Hozirgi davrdagi tijorat vakilligining xususiyatlarini sanab bering. Ishonchnoma qanday hujjat? Uning qanday turlari bor?

  5. Bosh ishonchnoma va uning hozirgi kundagi ahamiyati haqida fikrlaringizni bildiring.

  6. Qonunda belgilangan muddatlar va sudlar tomonidan tayinlana- digan muddatlarning farqli jihatlarini aytib bering.

  7. Da’vo muddatining o‘tishi, to‘xtatilishi, uzilishi va tiklanishining oqibatlarini tasniflang.

  8. O‘tkazib yuborilgan muddatlardan qaysi biri tiklanadi? Qaysi biri uzaytirib beriladi?




        1. bob. MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY HUQUQLAR. MULK HUQUQINI HIMOYA QILISH





    1. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar: tushunchasi, mazmuni, turlari va shakllari

Fuqarolar va shaxslar tomonidan tabiat boyliklari hamda boshqa ashyolarni o‘zlashtirish jarayonida ijtimoiy munosabatlarni tartibga sola- digan va mustahkamlaydigan huquqiy normalar tizimi yuridik ma’noda


«mulk» tushunchasi orqali qo‘llaniladi va u mulk huquqi sifatida ko‘rib o‘tiladi.
Mulk huquqi, o‘z navbatida, obyektiv va subyektiv mulk huquqlari- ga bo‘linadi.
Obyektiv ma’nodagi mulk huquqi deganda, tabiat ashyolarini ijtimoiy o‘zlashtirishning mavjud zaxiralarini, usullarini belgilash, tartibga solish va uni mustahkamlash uchun halq manfaatlarini ko‘zlab belgilangan tadbirlarni ifodalovchi huquq normalari yig‘indisi nazarda tutiladi. Mulk to‘g‘risidagi umumiy qoidalar obyektiv huquq normalari hisoblanadi.
Subyektiv ma’nodagi mulk huquqi deb ayrim shaxslar, ya’ni huquq subyektlarining (davlat, shirkat va jamoat tashkilotlari hamda fuqaro- larning) obyektiv huquq normalari asosida kelib chiqadigan mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi.
Mulkni o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatini ko‘zlab egallash, mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, o‘z mulk huquqini har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqi mulk huquqining mazmunini tashkil etadi. Subyektiv mulk huquqining mazmunini tashkil etadigan bu elementlar, mulk egasiga qonunda belgilangan doiralarda beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrdagi «Mulkchilik to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Shunga ko‘ra, mulkdor o‘z mulkiga bo‘lgan huquqlarini ixtiyoriy, o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshiradi. Mulkdorning o‘z xohishi deganda uning erki, irodasi bilan o‘zi va boshqalarning ijtimoiy manfaatlarini ko‘zlab, birovning tazyiqi va zo‘rlashlarisiz harakat qilishi nazarda tutiladi. Bunday holatda mulkdorga nisbatan zo‘rlik, tazyiq ko‘rsatilgan
bo‘lsa, qonun mulkdorning xohish-irodasini erkin amalga oshirishini kafolatlaydi va muhofaza qiladi. Ayni vaqtda mulkdorning o‘z xohishiga ko‘ra ish tutishi qonunga zid bo‘lmasligi kerak.
Mulkni egallash huquqi deb, mulkni o‘z qo‘lida yoki o‘z huquqlarini amalga oshirishga imkon beruvchi biror joyda saqlab turishga aytiladi. Mulkni qonunga muvofiq o‘z qo‘lida yoki o‘z xohish-irodasi ta’siri ostida saqlab turgan shaxs mulkni egallash huquqiga ega. Bunday huquq, avvalo, mulk egasiga tegishli bo‘ladi. Ammo mulkni egallash huquqi qonun yoki shartnomaga asosan boshqa shaxsda ham bo‘lishi mumkin. Masalan, mulk shartnomasi bo‘yicha uning ijaraga qo‘yilishida, vaqtin- cha tekin foydalanish uchun topshirilishida, omonat qo‘yilishida yoki ma’muriy dalolatnomalarga binoan vaqtincha saqlash uchun biron tashkilot yoki fuqaroga o‘tkazilishida egalik huquqi mulk egasi hisoblan- magan shaxsda ham bo‘lishi mumkin.
Qonuniy asoslar bo‘lmay turib, birovlarga qarashli mulkni egallash- ga, masalan, birovning o‘g‘irlangan yoki yo‘qotgan mulkini saqlashga mulkni qonunsiz egallash deb aytiladi.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin