Respublikasi ichki


«Fuqarolik huquqi manbalari» tushunchasi va turlari



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə8/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

«Fuqarolik huquqi manbalari» tushunchasi va turlari


Har bir huquq tarmog‘i muayyan ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga solar ekan bunda qo‘llaniladigan qoidalar, me’yorlar muayyan shaklda ifodalanadi. Ushbu manbalar o‘zining turli xususiyatlari bilan, ya’ni rasmiylashtirish shakli bo‘yicha (qonun, qonun osti hujjati), yuridik kuchi bo‘yicha (Konstitutsiya, qonun, qonun osti hujjatlari), ta’sir doirasi bo‘yicha (qonun osti hujjati, lokal normativ hujjat) farq qiladi.
Fuqarolik huquqiy munosabatini tartibga soluvchi manbalar boshqa huquq tarmoqlaridan farqli ravishda huquqiy va nohuquqiy manbalar tizimiga bo‘linadi. Huquqiy manbalar davlat tomonidan yoxud muayyan korporativ tuzilma tomonidan qabul qilinib, belgilangan tartibda amal qiladi. Huquqiy manbalarning keng doirasini qonunlar, qonun osti hujjat- lari tashkil etadi. Har qanday huquqiy hujjatlar fuqarolik huquqining manbasi bo‘lib hisoblanavermaydi. Fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi manba sifatida e’tirof etilish uchun u muayyan talab- larga javob berishi lozim.
Birinchidan, huquq manbasi huquqni qo‘llovchi akt emas balki, norma- tiv-huquqiy hujjat xususiyatiga ega bo‘lishi shart. Ikkinchidan, ushbu normativ-huquqiy hujjat muayyan vakolatli davlat organi tomonidan yoxud
vakolatli tuzilma tomonidan qabul qilingan yoki chiqarilgan bo‘lishi shart. Ushbu normativ-huquqiy hujjat muayyan shaklda yuridik texnika qoida- lariga asoslanib ishlab chiqilgan bo‘lishi shart. Ushbu normativ-huquqiy hujjatning asosiy qismi adliya idoralarida tegishli ravishda ro‘yxatga olingan bo‘lishi va e’lon qilingan yoxud ijrochilarga yetkazilishi shart.
Demak, fuqarolik huquqi manbalari deganda, fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy xarakterdagi normativ-huquqiy hujjatlar yoxud nohuquqiy xarakterdagi ijtimoiy normalar tizimi tushuni- ladi. Ish muomalasi odatlari, mahalliy urf-odat va an’analar odatda, ijtimoiy normalar hisoblanadi.
Fuqarolik kodeksining 3-moddasida fuqarolik qonun hujjatlari ko‘rsa- tilgan bo‘lib, unga ko‘ra fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujud- ga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni, shuningdek, boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan o‘zga- cha hol anglashilmasa, fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Shuni ham qayd etish kerakki, FK 2-modda 1-qismida ko‘rsatilgan belgilarga javob beradigan oilaviy munosabatlarga mehnat munosabat- lariga va tabiiy resurslardan foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish munosabatlariga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari bu munosabat- lar maxsus qonunlar bilan tartibga solinmaydigan hollarda qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabr yangi tahrirdagi
«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonunining 5-moddasiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlari mavjud:

  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

  • O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

    1. Fuqarolik huquqi manbalari tizimida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi alohida o‘rin egallaydi. Konstitutsiyaning ahamiyati, birinchi galda, uni bevosita fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi ta’sir kuchida namoyon bo‘lsa, boshqa jihatdan olganda asosiy qonunimiz boshqa fuqarolik qonunlari va qonun hujjatlarining ishlab chiqilishi va mohiyatini belgilashda o‘ziga xos qo‘llanma, metodologik negiz vazifasini o‘taydi. Ya’ni, boshqa qonunlar va qonun osti hujjatlari Konstitutsiya asosida qabul qilinishi, unga zid bo‘lmasligi shart. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 13-moddasi shaxsiy huquq- larni va erkinliklarni tartibga soluvchi o‘zak, g‘oya vazifasini o‘taydi va unda belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umumin- soniy prinsiplarga asoslanadi: unga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisob- lanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Shuningdek, Konstitutsiyaning 18-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinlik- larga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdir- lar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.

Konstitutsiyaning 27-moddasiga ko‘ra har kim o‘z sha’ni va obro‘si- ga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joy daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zla- shuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir.
Konstitutsiyaning 36-moddasida har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqliligi, bankka qo‘yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanishi belgilangan. Konstitutsiyaning 54-moddasida mulk- dorning vakolatlari va mulk huquqini amalga oshirish shartlari belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 42-moddasi, ijod erkinligiga bag‘ishlangan. Konstitutsiyaning 53-moddasi esa, barcha mulk shakllarining tengligi va iste’molchilar huquqlarining ustuvorligi belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiya-
ning ushbu normalari juda ko‘plab qonunlar va qonun osti hujjatlarida batafsil, chuqurlashtirilgan holda belgilab qo‘yilgan.

    1. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar tizimida yetakchi o‘rin egal- laydi. Fuqarolik kodeksining 1-qismi 1995-yil 21-dekabrda, 2-qismi esa 1996-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan va har ikkala qismi ham 1997-yil 1-martdan boshlab amalga kiritilgan. FK 6 bo‘lim, 71 bob, 1199 moddadan iborat. U hajmi bo‘yicha beqiyos bo‘lib, hech qaysi boshqa qonun unga tenglasha olmaydi.

Albatta, mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar Fuqarolik kodeksini muayyan darajada takomillashtirish zaruriyatini qo‘yishi tabiiy va bundan kelib chiqqan holda Fuqarolik kodeksining amal qilish jarayonida unga o‘nlab o‘zgarish va qo‘shimchalar, yangi normalar kiritilgan. Ayrim normalar esa chiqarib tashlangan.
O‘zbekiston Respublikasining ko‘plab joriy qonunlari ham fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi manba hisoblanadi. Bunday qonunlar jumlasiga tijorat va notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi, «Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi,
«Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonun va boshqalar kiradi. Bir guruh qonunlar intellektual faoliyat natija- lariga bo‘lgan huquqlarni tartibga soladi. Masalan, «Mualliflik va tur- dosh huquqlar to‘g‘risida»gi, «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi, «Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida»gi, «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunlar.
Bir guruh qonunlar muayyan faoliyatsohasini tartibga solishga qaratilgan. Masalan, «Qimmatbaho qog‘ozlar to‘g‘risida»gi, «Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida»gi, «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi, «Reklama faoliyati to‘g‘risida»gi, «Advokatlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlar.
Shuningdek, muayyan qonunlar fuqarolik huquqlarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha kafolatlar belgilashga xizmat qiladi. Masalan, «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdor huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»- gi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Axborot olish erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar fuqarolik huquqiy munosabatlarini tartibga solsa, fuqarolik huquqining manbasi hisoblanadi.

    2. Fuqarlik huquqi manbalari tizimi ierarxiyasida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan qabul qilinadigan normativ- huquqiy hujjatlar, ya’ni farmonlar, qarorlar va farmoyishlar muhim ahamiyatga ega. Prezident tomonidan chiqariladigan mazkur normativ- huquqiy hujjatlar iqtisodiyotda, ijtimoiy turmushda vujudga kelgan normativ-huquqiy ta’sir ko‘rsatish talab etiladigan masalalarni tezlik bilan maqsadli tartibga solishning eng qulay va ta’sirchan yuridik vosita- si hisoblanadi. Ko‘p hollarda Prezident tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar qonunlarni amalga oshirish ijro mexanizmini belgilab beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti turli hokimiyat tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish vakolatiga ega. Shu munosabat bilan ba’zi holatlarda Prezident farmonlari va qarorlari kelgusi qonunlar, qonun osti hujjatlari uchun o‘ziga xos konseptual negiz vazifani bajaradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4725-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-sonli «Aksiyadorlik jamiyat- larida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbir- lari to‘g‘risida»gi farmonlari va h.k.
O‘zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasi ijro hokimiyatining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- ning 98-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi konstitutsiya- viy normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassa- salar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qaror va farmoyishlar chiqaradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga ilova bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkka
bo‘lgan huquqlarni va u haqida tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom va h.k.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari fuqarolik huquqining manbai sifatida alohida o‘rin egallaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 13-martdagi 30, 288-V-son qarori (2007-yil 14-aprel, ro‘yxat raqami 1675) bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2009-yil 4-yanvardagi 2-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari (2009-yil 6-fevral, ro‘yxat raqami 1900) qabul qilingan.
Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar amalga kiritilishining asosiy sharti ushbu hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilishi hisoblanadi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjat- lari tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas va huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
Viloyat, tuman, shahar hokimlari o‘zlariga berilgan vakolat doirasida 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim o‘z vakolat- lari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joy- lashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Masalan, Toshkent shahar hokimining 2015-yil 18-avgustdagi» Toshkent shahri dehqon bozorlarida yoz mavsumida tez buziladigan go‘sht va go‘sht mahsulotlarining savdosini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 752-son qarori, Surxondaryo viloyati hokimining 2014-yil 1-fevraldagi
«Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomoni- dan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatila- digan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash to‘g‘risida» 22-son qarori va h.k.
Lokal (korporativ) normativ hujjatlar keyingi paytlarda ko‘p qo‘llanil- moqda. Bunday hujjatlar ko‘proq tijorat yoki notijorat yuridik shaxslar tomonidan qabul qilinadi va o‘zaro ichki munosabatlari uning a’zolari, ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, «Korporativ boshqaruv kodeksi», «Aksiyadorlik jamiyati umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom, «Mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi to‘g‘risida»gi Nizom kabilar.
Bozor munosabatlari tizimida nohuquqiy manbalarning qo‘llanish doirasi kengayib bormoqda. Fuqarolik kodeksining 6-moddasida ushbu nohuquqiy manbalar belgilab qo‘yilgan. Tadbirkorlik faoliyatining biror sohasida vujudga kelgan va keng qo‘llaniladigan, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan xulq-atvor qoidasi, biron-bir hujjatda yozilgan yoki yozilmaganligidan qat’i nazar ish muomalasi odati deb hisoblanadi. Masalan, Korporativ boshqaruv kodeksi qabul qilingan bo‘lib, ushbu kodeksni ish muomalasi odatlarining o‘ziga xos tizimlashtirilgan namunasi deb hisoblash mumkin. Ko‘plab kasblarning o‘z qoidalari, odatlari mavjud. Masalan, tadbirkorlikda, dehqonchilikda, avtotransportda qo‘llaniladigan ish muomalasi odatlari. Ish muomalasi odatlarida shuni unutmaslik kerakki, bular texnik qoidalar emas, balki u kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarda qo‘llaniladigan qoidalar hisoblanadi. Butun dunyo bo‘yicha Inkoterms qoidalari e’tirof etilgan va savdo munosabatlarida mulk huquqini sotuvchidan sotib oluvchiga o‘tish, tavakkalchilik xavf-xatari- ning kimga tegishli ekanligini belgilaydi. Shuningdek, fors-major holat- lari bo‘yicha ko‘pgina qoidalar ham ish muomalasi odatlari hisoblanadi.
Mahalliy urf-odat va ana’analar ham ijtimoiy munosabatlarni tartib- da solishda alohida o‘rin egallaydi. Masalan, chorva mollari sotilganda arqonini qaytarib berish, bitim tuzilish faktini belgilash bo‘yicha «bor- baraka qilinishi» kabilar. Shuni unutmaslik lozimki, fuqarolik qonun hujjatlarida tegishli normalar bo‘lmagan taqdirda, bu munosabatlarni tartibga solishda mahalliy odat va an’analar qo‘llaniladi. Shuningdek, tegishli munosabat ishtirokchilari uchun majburiy bo‘lgan qonun hujjat- lari normalariga yoki shartnomaga zid bo‘lgan ish muomalasi odatlari, mahalliy odat va an’analar qo‘llanilmaydi.

    1. Yüklə 5,47 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin