Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə31/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Da’vo muddati o‘tishining uzilishi da’vo muddati o‘tishining to‘xta- tilishidan qisman farq qiladi. Agar da’vo muddatining o‘tishi to‘xtaganda muddat yangidan hisoblanmaydi, da’vo muddatining o‘tishi uzilgan holda, da’vo muddati uzilgunga qadar vaqt yangi muddatga qo‘shilmaydi va da’vo muddatining o‘tishi uzilganidan so‘ng yangidan hisoblanadi.
Da’vo muddatining o‘tishi FK 157-moddasiga binoan ikki holda: birinchidan, belgilangan tartibda sudga da’vo taqdim etish bilan;
ikkinchidan, majbur shaxs qarzni tan olganligini ko‘rsatuvchi harakat- larni qilishi bilan uziladi.
Da’vo muddatining tiklanishi. Agar sud, iqtisodiy sud yoki hakamlik sudi da’vo muddatining o‘tkazib yuborilishi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi lozim. Bu holda o‘tkazilgan da’vo mud- dati tiklanadi va taraflar o‘rtasidagi nizo mazmunan ko‘rib hal qilinadi.
Da’vo muddatining o‘tkazilish sabablarini qanday hollarda uzrli deb topish to‘g‘risida qonun muayyan holatlarni ko‘rsatmaydi, binobarin, da’vo muddatini o‘tkazib yuborish sabablarini tekshirish va uzrli yoki uzrsiz deb topish huquqi sudga beriladi. Sud har safar muayyan ishning holatlarini e’tiborga olib, o‘tkazib yuborilgan da’vo muddatini uzrli yoki uzrsiz deb topishi mumkin.
Ba’zi hollarda fuqarolar va tashkilotlar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan qonunda belgilangan muddat davomida da’volarini sudga o‘z vaqtida taqdim eta olmasliklari mumkin. Masalan, fuqaro kasalligi, qariligi yoxud voyaga yetmaganligi, uzoq muddat davomida xizmat safari- da bo‘lganligi sababli yoki javobgarning qayerda bo‘lishi noma’lum bo‘lganda va boshqa ba’zi hollarda o‘tkazib yuborilgan da’vo muddatlari sud tomonidan uzrli deb qabul qilinadi. Tashkilotlar tomonidan o‘tkazib yuborilgan da’vo muddatlari ham ba’zi hollarda sud tomonidan uzrli deb topiladi. Chunonchi, tashkilotlar o‘z mansabdor shaxslarining aybli harakatlari, nazoratchi organlarning noto‘g‘ri bergan buyruqlari, sud yoki iqtisodiy sudning xato harakatlari tufayli da’vo muddati o‘tkazib yuboril- ganda va boshqa istisnoli hollarda da’vo muddatining o‘tkazib yuborilgan- ligi uzrli sabab deb topilishi va ishning hal qilinishiga olib kelishi mumkin.
Da’vo muddatining to‘xtalishi, uzilishi va tiklanishi to‘g‘risidagi qoidalar, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, maxsus da’vo muddatiga nisbatan ham joriy qilinadi (FK 151-m. 2-q.).
Da’vo muddati o‘tishining oqibatlari. Da’vo taqdim etish uchun belgilangan muddat o‘tgunga qadar da’vo muddatining o‘tishi, da’vo arizasini qabul qilib olishni rad qilish uchun asos bo‘ladi. Demak, da’vogar (birovda haqi bo‘lgan shaxs) o‘z huquqini majburiy ravishda amalga oshirish imkoniyatini yo‘qotadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan da’vo muddati o‘tishining asosiy oqibatini belgilaydigan qoidadan tashqari qonunda shu yuridik fakt bilan bog‘liq boshqa qoidalar ham belgilanadi. Jumladan, asosiy talab bo‘yicha da’vo muddati o‘tishi bilan qo‘shimcha talablar (neustoyka, garov, kafolat va shu kabilar) bo‘yicha da’vo muddati ham o‘tgan hisoblanadi (FK 162-m.).
Ba’zi hollarda qarzdor o‘z majburiyatini da’vo muddati o‘tganidan so‘ng bajarishi hollari ham uchraydi. Bunday hollarda avval majburiyatni bajargan shaxs narsasi yoki to‘langan summaning qaytarilishi to‘g‘risidagi talabni qo‘ya olmaydi. Fuqarolik kodeksida da’vo muddati o‘tganidan keyin majburiyatni bajargan shaxs ijro etish paytida da’vo muddatining o‘tib ketganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lganligidan qat’i nazar bajargan narsasini qaytarishni talab qilishga haqli emas, deb ko‘rsatiladi (FK 161-m.)
Da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar. Buzilgan fuqarolik huquqlarini himoya qilish uchun ko‘p hollarda da’vo muddati belgilansa, da’vo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi:

  • shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);

  • omonatchilarning o‘z omonatlarini berish to‘g‘risida bankka qo‘yadigan talablariga;

  • fuqaroning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni to‘lash haqidagi talablariga. Da’vo muddati o‘tganidan keyin sudga taqdim etgan talablar da’vo taqdim etishdan oldin ko‘pi bilan uch yil bo‘yicha qondiriladi;

  • jinoyat tufayli yetkazilgan zararni to‘lash haqidagi talablarga;

  • mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining o‘z huquqini har qanday buzishlarni, shu jumladan, egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan buzishlarni bartaraf etish haqidagi talablariga;

  • mamlakatda mustaqillik e’lon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy- badiiy qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho obyektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga;

  • qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga (FK 163-m.). Da’vo muddati bilan bog‘liq masalalardan biri bu o‘tkazib yuboril-

gan da’vo muddatini tiklash va uni uzaytirish masalasidir. Qonun bilan belgilab qo‘yilgan muddatlar uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, bu muddatlar tiklanadi. Sababalari uzrsiz bo‘lsa tiklanmaydi.
Agar ma’lum harakatni bajarish uchun qonunda muddat ko‘rsatil- magan bo‘lsa, bunday harakatni bajarish uchun muddatni sud tayinlaydi. Sud tomonidan tayinlangan muddat o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa bu muddat tiklanmaydi. U sud tomonidan uzaytirib beriladi.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin