Respublikasi ichki


Fuqarolik holati hujjatlari



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə16/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Fuqarolik holati hujjatlari


Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish yuridik faktlar tizimida alohida o‘rin tutadi. Fuqarolik holati hujjatlari qayd etilishi bilan fuqarolik huquq va burchlar vujudga keladi, o‘zgaradi yoki bekor bo‘ladi. Shu sababli ham qonunchilikda fuqarolik holati hujjatlarning muayyan toifalari davlat tomoni- dan belgilanishi nazarda tutilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, quyidagi fuqaro- lik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerak:
1) tug‘ilish; 2) o‘lim; 3) nikoh tuzilganligi; 4) nikohdan ajralish.
Inson tug‘ilishi va uning hayoti uchun muhim bo‘lgan holatlarni yuridik hujjatlarda ifodalash hamda muayyan huquqlarning shaxsga tegishli ekanligi rasmiylashtirish bugungi rivojlangan kishilik jamiyatida alohida o‘rin tutadi. Albatta, insonning tug‘ilishi, uning borligi (tirikligi, yashayot-
ganligi) muayyan rasmiylashtirishlarsiz ham mavjud voqelik hisoblanadi. Biroq, murakkab dunyo va ijtimoiy munosabatlar sharoitida, bir shaxs huquqlarini ikkinchi shaxs huquqlardan farqlash, insonning huquq va maj- buriyatlarini aniq ifodalashda, u bilan bog‘liq barcha ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni amalga oshirishda insonning tug‘ilishi, o‘limi kabi fuqaro uchun muhim bo‘lgan faktlar, shuningdek, muayyan yoshga etgandan so‘ng fuqaroning nikohdan o‘tish yoki nikohini bekor qilish holatlari tegishli ravishda rasmiylashtirilishi va muayyan tartibda «hisobi yuritilishi» davlat va jamiyat boshqaruvi uchun muhim omillardan biri sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabr- dagi 387-son qarori bilan «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari» qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va yuqoridagi hujjatga asosan tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish va o‘lim davlat ahamiyatiga molik yuridik faktlar hisoblanadi va ular FHDYO organlarida qayd etiladi.


«Yuridik shaxs» tushunchasi va belgilari


Fuqarolik huquq subyektlari ichida yuridik shaxslar o‘z belgilari, vujudga kelish va bekor bo‘lish usullari, fuqarolik-huquqiy munosabatda ishtiroki, subyektiv huquqlarni amalga oshirishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik huquqining mustaqil subyektlari sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashish va shu munosabat bilan muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi layoqati nafaqat fuqarolarga, balki yuridik shaxslarga ham beriladi.
Mamlakatimizda yuridik shaxslar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yaxlit tizimi yaratilgan. Ularning har birida turli xo‘jalik yuritish shakliga ega bo‘lgan u yoki bu yuridik shaxslarga o‘ziga xos ta’riflar, tushunchalar berilgan. FK esa ularning barchasini umumlashtirib quyidagicha ta’rif beradi: O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan ham o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy-nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi (FK 39-m.).
Shuningdek, fuqarolik huquqi subyekti yuridik shaxs sifatida tan olinishi uchun muayyan huquqiy belgilarga ega bo‘lishi talab etiladi. Yuridik shaxs belgisi uning ichki o‘ziga xos xususiyatidir. FKda yuridik
shaxsga berilgan ta’rifdan aniqlanishicha, har qanday tashkilot emas, balki muayyan talablarga javob beradigan tashkilotlargina yuridik shaxs bo‘la oladi.
Tashkiliy birlik – bu yuridik shaxsning huquq subyekti sifatida tashkil bo‘lganligini, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqaruv organlari va bo‘linmalari orqali muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishligini bildiradi. Yuridik shaxsning tashkiliy jihatdan tuzilishi (strukturasi) ta’sis hujjatida ko‘rsati- ladi. Yuridik shaxslarning ayrim filiallari (xo‘jalik bo‘limlari, uchastka- lari, agentliklari) ma’lum tizimga ega bo‘lgan, muayyan tarzda tashkil etilgan bo‘lsa ham, ular butun bir tashkilot (korxona, muassasa) ishining bir qisminigina bajaruvchi tashkilotlari bo‘lgani tufayli yuridik shaxs bo‘la olmaydi.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin