Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Mark – «Injil» mualliflaridan biri. Havoriylardan Pyotrning shogirdi bo‘lgan. Aleksandriyada cherkov tuzib, o‘zi birinchi yepiskop bo‘lgan. Matto (



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə112/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Mark – «Injil» mualliflaridan biri. Havoriylardan Pyotrning shogirdi bo‘lgan. Aleksandriyada cherkov tuzib, o‘zi birinchi yepiskop bo‘lgan.
Matto (Matfey) – «Injil» mualliflaridan biri, Iso Masihning 12 asosiy havoriylaridan biri. «Injil»da Leviy Matfey va Leviy Alfeev nomlari bilan ham tilga olinadi.
Miro moyi (yunoncha, «xushbo‘y moy») – xristianlikning yetti sirli marosimlaridan birida tanaga suriladigan xushbo‘y moy. Ushbu moy cherkov yepiskopi tomonidan oliy navli zaytun moyiga oq uzum vinosi, atirgul yaproqlari, binafsha, zanjabil ildizlari, muskat, atirgul, chinnigul va limon moylari kabi maxsulotlarni qo‘shib qaynatish orqali tayyorlanadi.
Missionerlik – bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish bilan bog‘liq na­zariy qarashlar va amaliy xatti–harakatlar majmui.
Mistitsizm, Mistitsizm, mysticism – (qad. yunon. «yashirin, sirli») ilohiyot olami bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot.
Mitropolit, mitropolit, metropolitan – (qad. yunon. «bosh shahar, poytaxt, mitropoliya odami») pravoslav cherkovining poytaxt shaharlardagi oliy ruhoniylik unvoni.
Modernizm, modernizm, modernism – dinni hozirgi zamon voqeligiga moslashtirishni yoqlab chiquvchi oqim.
Monastir, monastir, monastery – xristianlikda ruhoniylar jamiyatdan ajralib, faqat ibodat bilan shug‘ullanadigan joy, muassasa. Ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan monastirlar mavjud.
Monofizitlar (yunoncha, «yakka, yagona», «tabiat») – ruhoniy Yevtixiy tomonidan asos solingan xristianlik­dagi ilk yo‘nalishlardan biri bo‘lib, milodiy V asrda paydo bo‘lgan. Iso Masih xudo va inson tabiatida pay­do bo‘lgan bo‘lsa–da, keyinchalik uning faqat xudolik tabiati saqlanib qolgan degan g‘oyani olg‘a surgan. Ushbu yo‘nalish vakillari 451 yilda Xalkidoniyada bo‘lib o‘tgan Butunjahon soborida kufrda ayblanishgan.
Muqaddas yozuv, Hushxabar – xristianlikning muqaddas kitobi «Injil»ga nisbatan ishlatiladigan nomlar.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin