3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Mulkdan foydalanish deb, mulkning foydali xususiyatlarini olish va mulkdan iqtisodiy ma’noda foydalanishga aytiladi. Mulkdan qonunga muvofiq foydalanuvchi shaxs shu mulkdan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Mulkdan foydalanish huquqi shu mulkni egallash huquqi bilan chambarchas bog‘liqdir. Mulkni egallamay, saqlamay turib undan foyda- lanib bo‘lmaydi. Mulkdan ishlab chiqarishda yoki kundalik hayotda foydalanishda u butunlay iste’mol qilinadi yoki muayyan vaqt davomida eskiradi.
Agar birovning mulkidan qonun yoki shartnomada belgilangan asos- lar bo‘lmay turib foydalanilsa, bunday foydalanish qonunsiz foydalanish hisoblanadi (masalan, o‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan mulkdan foydalanish). Mulknitasarrufetishhuquqideb mulkning yuridik taqdirini belgi- lashga, ya’ni mulk yuzasidan boshqa shaxslar bilan bo‘ladigan huquqiy munosabatni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan
huquqqa aytiladi.
Mulk egasi tasarruf etish huquqiga ko‘ra mulk yuzasidan xilma-xil bitimlar, shartnomalar, chunonchi, ashyoni sotish, hadya qilish, ijaraga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuza oladi. Agar ashyo butunlay yaroqsiz bo‘lib qolsa, mulk egasi bunday ashyoni tashlab yuborishi, o‘zidan biror-bir usul bilan soqit qilishi mumkin. Bu huquq mulkdorning
o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni amalga oshirishiga imkon beradi.
Bu huquq tugashi bilan mulkka egalik huquqi ham yakunlanadi. Masalan, mulkni omonat qo‘yishda ashyoni egallash huquqi, ijaraga qo‘yishda ashyoni egallash va undan foydalanish huquqi ashyoning sotilishi yoki hadya qilinishida esa subyektiv mulk huquqining har uch elementi: egallash, tasarruf etish va mulkka egalik huquqi butunlay boshqa shaxsga (yangi egasiga) o‘tadi.
Mulk egalarining o‘zlariga tegishli mulk huquqidan g‘ayriqonuniy maqsadlarda yoki birovning zarariga foydalanishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Mulkdor huquqlarining, vakolatlarining chegarasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 54-moddasiga asosan, mulkdor o‘z vakolatlarini amalga oshirishda ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini
buzmasligi shart.
Bu konstitutsiyaviy norma FKning 172-moddasida batafsil talqin qilingan. Ushbu moddaga asosan mulk huquqini amalga oshirish shartlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, mulkdorning o‘z huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart;
ikkinchidan, qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada mulkdor boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yishga majbur.
uchinchidan, mulkdor o‘zining ustunlik mavqeini suiistyemol qi- lishga, boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini kamsitadigan o‘zga harakatlarni qilishga haqli emas.
to‘rtinchidan, mulkdor o‘z huquqini amalga oshirganida fuqarolar- ning sog‘lig‘iga va atrof muhitga zarar yetkazishining oldini olish chora- larini ko‘rishga majbur.
beshinchidan,ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa – boshqa yer uchastkasining egasidan ham o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini berishni talab qilishga haqlidir. Odatda, servitut piyodalar va transport yo‘li, elektr, aloqa, gaz yoki suv quvurlari o‘tkazish uchun zarur bo‘lishi mumkin. Yer uchastka- sida servitut belgilanishi yer egasining mulk huquqidan aslo mahrum
qilmaydi. Servitutdan foydalanuvchi bilan yer uchastkasi egasi o‘rtasida servitut haqida bitim tuzilib, u ko‘chmas mulkka oid bitimlar kabi ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Servitut belgilangan uchastkaning egasi agar qonunda boshqa tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, servitut kimning foydasini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan uchastkadan foydalanganlik uchun mutanosib haq talab qilishga haqlidir (FK 173-m.); O‘zganing yer uchastkasidan piyoda va transportda o‘ta olishni ta’minlash, elektr uzatgich, aloqa va quvur liniyalarini o‘tkazish va ulardan foydalanish, suv bilan ta’minlash uchun, shuningdek, ko‘chmas mulk egasining ehtiyojlarini servitut belgilamay turib ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun servitut
belgilanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonuni1ning 38-moddasiga asosan, ichki ishlar organlari xodimlarini uy- joy maydoni bilan ta’minlash maqsadida quyidagi yangi huquqiy norma- lar belgilab berildi:
uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan ichki ishlar organlari xodimlari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega;
ichki ishlar organlari xizmat uy-joy fondiga ega bo‘lishi mumkin;
ichki ishlar organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to‘lanadi;
ichki ishlar organlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish va yakka tartibda uylar qurish uchun yer uchastkalari olish huquqi beriladi.
Mazkur qonunda ko‘rsatilgan huquqiy normani amalga joriy etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevral- dagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakat- lar strategiyasi to‘g‘risida»2gi PF-4947-sonli farmonining 4.3-bandida: Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshi- rish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish maqsadida, «aholi, eng avvalo, yosh oilalar,
1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2016. – № 38. – 438-м.
2 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2017. – № 6.– 70-м.
eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash» vazifasi hamda 2017-yil 20-apreldagi «Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida»1gi PQ-2906-sonli qarorida alohida vazifa sifatida belgilanganligi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining faoliyatini tubdan o‘zgartirish va ularga shart- sharoitlarini yaxshilashga davlat siyosati darajasida e’tiborning yaqqol namoyoni desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, profilaktika inspektorlari uchun yer uchastkalarining ajratilishi quyidagi natijalarni beradi:
birinchidan, profilaktika inspektorlari uchun yer uchastkalarida qurilgan xizmat uy-joylaridan maqsadli ravishda foydalanadi;
ikkinchidan, profilaktika inspektorlari uchun yer uchastkalarida qurilgan xizmat uy-joylari to‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi balansi (hisobi)ga o‘tkaziladi;
uchinchidan, profilaktika inspektorlari yer uchastkalariga Fuqarolik kodeksining 187-moddasi mazmuniga ko‘ra, ko‘chmas mol-mulkka o‘n besh yil davomida egalik qiladi va undan foydalanadi.
Yer uchastkasida servitut belgilanishi yer uchastkasi egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquq- laridan mahrum etmaydi.
Servitut belgilashni talab qilayotgan shaxs bilan o‘zga yer uchastka- sining egasi o‘rtasidagi bitimga muvofiq servitut belgilanadi. Va u ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Servitutni belgilash xususida kelisha olinmasa yoki uning shartlarida murosaga kelinmasa, bahs servitut belgilashni talab qilayotgan shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan hal etiladi.
Uchastka meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan berilgan yoki doimiy egalik qilish va foydalanish huquqi bilan berilgan shaxsning manfaatlari va talabi bo‘yicha ham 173-moddaning
1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2017. – № 17.– 292-м.
birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlarda va tartibda servitut belgilanishi mumkin.