3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
mulkiy xarakterdagi va mulkiy xarakterda bo‘lmagan shaxsiy huquqiymunosabatlar.Mulkiy xarakterdagi munosabatlar deganda, muayyan
moddiy-iqtisodiy mazmunga ega bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, masalan, mol-mulk bo‘yicha belgilanadigan, oldi-sotdi, ijaraga qo‘yish va boshqacha shaklda bir subyektdan boshqasiga o‘tkazish, umuman mulkiy muomala bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar anglashiladi.
Mulkiy xarakterda bo‘lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar shaxs (fuqarolar va yuridik shaxslar)ning o‘zi bilan bevosita uzviy bog‘liq bo‘lgan, o‘z sohibidan, egasidan begonalashtirilishi va birovga o‘tkazili- shi mumkin bo‘lmagan shaxsiy huquqlar, chunonchi, shaxsning o‘z asariga nisbatan mualliflik nomiga bo‘lgan huquq , sha’ni, qadr-qimmati va boshqa shaxsiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlardan iborat.
mutlaq(absolut)vanisbiyhuquqiymunosabatlar.Mutlaq huquqiy munosabatlarda subyektiv huquq egalari o‘z huquqlarining buzilmasli- gini, ularga rioya qilinishini har kimdan va hammadan talab qila oladilar. Mutlaq huquqlar1 nomuayyan doiradagi shaxslar tomonidan buzilishi mumkin bo‘lgani sababli har kimdan qo‘riqlanadi. Bunday huquqlarga mulk huquqi, mualliflik huquqlari, shaxsiy huquqlar va shu kabilar kiradi.
Nisbiy huquqiy munosabatlarda esa faqat bir subyekt (yoki subyektlar)gina huquq yoki majburiyat oladi. Nisbiy huquqlar zimmasida majburiyat yuklangan ma’lum shaxs (yoki shaxslar)ga nisbatangina kuchda bo‘ladi. Shartnomalarga asoslangan barcha fuqarolik huquqlari nisbiy huquqlar hisoblanadi. Nisbiy huquqlarga asoslangan talablarga rioya qilinishi, majburiyatlarning bajarilishi, qarzga olingan pulning to‘lanishi bo‘yicha o‘z zimmasiga shartnoma asosida majburiyat olgan subyektlardangina talab qilish mumkin bo‘ladi.
mulkiyhuquqiymunosabatlar.Mulkiy huquqiy munosabatlar moddiy xarakterga ega hamda ashyolarni, mol-mulklarni egallash, ular- dan foydalanish va ularni tasarruf etishga, shuningdek, ular bilan bog‘liq mulkiy huquqlarni amalga oshirishga qaratiladi. Mulkiy huquqiy munosabatlarda ushbu huquq sohibi bo‘lgan subyektlar boshqalarni qo‘llab-quvvatlashi va ruxsat berishlariga yoki boshqacha ijobiy harakatlariga muhtoj bo‘lmay o‘z huquqlarini o‘zlari bevosita amalga oshirish va ro‘yobga chiqarish imkoniyatlariga egadirlar. Demak, bunday huquqiy munosabatlar mutloq (absolut) huquqiy munosabatlardir.
Ulardan farqli ravishda majburiyat munosabatlari nisbiy xarakterga ega bo‘lib zohiran olganda majburiyat munosabatlarining aksariyat ko‘p-
1 Мутлоқ (абсолют) ҳуқуқ ва ФКнинг 1034-моддасида назарда тутилган мутлоқ (исключительные права) ҳуқуқларни чалкаштирмаслик лозим.
chiligi mulkiy xarakterga ega (ba’zi hollarda majburiyat munosabatlari shaxsiy xarakterga ega bo‘lishi istisno etilmaydi). Odatda, majburiyat munosabatlari fuqarolik huquqi subyektlari tomonidan o‘z huquqlarini amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish jarayonida vujudga keladi. Masalan, fuqaro tomonidan oldi-sotdi shartnomasi asosida kiyim-kechak xarid qilish, mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan kapital qurilish shartnomasi asosida o‘z ofisini qurish to‘g‘risida qurilish tashkiloti bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishishi.
Majburiyat munosabatlarining ba’zilari shartnoma bilan bog‘liq bo‘l- masdan balki, zarar yetkazish (delikt) yoxud mol-mulkni asossiz olish yoki tejash bilan bog‘liq munosabatlar (kondikt) bo‘lib hisoblanishi mumkin.
korporativ munosabatlar. Bozor munosabatlari tizimida fuqarolik huquqiy munosabatlarni o‘ziga xos turi – korporativ huquqiy munosabat- lar paydo bo‘ldi. Korporativ huquqiy munosabatlar o‘z xarakteriga ko‘ra tashkiliy, mulkiy va majburiyat huquqiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Korporativ munosabatlar deganda – tijorat yuridik shaxslari, ishtirokchi- lari, muassislari, mulkdorlarini tijorat yuridik shaxsni tashkil etish, ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish, mol-mulkini shakllantirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, faoliyatini yo‘lga qo‘yish, amalga oshirish, tugatish, qayta tashkil etish bo‘yicha o‘zaro bir-birlari bilan, tijorat yuridik shaxsi bilan, tijorat yuridik shaxsi tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligini amalga oshirish bo‘yicha tarkib topadigan munosabatlar majmui hisoblanadi.
Korporativ huquqiy munosabatlar odatda ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan tijorat yuridik shaxsi tashkil etilganda vujudga keladi. Tijorat yuridik shaxsi ishtirokchilarini turli yig‘ilishlar o‘tkazish, bir birlari bilan individual va guruh uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha sa’y-harakat- lari, tashkiliy-huquqiy munosabatlar bo‘lib hisoblanadi. Tijorat yuridik shaxsi ishtirokchilarini ustav fondini shakllantirish, mol-mulk qo‘shish bo‘yicha munosabatlari mulkiy munosabatlar hisoblanadi. Tijorat yuridik shaxslari foydasidan ulush, daromad olish munosabatlari majburiyat huquqiy munosabatlar tarkibiga kiradi.
Bundan tashqari ba’zi mualliflar «imtiyozli fuqarolik huquqiy munosabatlar» mavjudligi to‘g‘risida fikr bildiradilar. Bunda fuqarolik huquqiy munosabatning muayyan ishtirokchisi boshqa subyektlarga nisbatan muayyan manfaat ko‘rish bo‘yicha imtiyozga, afzallikka egaligi qonun yoki shartnomada belgilab qo‘yiladi. Masalan, garov bilan ta’minlangan asosiy majburiyat ijro etilmagan taqdirda garovga oluvchi
tomonidan garov predmetiga nisbatan o‘z talablarini imtiyozli qanoatlan- tirish huquqi yoxud umumiy ulushli mulkdagi ulush sotilganda sherik mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqiga ega (FK 224-m.).