Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə37/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Natsionalizatsiya – fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq
to‘lash asosida qonun hujjatlariga muvofiq davlat ixtiyoriga o‘tkazishdan iborat. Mazkur mol-mulk keyinchalik denatsionalizatsiya qilingan taqdirda, agar qonunlarda o‘zgacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, sobiq mulkdorlar ushbu mol-mulkning qaytarib berilishini talab qilishga haqlidirlar (FK 202-m.).
Rekvizitsiya – tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vaziyatlarda mol- mulk jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini to‘lagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qo‘yilishi mumkin (rekvizitsiya). Rekvizitsiya o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan vaziyat- larning amal qilishi to‘xtaganidan keyin rekvizitsiya qilingan mol-mulk- ning sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni o‘ziga qaytarib berishni talab qilishga haqli (FK 203-m.).
Musodara – qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki o‘zga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq to‘lamasdan mulkdordan olib qo‘yilishi mumkin (FK 204-m.).
Mulk huquqining bekor bo‘lish usullari xilma-xil bo‘lib, ularni quyidagicha turkumlashtirish mumkin:

      1. mulkdorning o‘z xohish-irodasi bo‘yicha mulk huquqining bekor bo‘lishi (masalan, mol-mulkni sotish, hadya qilish va shu kabilar);

      2. mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish (yo‘q qilish) yoki uning nobud bo‘lishi natijasida mulk huquqining bekor bo‘lishi (FK 198-m);

      3. mulkdorning xohish-irodasidan tashqari mol-mulkning olib qo‘yilishi natijasida mulk huquqining bekor bo‘lishi. Mol-mulkni mulk- dordan olib qo‘yishga qonunlarda nazarda tutilgan hollar va tartibda, mulkdorning majburiyatlari bo‘yicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, shuningdek, natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yo‘l qo‘yiladi.

FKning 199-moddasiga asosan, agar qonunga asosan shaxsga tegish- li bo‘la olmaydigan mol-mulk uning mulki bo‘lib qolsa, ushbu mol- mulkka nisbatan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinib, olib qo‘yilgan mol-mulkning qiymati shaxsga to‘lanadi.
Ashyolarga nisbatan egalik huquqi ba’zi hollarda, mulk egasining xohishidan qat’i nazar bekor bo‘lishi mumkin. Masalan, ashyolar tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, zilzila natijasida tasodifan nobud bo‘lishida mulk huquqi mulk egasining xohishiga bog‘liq bo‘lmagan qarzni qoplash
uchun ijro varaqasi bo‘yicha haq undirilishida yoki mol-mulkning musodara qilinishida egalik huquqi mulk egasining xohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda bekor bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda «Davlat tasarrufi- dan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Maz- kur qonunning qabul qilinishiga quyidagi obyektiv holatlar sabab bo‘ldi:

  1. shaxsning mulkdan begonalashuvi oqibatlarini tugatish;

  2. ilgari davlat mulkining haddan tashqari markazlashuvi oqibatida undan samarali foydalanish, boshqarish va nazorat qilishni ta’minlay olin- maganligi;

  3. davlat mulkiga nisbatan tashmachilik va xo‘jasizlikka barham berish;

  4. bozor iqtisodiyoti va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish natijasida davlat mulkining haddan ortiq markazlashuviga chek qo‘yish.

Davlat tasarrufidan chiqarish deganda, davlat korxonalari va tashkilot- larini jamoa, ijara korxonalari, aksiyali jamg‘armalar, davlatga qarashli bo‘lmagan boshqa korxona hamda tashkilotlarga aylantirish tushuniladi.
Xususiylashtirish fuqarolar va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obyektlari yoki davlat aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.
Davlat organlari xususiylashtirish subyekti bo‘la olmaydi. Xususiylash- tirish obyektlarini davlat budjeti tomonidan sotib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Amaliyotda xususiylashtirishni amalga oshirishning u yoki bu me’yori bilan bog‘liq bo‘lgan davlat boshqaruvi organlarining aktlarini haqiqiy emas deb topishga oid nizolar ham kuzatiladi.
Masalan, Farg‘ona viloyati bo‘yicha berilgan oltita da’voning ikki- tasi viloyat davlat mulkini boshqarish tashkiloti tomonidan xususiylash- tirish natijasiga ko‘ra berilgan orderlarni, to‘rttasi esa hokimlar tomoni- dan qabul qilingan qarorlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’volarni tashkil etadi. Jumladan, mustaqil ekspertizalar markazining (MEM) Farg‘ona bo‘limi Marg‘ilon shahar hokimining 1994-yil 10-sentabr- dagi 348-sonli qarori bilan Marg‘ilon shahar, Mashrab ko‘chasi, 1-uyni
«Farg‘ona ekspertiza» firmasiga biriktirish to‘g‘risidagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo talabi viloyat xo‘jalik sudining (hozirda iqtisodiy sud) qarori bilan rad etilgan. Nizoli bino 1985-yilda Marg‘ilon shahar ijroiya qo‘mitasining farmoyishi bilan tovar ekspertizalari byuro- sining bir guruh ekspertlari uchun ajratilgan. Ammo mustaqil ekspertiza- lar markazining «Farg‘ona ekspertiza» firmasi (tarqatib yuborilgan tovar
ekspertizalari byurosining huquqiy vorisi) xizmat yuzasidan, hech qanday aloqada bo‘lmagan MEM Farg‘ona bo‘limining Marg‘ilon shahridagi xizmat xonasini o‘ziga biriktirishni talab qila boshlagan. Bu talabga bo‘lim yuqori sud tomonidan Marg‘ilon shahar ijroiya qo‘mita- sining farmoyishi haqiqiy emas deb topilganligini asos qilib olgan. Ish materiallariga qaraganda ushbu farmoyish faqat «Xona ajratish qo‘mita raisining farmoyishi bilan emas, balki ijroiya qo‘mita tomonidan qaror qabul qilish orqali amalga oshirilishi kerak», degan asos bilan haqiqiy emas deb topilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish uchun ariza berish va uni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomning 11-bandiga ko‘ra, bunday ariza berilgan paytdan boshlab va ijobiy qaror qabul qilinganidan so‘ng, bu mulkka egalik qilish, undan foydalanish va boshqarish huquqini boshqa mulkdorga o‘tkazilgan paytga qadar ma’muriy boshqarish organ- lari korxonaning qayta tuzilishi, tugatilishi, shtat jadvali tuzilishini o‘zgartirishi va xodimlarni ishdan bo‘shatishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining1993-yil 7-maydagi «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonuni 26-moddasiga muvofiq, davlat uy-joy fondi kvartiralarini, uylarini (uyning bir qismini) xususiy- lashtirishda yuzaga keladigan nizolar sud yoki iqtisodiy sudlar tomoni- dan hal qilinadi.



    1. Yüklə 5,47 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin