Respublikasi ichki


bob. FUQAROLIK HUQUQINING SUBYEKTLARI, OBYEKTLARI. BITIMLAR



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə11/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

bob. FUQAROLIK HUQUQINING SUBYEKTLARI, OBYEKTLARI. BITIMLAR





    1. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar va fuqarolik huquqining subyektlari

Fuqarolik-huquqiy munosabat deb, fuqarolik huquqining turli subyektlari o‘rtasida vujudga keladigan va fuqarolik huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatga aytiladi. Fuqarolik-huqu- qiy munosabat ijtimoiy munosabat sifatida eng avvalo, turli subyektlar kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar (normal munosabatlar) bo‘lgan- ligi sababli, ushbu munosabatlar unda ishtirok etuvchi shaxslarning erk- irodasi, xohishida vujudga keladi. Fuqarolik munosabatida qatnashuvchi kishilarning erklari garchi ularning xatti-harakatlarida ifodalansa ham biroq uning mohiyati va doirasi fuqarolik qonun hujjatlarida o‘z aksini topadi.


Fuqarolik huquqining turli subyektlari o‘rtasida ro‘y beradigan munosabatlar huquq ta’siri ostidagi normal munosabatlar hisoblanadi va bular ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Ammo muayyan hollarda huquqiy munosabat mazmunida yotuvchi majburiyatlar ixtiyoriy ravish- da amalga oshirilmaganda yoki bir subyekt tomonidan boshqa subyektga zarar yetkazilgan hollarda davlat tomonidan belgilangan majburiy huquqiy choralar qo‘llanilishi mumkin.
Fuqarolik huquqiy munosabatlarni boshqa ijtimoiy-huquqiy munosabat- lardan farq qiluvchi muayyan xususiyatlari mavjud:

      1. fuqarolik-huquqiy munosabatlarida ishtirok etuvchi shaxslar muayyan mulkiy mustaqillikka ega bo‘lishi shart;

      2. fuqarolik-huquqiy munosabatlarida ishtirok etuvchilar teng huquqli shaxslar hisoblanadi;

      3. fuqarolik-huquqiy munosabatlarida ishtirok etuvchilar subyekt- larini huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda odatda da’vo qo‘zg‘atish orqali sudlar tomonidan himoya qilinib muhofaza qilinadi.

Har qanday boshqa ijtimoiy munosabatlar singari fuqarolik munosabat- lar uchta mustaqil elementdan – huquqiy munosabat subyeti, obyekti va mazmunidan iborat. Fuqarolik munosabatlarining subyektlari bo‘lib, ushbu huquqiy munosabatda ishtirok etuvchi shaxslar – fuqarolar va boshqa tashkilotlar (yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan yoki yuridik
shaxs huquqidan foydalanuvchi tuzilmalar) shuningdek, davlat bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik munosabatida ishtirok etuvchi shaxslar fuqarolik huquq layoqatiga – fuqarolik huquqlari va burchlariga ega bo‘lishlari, shuning- dek, fuqarolik muomala layoqatiga – o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zlari uchun fuqarolik huquqlari majburiyatlarini vujudga keltirish layoqatiga molik bo‘lishlari shart.
Fuqarolik huquqiy munosabatning mazmunini ushbu munosabatda ishtirok etuvchi shaxslarning subyektiv huquqlari va majburiyatlari tashkil etadi.
Ayni paytda fuqarolik munosabatning mazmunini bunday munosabat ishtirokchilarini o‘z subyektiv huquq va majburiyatlariga muvofiq amalga oshiriladigan o‘zaro harakatlari, hulq-atvori faoliyati tashkil etadi degan nuqtayi-nazar mavjud. Bunda subyektiv huquq va burchlar huquqiy munosabatning yuridik shakli deb ko‘rsatiladi1.
Subyektiv huquq har doim muayyan, konkret subyektga tegishli bo‘ladi. Biroq subyektiv huquqlar obyektiv huquq asosida, ya’ni davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan huquq normalari asosida vujudga keladi va ularga muvofiq amalga oshiriladi.
Subyektiv huquq iborasining mohiyati shundan iboratki, bu huquq har doim muayyan subyektga tegishli bo‘ladi va uni amalga oshirish ushbu huquq subyektining erki irodasi va xohishiga bog‘liq bo‘ladi. Chunki amalda subyektiv huquq sohibi o‘zining bu huquqlarini amalga oshirishi yoki amalga oshirmasligi yoxud qonunda nazarda tutilgan hollarda ushbu huquqdan voz kechishi ham mumkin.
Subyektiv huquq sohibi o‘zi bilan huquqiy munosabatga kirishgan boshqa tarafdan o‘z huquqini buzilmasligini, unga rioya qilinishini qat’i talab qilishga haqli. Masalan, badiiy asar muallifi ushbu asarga nisbatan o‘zining shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzilmasligini har kimdan talab qila oladi. Shuningdek, subyektiv huquqlar o‘z xarakteriga ko‘ra mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy bo‘lishi mumkin.
Mamlakatimizda fuqarolarga va boshqa subyektlarga tegishli subyektiv huquqlar davlat tomonidan kafolatlangan huquqlardir. Davlat bu huquqlarni amalga oshirishni ta’minlash uchun nafaqat yuridik balki ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni ham yaratib beradi.





1 Гражданское право: Учебник. Ч.1. – М., 1996. – С.78-77.
Huquqiy munosabatlar mazmunini subyektiv huquqlar bilan birga- likda fuqarolik majburiyatlar ham tashkil etadi. Majburiyatning mohiyati shundaki, unda huquq normasini talab bo‘yicha yoxud shaxsni o‘z ixtiyori asosida zimmasiga olgan burchi bo‘yicha u muayyan xatti harakatlarni qilishga yoki muayyan xatti harakatlarni qilishdan o‘zini tiyib turishga majbur bo‘ladi. Odatda, har qanday majburiyat burchli qarzdor shaxsning erkini muayyan darajada cheklaydi. Uni huquq egasini manfaatlari bilan bog‘laydi va ushbu manfaatlarga rioya qilinishiga majburlaydi. Masalan, qurilish tashkiloti tuzilgan shartnomaga muvofiq buyurtmachiga turar joy qurib berishga yoki turar joyni ta’mirlashga majbur. Buyurtmachi esa buning uchun muayyan summadagi haqni to‘lashi lozim. Subyektdan muayyan xatti harakatni amalga oshirishni talab etadigan majburiyatlar ijobiy pozitiv majburiyatlar hisoblanadi. Muayyan xatti harakatlarni sodir etishdan o‘zini tiyib turish, saqlanishni talab etadigan majburiyatlar esa salbiy – negativ majburiyatlar deb ataladi. Ba’zi mualliflar esa buni aktiv va passiv majburiyatlar deb ham atashadi. Fuqarolik huquqiy munosabat doirasida subyektiv huquq va majburiyatlar bir biridan ayro holda mavjud bo‘lishi mumkin emas. Boshqacha aytganda subyektiv huquq va majburiyatlar yagona huquqiy munosabatning tarkibiy elementlari bo‘lib ular bir-birlari bilan o‘zaro uzviy bog‘langandirlar. Muayyan subyektlar subyektiv huquqning mavjud bo‘lishi boshqa subyektda ushbu huquqqa yarasha majburiyat bo‘lishini anglatadi va aksincha har qanday majburiyat uni qarshisida uni bajarishni talab qilishga haqli bo‘lgan huquq egasi bo‘lishini anglatadi. Masalan, ijarachi o‘zi ijaraga olgan uydan foydalanish huquqiga ega va bunda ushbu huquqni amalga oshirishga nisbatan barcha to‘sqinliklarni kim tomonidan sodir etilmasin, hatto turar joy egasi tomonidan sodir
etilsa ham bartaraf etilishini talab qilishga haqli.
Fuqarolik huquqiy munosabatlarnining obyekti bo‘lib fuqarolik munosabatda ishtirok etuvchi shaxslarning subyektiv huquqlari va majburiyatlari qaratilgan ijtimoiy munosabat negizida yotuvchi moddiy va nomoddiy ne’matlar hisoblanadi. Ular jumlasiga ashyolar, mol- mulklar mulkiy huquqlar, pullar, qimmatli qog‘ozlar ishlar va xizmatlar intellektual faoliyat turli shaxsiy huquqlar hisoblanadi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlar mazmunan quyidagi turlarga bo‘linadi:


  1. Yüklə 5,47 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin