Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə15/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Vasiylik va homiylik


O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 32-moddasi 1-qismi- ga binoan, vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki to‘liq muomalaga layoqatli bo‘lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Voyaga yetmaganlarga vasiylik va
homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi. Vasiylar va homiy- larning bunga tegishli huquq va burchlari O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 2-yanvarda qabul qilingan «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi qonuni bilan belgilanadi.
Vasiylik va homiylik o‘z huquq va manfaatlarini o‘zlari mustaqil himoya qilishga qiynaladigan yoki eplay olmaydigan fuqarolarni himoya qilish usulidir. Voyaga yetmaganlar uchun esa vasiylik va homiylik ularni tarbiyalanishi uchun imkoniyatdir. Umuman olganda esa, vasiylik va homiylik tarkibiga fuqarolik, oila, ma’muriy huquq qoidalarini olgan kompleks huquqiy institut hisoblanadi.
Vasiylik va homiylikni quyidagi ikki ma’noda tushunish mumkin:

  1. keng ma’noda (fuqarolik-huquqiy) – bu muomala layoqatining yetishmagan qismini to‘ldirish va voyaga yetmagan hamda muomalaga layoqatsiz shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish usuli;

  2. tor ma’noda (davlat organining xizmat vazifalari) – ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularni tarbiyalashdir.

Vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  1. Vasiyning vasiylikdagi shaxs bilan munosabatlari mulkiy va shaxsiy aloqalar bilan bog‘liq. Vasiyga vasiylikdagi shaxsga nisbatan ota-ona- ning o‘z bolasiga nisbatan hokimiyat huquqi tegishli bo‘ladi va vasiyning vasiylikdagi bolaning shaxsiga nisbatan bevosita majburiyati – unga tarbiya berish hisoblanadi.

  2. Vasiylikdagi shaxsning mol-mulkiga nisbatan munosabat vasiy- likdagi shaxsning vakili sifatida harakatlarni amalga oshirish huquqlarini ifoda etadi. Bunda birinchi navbatda, vasiylikdagi shaxsning mol-mulki- ni uning ehtiyojlari uchun sarflash, shuningdek, uning mol-mulkini saqlashga e’tibor qaratiladi.

  3. Vasiyning uchinchi shaxsga nisbatan munosabati bir tomondan vasiylikdagi shaxsga nisbatan hukmronlik huquqiga ega subyekt sifati- dagi, ikkinchi tomondan vasiyning vasiylikdagi shaxs qonuniy vakili sifatidagi maqomidan kelib chiqadi.

  4. Vasiylik bir emas, bir nechta vasiy tomonidan ifodalanganda va ba’zan vasiy bilan birga, homiy ham tayinlanganda, vasiylar o‘rtasida, shuningdek, vasiy va homiy o‘rtasida munosabat yuzaga keladi.

  5. Vasiyning vasiylik idorasi bilan munosabati. Bu holda vasiy vasiylik idorasining nazoratida bo‘ladi va undan topshiriq, farmoyishlar oladi.

O‘zbekiston Respublikasining «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi qonuni 3-moddasiga ko‘ra, vasiylik – o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro- larni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli;
homiylik – o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shaklidir.
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar – alohida g‘amxo‘rlikka, shuningdek, o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo‘lgan yetim bolalar va ota- onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmagan ota-onasi bo‘lgan hamda bolalarning hayoti yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘dirayotgan yoki ularning ta’minoti, tarbiya va ta’lim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan bolalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar hisoblanadi.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin