Respublikasi ichki


Qo‘riqlash shartnomasini tuzish asoslari va tartibi



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə86/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Qo‘riqlash shartnomasini tuzish asoslari va tartibi


Bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat qo‘riqlash shartnomasi, balki, umuman, barcha shartnomalarning natijasi bevosita uni tuzish tartibiga bog‘- liq. Shu bois ham obyektlarni va fuqarolarning xonadonlarini qo‘riqlash shartnomasini tuzish asoslari va tartibini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Hozirgi sharoitda qo‘riqlash xizmatining faoliyatini samarali amalga oshirish uchun shartnomaviy huquqiy munosabatlarni takomillashtirish, ularni davr talablariga moslashtirish lozim. Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «shartnoma tuzish madaniyatini, shart- nomalar madaniyatini butunlay yangi pog‘onaga ko‘tarish kerak»1.



1 Каримов И. А. Ислоҳотларни амалга оширишда қатъиятли бўлайлик // Бунёдкорлик йўлидан. – Т., 1996. – Б. 259-260.
Ma’lumki, qo‘riqlash shartnomalarining taraflari – buyurtmachi (jis- moniy va yuridik shaxslar) va ijrochi («Qo‘riqlash» xizmati) hisoblanadi. Amaliyotda shartnoma quyidagi tartibda tuziladi: buyurtmachi
«Qo‘riqlash» xizmatiga yozma ravishda murojaat qiladi. Murojaat qabul qilinganidan so‘ng «Qo‘riqlash» xizmati va buyurtmachi yuridik shaxs- ning vakillaridan iborat muassasalararo komissiya tuziladi, qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan obyektlar ko‘zdan kechiriladi va dalolatnoma tuziladi. Buyurtmachi tegishli mulk (obyekt)larning qo‘riqlanishi uchun zarur sharoit yaratishi va haq to‘lashi shart.
Fuqarolik kodeksi 364-modda 3-qismida shartnomalar taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqidagi taklif) yo‘llashi va ikkinchi tarafning uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) orqali tuzilishi belgilab qo‘yilgan.
Qo‘riqlash shartnomasi har doim yozma shaklda tuziladi (bunda, buyurtmachining Qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i nomiga yozilgan arizasi shartnoma tuzish uchun yo‘llangan «oferta» hisoblanishi mumkin). Umumiy qoidaga ko‘ra qo‘riqlashga olinayotgan mulk ko‘chmas mulk bo‘lganligi uchun shartnomaning og‘zaki tuzilganligi uning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Fuqarolik kodeksining 364-moddasi, shuningdek, Namunaviy shart- nomaning qoidalariga muvofiq, agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Albatta, qo‘riqlash shartnomasini tuzish uchun bir taraf ikkinchi tarafni majbur qila olmaydi, chunki shartnomaviy munosabatlarga kiruv- chilar erkin va teng huquqlilik prinsipiga asoslanadi1. Biroq, ayrim hol- larda (masalan, IIV va tegishli vazirliklar o‘rtasida tasdiqlangan qoida- larga binoan, quyi bo‘g‘inlar uchun), majburiy shartnoma ham tuzilishi mumkin. Bunda Fuqarolik kodeksining 377-moddasiga binoan, qo‘riq- lash shartnomalarini tuzish o‘zi uchun majburiy bo‘lgan taraf oferta olgan kundan boshlab 30 kun ichida boshqa tarafga aksept to‘g‘risida, akseptdan voz kechish haqida yoki boshqacha shartlar asosida akseptlash haqida (shartnoma loyihasiga o‘zining e’tirozlari bayonnomasini qo‘sh- gan holda) bildirmog‘i lozim. Basharti, qo‘riqlash shartnomalarini tuzish oferent (buyurtmachi tashkilot va fuqarolar) uchun majburiy bo‘lsayu, u
1 Эгамбердиев Э. Мулкий муносабатлар ёхуд шартнома муносабатлари // Ҳаёт ва қонун. – 2000. – № 10. – Б.16-20.
takliflariga boshqacha shartlar asosida akseptlash olsa (shartnoma loyiha- siga e’tirozlar bayonnomasi bilan birga), u holda bu taraf bildirish – xabarnoma olingan yoki aksept muddati tamom bo‘lgan kundan boshlab, 30 kun ichida kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun sudga murojaat qilishga haqli. Shuningdek, «shartnoma tuzishi majburiy bo‘lgan taraf uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi taraf uni shartnoma tuzishga majbur etish talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli. Shartnoma tuzishdan asossiz bo‘yin tovlayotgan taraf shu tufayli yetkazilayotgan ziyonni boshqa tarafga to‘lashi shart»1.
«Qo‘riqlash» xizmati o‘z faoliyati bilan faqat shartnoma tuzgan fuqarolarning yoki korxona, tashkilotlarning mulklarini emas, balki ichki ishlar organlarining muhim bo‘g‘ini sifatida, o‘zlariga biriktirilmagan obyektlarni ham qo‘riqlashlari lozim. Lekin, shuni inobatga olish zarurki, biriktirilmagan obyektlarni qo‘riqlash faoliyati obyektlarni qo‘riqlash bo‘yicha huquqiy munosabatlarni keltirib chiqarmaydi, balki ularning mulkchilikning barcha shakllarini muhofaza qilish, jinoyatchilikning oldini olish kabi konstitutsiyaviy vazifalaridan va Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonun talablaridan kelib chiqadi. «Qo‘riqlash» xizmati xodim- larining jinoyatlarning oldini olishi ularning shartnomaviy majburiyat- laridan emas, balki ichki ishlar organlari xodimi sifatidagi vazifalaridan kelib chiqadi. Bunday vaziyatlarda «Qo‘riqlash» xizmati yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlikni bo‘yniga olmaydi. Buyurtmachi yuridik shaxs yoki fuqaro obyektni qo‘riqlash to‘g‘risida shartnoma tuzganidan so‘nggina, bu obyektlarning qo‘riqlanishini tashkil qiladi va ta’minlaydi.
Amaliyotda qo‘riqlash shartnomalarini o‘zgartirish va bekor qilish hollari ham mavjud.
Fuqarolik kodeksining 382-moddasida qonun hujjatlarida yoki shart- nomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qo‘riqlash shartno- masi taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkinligi, bunda shartnomani bajarishdan bir taraflama bosh tortishga yoki qo‘riqlash shartnomasining shartlarini bir taraflama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan. Demak, umumiy qoidaga ko‘ra, qo‘riq- lash shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish taraflarning o‘zaro kelishuvi bo‘lgandagina amalga oshiriladi.


1 Зокиров И. Б. Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик ҳуқуқи. Умумий қисм. – Т., 1996. – Б.290.
Agar manfaatdor taraf qo‘riqlash shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish zarur deb hisoblasa, bu haqda shartnoma qoidalariga binoan ikkinchi tarafni shartnomada kelishilgan muddatga binoan oldindan xabar- dor qilishi zarur. Lekin O‘zbekiston Respublikasi «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi qonun- ning 15-moddasiga binoan, manfaatdor taraf shartnomani muddatidan oldin bekor qilish zarur deb hisoblasa, ikkinchi tarafni kamida 30 kun oldin xabardor qilishi va bu muddatni Namunaviy shartnoma bandlariga kiritishi kerak.
Shartnomaning amal qilish muddati quyidagicha belgilanadi:

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha – tomonlar tarafidan imzo- langan kundan boshlab tomonlar o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarguniga qadar;

  • budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilari bo‘yicha – belgilangan tartibda g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab yilning 31-dekabr kuni oxirigacha.

Buyurtmachi xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lgan taqdirda «Buyurt- machi» mazkur shartnomani bekor qilish haqida «Ijrochi»ga shartnoma muddati tugashidan oldin, ya’ni shartnomada ko‘rsatilgan muddat davomida oldindan ma’lum qilmasa, mazkur shartnomaning amal qilish muddati xuddi shu muddatga va xuddi shu shartlarda uzaytirilgan hisob- lanadi (Namunaviy shartnomaning 27-bandi).
Obyektlarni qo‘riqlashga doir shartnomaviy munosabatlarning yuza- ga kelishi uchun ikkita yuridik fakt asos bo‘lib xizmat qiladi:

  • obyektlarning qo‘riqlash tartibini belgilaydigan ma’muriy hujjat rasmiylashtirilishi lozim. Respublika va viloyat ahamiyatiga molik obyekt- larni Respublika IIV va viloyat ichki ishlar boshqarmasi belgilaydi. Har qanday holatda ham hujjat tegishli vazirlik bilan kelishilgan holda rasmiylashtiriladi;

  • buyurtmachi va «Qo‘riqlash» xizmati o‘rtasida fuqaroviy-huquqiy majburiyatlarning yuzaga kelishi uchun yuridik fakt, ya’ni shartnoma tuzilishi zarur. Odatda, shartnoma tuzish tashabbusi, buyurtmachi yuridik shaxslardan chiqadi. Ular bu haqida «Qo‘riqlash» bo‘limlariga yozma ravishda murojaat qiladilar.

Bo‘lim rahbari yozma axborotni olib, buyurtmachining ayrim shart- larni bajarishiga oid masalani ko‘rib chiqadi. Bu shartlar qonun hujjat- larida belgilangan bo‘lishi kerak. Buyurtmachi yuridik shaxsning rahbari va qo‘riqlash bo‘limining boshlig‘i uni qabul qilish va topshirish yuza-
sidan komissiya tuzadilar. Komissiya obyektlarni ko‘rib chiqadi, uni qabul qilish va topshirish yuzasidan o‘z fikrini bildiradi hamda buni shartnomada qayd etadi.
«Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasiga binoan, shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy hisoblanadi. Shu bilan birga, 12-moddaga asosan, agar taraflar o‘rtasida tegishli hol- larda talab etilgan shaklda shartnomaning barcha muhim shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lsa, qo‘riqlash shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.
Agar qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan obyekt qabul qilish va topshirishga tayyor bo‘lsa, tomonlar shartnoma tuzadilar. Shartnoma Namunaviy shart- noma bandlariga asosan, quyidagi zarur qismlarni o‘z ichiga olishi zarur:

  • shartnoma predmeti;

  • umumiy shartlar;

  • to‘lovlarni amalga oshirish;

  • tomonlarning huquq va majburiyatlari;

  • tomonlarning javobgarligi;

  • nizolarni hal qilish tartibi;

  • fors-major holatlar;

  • yakuniy qoidalar;

  • tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari. Shuningdek:

  • obyektning qo‘riqlash chegaralari (imoratlari, qurilmalari), postlari (marshrutlari)ning joylashuvi chizma-rejada ko‘rsatiladi va mazkur shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi (Namunaviy shartnomaning 3-bandi);

  • obyektdagi o‘tkazish (kiritish) va ichki obyekt rejimi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadigan O‘tkazish (kiritish) va ichki obyekt rejimini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi va mazkur shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi (Namunaviy shartnomaning 4-bandi);

  • obyektni yong‘indan qo‘riqlash va xavf-xatar signalizatsiyasi bilan jihozlash chizmasi mazkur shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi (Namunaviy shartnomaning 5-bandi).


Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin