3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Fuqarolik qonunlarining vaqt, hudud va shaxslar bo‘yicha amalda bo‘lishi. Qonun analogiyasi va huquq analogiyasi
Ma’lumki, fuqarolik qonun hujjatlari muayyan makon va zamonda amal qiladi. Agar makon muayyan hududiy yaxlitlik sifatida mavjud bo‘lsa, zamon esa fuqarolik kodeksining kuchga kiritilganidan to bekor bo‘lguniga qadar bo‘lgan davr hisoblanadi. Fuqarolik qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Qonun u amalga kiritilguniga qadar vujudga kelgan munosabatlarga qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi. Fuqarolik qonun hujjati amalga kiritilguniga qadar vujudga kelgan munosabatlar bo‘yicha bu qonun hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Agar shartnoma tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy bo‘lgan, shartnoma tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan qonun qabul qilingan bo‘lsa, tuzilgan shartnomaning shartlari o‘z kuchini saqlab qoladi, qonunning avval tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan munosabatlarga tatbiq etilishi ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
Fuqarolik qonun hujjatlarining amalga kiritilishi bevosita ushbu qonun hujjatida belgilab qo‘yiladi. Fuqarolik qonun hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ular rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Fuqarolik qonun hujjatlarini e’lon qilish- ga doir talablar «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonunning 5- bobida belgilab qo‘yilgan.
Ijtimoiy hayot, fan texnika taraqqiyoti yangidan yangi voqeliklar, huquqiy munosabatlarni vujudga keltirmoqda. Ularning ba’zilari mutlaqo yangi mazmunga ega bo‘lganligi sababli ularni tartibga soluvchi fuqaro- lik qonun hujjatlari mavjud bo‘lmasligi mumkin. Biroq bu ular mutlaqo qonun bilan tartibga solinmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Chunki fuqarlik huquqida analogiya, qiyosiy o‘xshatishga yo‘l qo‘yiladi. Uning huquqiy asoslari FK 5-moddada belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, fuqaro- lik huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari yoki taraflarning kelishuvi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan hollarda fuqarolik qonun hujjat- larining o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi qo‘llaniladi (qonun o‘xshashligi). Masalan, intellektual mulkning yangi obyekti yaratilgan bo‘lib, uni huquqiy rejimiga doir qoida belgilanmagan bo‘lsa,
u holda mavjud unga o‘xshash obyektning huquqiy rejimini belgilovchi qonun hujjati qo‘llaniladi.
Agar ko‘rsatib o‘tilgan hollarda qonun o‘xshashligidan foydalanish mumkin bo‘lmasa, u holda fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuni, ya’ni huquq o‘xshashligiga amal qilinadi. Qonun hujjatlarining umumiy negizlari FKning 1-moddasida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, halollik, oqillik va adolat talablariga rioya qilgan holda tartibga solinadi1.
Fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilariga tashabbus ko‘rsatish, qonunda taqiqlanmagan faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Fuqarolik huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan normalarni o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolik-huquqiy normalarni qo‘llash va sharhlash to‘g‘risida to‘xtalib shuni aytish kerakki, huquqiy normalarni tatbiq etish deganda, konkret fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tegishli huquq normasiga muvofiq holda tashkil qilinishi va bu munosabat yuzasidan taraflar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan qaror qabul qilinishi tushuniladi. Fuqarolik huquqi normalarini qo‘llash vakolatli davlat organlari tomonidan, chunonchi, sud, prokuratura va boshqa organlar, shuningdek, ba’zi hollarda jamoat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan qo‘llaniladi.
Huquq normalarini qo‘llash mazmunan ularga rioya qilishdan farq qiladi. Yuqorida ko‘rsatilganidek, faqat muayyan vakolatli organlargina tatbiq etishlari mumkin bo‘lsa, huquqiy normalarga rioya qilishga har bir shaxs (fuqaro va tashkilot) majburdir.
Ba’zi holatlarda huquq normasini tegishli huquqiy munosabatda qo‘llashda uning aniq mazmunini, mohiyatini, ma’nosini aniqlash zaruriyati vujudga keladi. Huquq normasi ma’nosini aniqlash va tushuntirishga qonunni sharhlash, deyiladi.
Fuqarolik huquqi normalarini sharhlash sharhlovchi subyektlar, sharhlash usullari, shuningdek, uning hajmiga qarab farqlanadi.
Normani sharhlovchi subyektlar huquq normalariga rasmiy va norasmiy sharh beruvchilarga bo‘linadi. Rasmiy sharh vakolatli bo‘lgan hokimiyat organlari tomonidan berilib, ma’lum darajada majburiy kuchga ega bo‘ladi. Bunday sharh Oliy Majlis tomonidan beriladi. Ular Respublika doirasida barcha fuqarolar va tashkilotlar uchun majburiy
1МухаммадиевА.А.Фуқаролик кодекси тамойилларининг амал қилиши: Монография. – Т., 2007.
hisoblanadi. Shuningdek, mahalliy Kengashlar tomonidan beriladigan sharhlar ham rasmiy, ayni paytda majburiy hisoblanadi.
Rasmiy sharhning turlaridan biri sud sharhlaridir. Ma’lum bir ishni hal qilishda sud tomonidan berilgan sharh chiqarilgan qarorning qonuniy kuchga kirganidan so‘ng mazkur ish bo‘yicha majburiy hisoblanadi. Ammo kelajakda shunga o‘xshash boshqa ishni hal qilishda, boshqa sud- lar, jumladan, shu sudning o‘zi ham avvalgi ishning hal qilinishiga qarab masalani yecha olmaydi. Chunki, umumiy xarakterda bo‘lgan ba’zi sharhlar Oliy sud Plenumi tomonidan beriladi. «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunda Oliy sud Plenumi rahbariy tushuntirishlar berishligi ko‘rsatildi. Shu tartibda qabul qilinadigan qarorlar sudlarda ishlarningbir xilda ko‘ri- lishini ta’minlashga qaratilganligi sababli sudlar uchun majburiydir.
Norasmiy sharh deb, majburiy kuchga ega bo‘lmagan sharhga, masalan, ilmiy asarlarda, darsliklarda, ma’ruzalarda beriladigan sharh- larga aytiladi. Bunday sharhlar yuridik kuchga ega bo‘lmasa ham qonun- ning ma’nosini aniqlashga yordam beradi. Ular imloviy, mantiqiy, tizimli va tarixiy sharhlashga bo‘linadi.
Grammatik sharhlashda grammatik qoidalardan foydalanib qonunda ishlatilgan ayrim so‘zlar, jumlalar, ifodalarning ma’nosini aniqlash yo‘li bilan huquqiy normalarning mazmuni belgilanadi. Masalan, FK 30-mod- dada: «Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqarolarni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin», deyiladi. Bu yerda qonun chiqaruvchi
«yoki» so‘zini ishlatishi natijasida fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish uchun ikkita asosdan bittasi, ya’ni o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaslik yoki ularni boshqara olmaslikning mavjud bo‘lishi yetarli ekanligini ifodalaydi.
Mantiqiy sharhlashda qonunda ishlatilgan ifodalar, tushunchalar bir- biri bilan ichki, uzviy, mantiqiy bog‘langanligini aniqlab, huquqiy normaning muzmuni belgilanadi. Masalan, FK 30-moddasida: «Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin», deb aytildi. Demak, voyaga yetgan fuqaro ruhiy kasal bo‘lsa ham, to sud tomonidan «muomalaga layoqatsiz» deb tanilguniga qadar muomalaga layoqatli deb faraz qilinadi.
Tizimli sharhlashda huquq normasining mazmuni, uning huquq tizimida egallagan o‘rnini belgilash va boshqa huquqiy normalar bilan taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi.
Tarixiy sharhlashda huquq normasi qanday tarixiy vaziyatlarda qabul qilinganligini belgilash yo‘li bilan aniqlanadi. Sharhlash o‘zining hajmi bo‘yicha tub ma’nodagi sharhda qonunning ma’nosi uning ifoda- lanishi, ya’ni yozilish shakliga aynan to‘g‘ri kelishi kerak. Cheklangan sharhda qonunning ma’nosi uning ifodalanishiga qaraganda birmuncha torroq ko‘rinadi. Kengaytirilgan sharhda qonunning mazmuni uning tub tahririga qaraganda birmuncha kengroq tushuniladi. Masalan, FKning 115-moddasida: «Bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya qilmaslik qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan holdagina uning haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi», deb yozilgan.
Bunda «qonun» so‘zi faqat Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan normativ hujjatnigina bildirmay, balki huquqning boshqa normalarini o‘zining ta’siriy kuchiga qarab imperativ va dispozitiv normalarga bo‘linadi. Imperativ normalar deb ma’lum bir huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning erklari bilan o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan, qat’i xarakterda bo‘lgan, qat’i buyruq beradigan normalarga aytiladi. Imperativ normalarga misol qilib «Fuqarolarning huquq layoqatidan yoki muomala layoqatidan to‘la yoki qisman voz kechishi va huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir» (FK 23-m. 3-b.) deb aytilgan normani ko‘rsatish mumkin. Dispozitiv normalar deb taraflarning o‘z ixtiyorlari bilan to‘ldirilishi mumkin bo‘lgan va shartnomalarda huquqiy munosabatlar ishtirokchi- larining o‘zaro kelishuvi bo‘yicha tartibga solinishi mumkinligini ko‘rsa- tadigan normalarga aytiladi. Masalan, FK 223-moddasi 1-bandida ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilar o‘rtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanishi mumkin deb yozilgan. Demak, bu huquqiy normaning mazmuniga ko‘ra umumiy mulk ishtirokchilari o‘ziga tegishli bo‘lgan ulushini o‘zlarining kelishuviga muvofiq taqsimlashlari mumkin ekan.