3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
fuqarolikhuquqlarinito‘sqinliksizamalgaoshirilishitamoyili.Uning mohiyati shundaki, hech kim boshqa subyektlarning fuqarolik huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilishga haqli emas. Bordiyu, shunday bo‘lgan taqdirda, huquq sohibi bunday to‘sqinliklarni bartaraf etilishini so‘rab sudga murojaat qilishi mumkin. Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish jamiyatdagi mavjud shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolarning barcha mulkiy, shaxsiy huquqlarini amalga oshirish uchun real imkoniyatlar mavjud. Bunday imkoniyatlar yuridik jihatdan kafolatlanibgina qolmasdan mamlakatimiz- dagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy tizim tomonidan ham to‘liq ta’minlangan. Masalan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi. Bu boradagi har qanday byurokratik to‘sqinliklar va qonunda belgilangan tartibning buzilishi tegishli mansabdor shaxslar uchun muayyan javobgarlik choralarining belgilanishiga asos bo‘ladi.
buzilganfuqarolikhuquqlariningtiklanishitamoyili.Ko‘p hollarda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining muayyan mulkiy yoki shaxsiy huquqlarining buzilishi bu huquqlarni mutlaqo bekor bo‘lishiga, tugatilishiga olib kelmaydi. Bunday huquqlar huquq sohibining sa’y- harakatlari tegishli vakolatli davlat, jamoat organlarining ko‘magi yoxud sud qarori asosida qaytadan avvalgi holatiga tiklanishi mumkin. Masalan, g‘ayriqonuniy ravishda mulkdordan olingan mol-mulkni asl holida qay- tarib berilishi. Ushbu tamoyil g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, fu- qarolik muomalasini normal, uzluksiz, barqaror davom etishiga va huquq egalari uchun huquqbuzarlik natijasida vujudga kelgan barcha oqibatlar- ning to‘liq bartaraf etilishiga asos va sabab bo‘ladi.
fuqarolik huquqlarining sud orqali himoya qilinishini ta’minlashtamoyili.Mamlakatimizda buzilgan fuqarolik huquqlarini ishonchli himoya qilishning mustahkam tizimi yaratilgan. Bu tizimning markazida odil sudlov orqali huquqlarni va qonuniy manfaatlarni himoya qilish tartibi yotadi. Konstitusiyaning 44-moddasida har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi, deb belgilangan. Fuqarolik huquqlarini sud orqali himoya qilish tartibi muayyan tamoyillar asosida ishlarni har tomonlama puxta ko‘rib chiqib, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan sudyalar tomonidan adolatli, qonuniy qaror chiqarilishini nazarda tutadi. Mamlakatimizda odil sudlov tizimi, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qiluvchi iqtisodiy sud, oilaviy, fuqarolik, mehnat nizolari bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, shuningdek, jinoyat sudlari faoliyat yuritmoqda. Odil sudlov tizimi mustaqil hokimiyat tarmog‘i bo‘lib, u qonun va adolatga asoslanadi. Fuqarolik huquqlarini sud orqali himoya qilinishini ta’minlash fuqarolik huquqi subyektlarida ishonch, barqarorlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi.
fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolikhuquqlariga o‘z erklariga muvofiq ega bo‘ladilar va bu huquqlarni o‘zmanfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar. Ushbu tamoyilning mohiyati erk muhtoriyatida namoyon bo‘ladi. Bu fuqarolik huquqining o‘ziga xos maxsus tamoyili bo‘lib hisoblanadi. Fuqarolik huquqining subyektlari erk irodasining har qanday tajovuzlardan himoya qilinishi, ularni o‘z xohishlari, o‘z maqsadlari, manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik huquqiy munosabatlarga kirishishlari, o‘zlari uchun maqbul shartnoma va bitim- lar tuzishlari, ularning oqibatlaridan bahramand bo‘lishlari qonun bilan kafolatlangan. Nafaqat ularning erk irodasiga tazyiq o‘tkazishdan himoyalanish, shuningdek, bunday erk-irodani har xil yanglishishlar ta’siri ostida bo‘lishi holatlari, ularning oqibatlarini bartaraf etish ham fuqarolik qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan.
tovarlar,xizmatlarvamoliyaviymablag‘larningO‘zbekistonRespublikasi butun hududida erkin harakatlanish tamoyili. Mamlakati- miz hududi yaxlit iqtisodiy-huquqiy maydon hisoblanadi. Ushbu hudud- da fuqarolik huquqi subyektlari turli tovarlar, ishlar, xizmatlar, moliyaviy mablag‘larning erkin muomalasidan bahramand bo‘lish huquqiga egadirlar. Xavfsizlikni ta’minlash, insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya
qilishni ta’minlash, tabiiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan hollarda tovarlar va xizmatlar harakatda bo‘lishini chek- lash qonun hujjatlarida joriy etilishi mumkin.
Bundan tashqari, mamlakatimizda barcha mulk shakllarining tengligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza qilinishi, mulkiy munosabat- larning mafkuraviy munosabatlardan ajratilganligi, qonunda nimaiki taqiqlanmagan bo‘lsa, ruxsat berilishi, fuqarolik muomalasi ishtirokchi- larining ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyili asosida harakat qilishi kabi tamoyillar ham mavjudligi to‘g‘risida adabiyotlarda fikr-mulohaza- lar mavjud. Fuqarolik huquqining ayrim kichik sohalari va institutlari, jumladan, majburiyat huquqi, mulk huquqi, intellektual mulk huquqi, mualliflik huquqi, vorislik huquqi ham o‘zining alohida tamoyillariga ega.
Fuqarolik huquqi tamoyillaridan yana biri – dispozitivlikdir. Uning mohiyati shundaki, fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilari bu munosabatlarda mustaqil, o‘z xohishiga ko‘ra qatnashadilar va manfaat- lariga muvofiq tegishli xatti-harakat qoidalarini tanlab oladilar. Masalan, ular aksariyat hollarda u yoki bu fuqarolik huquqiy munosabatlariga kirishish yoki kirishmaslik, o‘z kontragentlaridan majburiyatlar ijrosini talab qilish yoki qilmaslik, o‘z huquqlarini himoya qilishni so‘rab sudga murojaat etish yoki etmaslik masalalarini o‘zlari mustaqil hal qiladilar.