Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə109/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

«Ma’rifatchilar» jamoasiga 1990-yillarning o‘rtasida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi Bahodir Mamajonov (1950 y.t.) tomonidan asos solingan. Jamoaning g‘oyaviy ta’limoti B.Mamajonov tomonidan yozilgan va noqonuniy tarzda chop etilgan, diniy va ilmiy asossiz yozilgan «Ma’rifat», «Tilak», «Namoz-Sig‘inish», «Rost-Qur’on» kitoblari hisoblanadi.
«Ma’rifat» kitobi B.Mamajonovning diniy mavzudagi fikrlari va nozil bo‘lish tartibiga ko‘ra joylashtirilgan bir necha suralarning tarjimasidan iborat. Ushbu kitob nomidan kelib chiqqan holda aholi ichida B.Mamajonovning izdoshlari «Ma’rifatchilar» deb tanilgan. B.Mamajonov esa o‘zini va tarafdorlarini «To‘g‘ri din»dagilar deb hisoblaydi.
«Namoz-Sig‘inish» kitobida B.Mamajonov tomonidan belgilangan namoz tartibi bayon qilingan. «Rost-Qur’on» kitobida ham go‘yoki «Usmon ibn Affon davrida Qur’on noto‘g‘ri tartiblangan» degan da’vo ostida suralar nozil bo‘lish tartibiga ko‘ra joylashtirilgan.
«Ma’rifatchilar»ning an’anaviy islom ta’limotiga zid da’volari:

  • Qur’on va namoz milliy tilda, ya’ni o‘zbek tilida o‘qilishi shart hisoblanib, go‘yoki «o‘zi aniq bilmagan narsaga erishish» shirk ekani e’lon qilinib, «ota-bobolarimiz ... mushrik edilar» deb hisoblanadi;

  • O‘zbekiston aholisi faqat 1990 yili «Sharq yulduzi» jurnalida chop etilgan Qur’on tarjimalari orqali haqiqiy Qur’onga (B.Mamajonovning da’vosicha – «Rost-Qur’on») erishgan, ungacha Qur’onga go‘yoki «shayton suralari qo‘shilgan» deb da’vo qilinadi hamda mavjud tafsirlar tan olinmaydi;

  • Muhammad payg‘ambarga «vositachi», «uning vazifasi faqat Qur’onni yetkazish edi» degan da’vo bilan hurmat ko‘rsatilmaydi, «xulafoi roshidin»dan keyingi xalifalar «do‘zaxi» sanaladi;

  • Qur’on - yagona muqaddas manba, hadislar tan olinmaydi;

  • dunyoviy partiya va boshqa dindagilar, shu jumladan, yahudiy va xristianlar «shaytonga ergashgan»lar deb qaraladi;

  • mazhablarga ergashish «shirk» amal hisoblanadi;

  • mayyitni kafanlash va «janoza» o‘qish islomda yo‘q amallar, deb qaraladi;

  • go‘yoki isrof bahonasida davlat bayramlari va tug‘ilgan kunlarni nishonlash, to‘y-ma’rakalar o‘tkazish, diniy marosim va urf-odatlar dindan chiqaruvchi shirk amallar qatoriga kiritilgan;

  • namoz va ibodatda ishlatiladigan sano va salovotlarning barchasi o‘zbek tilida o‘qilishi joriy qilingan, namoz vaqti va tartibi e’tiborga olinmaydi, bir sutkada besh mahal azonsiz, B.Mamajonov belgilagan vaqt va tartibda 17 rakat, kechasi 2 rakat sunnat namozi o‘qiladi.

Jamoa a’zolarining asosiy qismini B.Mamajonovning qarindoshlari va yaqinlari tashkil etadi. Ayrim a’zolar O‘zbekiston islom harakatining jangovar lagerlarida «hijrat»da bo‘lib qaytganlar. Hozirda jamoaning kam sonli a’zolari Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani va Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida istiqomat qiladi.
«Shohidiylar» jamoasiga 1990-yillarning boshida diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan andijonlik Karimov Xabib (1944 y.t.) asos solgan. Jamoa tarafdorlari 52 nafarni tashkil qilib, Andijon shahri va Andijon tumanidagi fuqarolar yig‘inlarida faol harakat qilganlar. Oqim tarafdorlari navbati bilan davriy ravishda (15 kunda bir) o‘z xonadonlarida yig‘ilishlar tashkil qilib, oqimning «Qur’ondan ma’ruf» nomli kitobi asosida diniy darslar o‘tkazganlar. Ushbu jamoa diniy qarashlarida islom ta’limotiga zid quyidagi tamoyillar mavjud:

  • Qur’on tafsirlari va hadislar inkor qilinadi;

  • namoz besh mahal emas, istalgan vaqtda ikki rakat o‘qiladi, go‘yoki soliq amallar namoz hisobiga o‘tadi deb hisoblanadi;

  • Makka shahridagi «Masjidul Harom»dan boshqa masjidlar tan olinmaydi, imom-xatiblar go‘yoki sof islomdan qaytgan hisoblanib, jamoa a’zolariga namoz uchun masjidga borish man etilgan, juma namozi faqat Makka ahliga farz etilgan deb da’vo qilinadi;

  • islomiy marosimlar o‘tkazilmaydi. Jumladan, 2001 yilning sentabrida X.Karimov onasi vafot etganda mayyitni kechasi yashirincha, «janoza» o‘qimay ko‘mib kelgan;

  • jamoa a’zolariga to‘y va boshqa dunyoviy marosimlarni o‘tkazish yoki ishtirok etish ta’qiqlangan;

  • quda-andachilik munosabatlari faqat oqim a’zolari o‘rtasida o‘rnatiladi;

  • spirtli ichimliklarni ma’lum bir me’yorda (mast holatga keltirmaydigan) iste’mol qilish harom sanalmaydi. «Shohidiylar» jamoaga yangi a’zolarni asosan o‘zlarining yaqin qarindoshlari ichidan jalb qiladilar. Quda bo‘lish ham odatda faqat jamoa doirasida amalga oshiriladi. Yangi a’zolarga oq matoga o‘ng qo‘lini qo‘ygan holda qasamyod qilishi va 70 kun ro‘za tutishi yoki kuniga 800-1000 so‘m (jami 56-70 ming so‘m) miqdorida a’zolik badali to‘lashi buyuriladi. Jamoa a’zolariga diniy tushunchalar «Qur’ondan ma’ruf» nomli kitob asosida beriladi. Ushbu kitob 1960-yillarda Toshkent shahri va viloyatida vujudga kelib, hozir faoliyati kuzatilmayotgan, hadislarning muqaddasligini va mazhablarga ergashishni rad etgan «Ahli Qur’on» norasmiy diniy jamoasi a’zolari tomonidan tayyorlangan.

Ma’lumki, islomda harom qilingan amal yoki narsani halol hisoblash e’tiqodiy shirk hisoblanadi. «Ma’rifatchilar» va «Shohidiylar» jamoasiga a’zo bo‘lgan shaxslar shariat hukmiga ko‘ra dindan chiqqan hisoblanadi. «Shohidiylar» hozirda Andijon shahri va Andijon tumani hududida istiqomat qiladilar.
«Baxshillochilar» norasmiy jamoasiga Buxoro viloyatida tug‘ilgan Aliev Baxshillo 1997 yilda asos solgan. Uning diniy qarashlari quyidagi holatlarga ko‘ra islom ta’limotiga zid sanaladi:

  • B.Aliev o‘zini avval qiyomatdan oldin keladigan Mahdiy, keyinchalik esa payg‘ambar, turmush o‘rtog‘i Mohira Alievani «musulmonlar onasi», farzandlarini «musulmonlar amiri», yaqin izdoshlarini «sahobiylar» deb e’lon qilgan;

  • jamoada shahodat kalimasida B.Alievni payg‘ambar deb tan olish joriy qilingan;

  • B.Aliev go‘yoki uni ziyorat etgan shaxs ham amalini bajargan odamning savobini olishini, o‘ziga ergashganlarga qiyomatda savol-javob yo‘qligi, ular qanday holatda vafot etishidan qat’iy nazar, shahidlik maqomi berilishi, hatto barcha erkak maslakdoshlariga payg‘ambarlik darajasi berilishi haqida targ‘ib qiladi;

  • namoz besh emas, go‘yoki uch mahal farz qilingan;

  • o‘g‘il farzandlarni islom talablariga muvofiq xatna qildirish bekor qilingan.

Jamoada tartib diniy sekta shaklida tashkil etilib, jamiyat bilan ijtimoiy aloqalari buzilgan. Jamoa a’zolari rahbarning barcha ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajaradilar va unga tegishli buyumlarni «tabarruk» sanaydilar. Ba’zi adeptlar turmush o‘rtoqlarini M.Alievaga «muxlisa» etishi oqibatida jamoada o‘ziga xos «ayollar qanoti» vujudga kelgan. B.Aliev 1990-yillarning oxirida aholi ichida diniy va milliy asosda nizo keltirib chiqarishga qaratilgan jinoiy xatti-harakatlar sodir etgani uchun jazoga tortilgan. 2006 yilda ozodlikka chiqqach, Rossiya Federatsiyasiga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan. Aynan mana shu davrda B.Aliev izdoshlari ichida uni ziyorat qilganlarga go‘yo hoji maqomi berilishi haqidagi g‘oyalarni tarqatgan. Rossiyaga borgan «Baxshillochilar» B.Alievga katta miqdorda pul berishlari, ishga yollanib, daromadlarining asosiy qismini jamoa yetakchisiga topshirishlari kuzatilgan. 2008-2010 yillar davomida jamoa a’zolari shu tariqa «hijrat»ga chiqib, o‘z yetakchilariga «baytulmol» sifatida pul to‘plab berganlar. «Baxshillochilar» asosan Buxoro va Kogon shaharlarida istiqomat qiladilar. Ta’kidlash joizki, norasmiy diniy jamoalarning faoliyatida ishtirok etish, jamoa g‘oyalari asosida diniy ta’lim olish yoki o‘rgatish O‘zbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning 5 va 9-moddalarini buzish hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalarida belgilangan qonuniy jazo qo‘llanishiga olib keladi.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin