10-mavzu. Zamonaviy diniy harakatlar va sektalar
Reja:
Dunyoning konfessional manzarasi.
Soxta xristianlik harakatlari.
Islom dini doirasida yuzadagi diniy harakat va oqimlar.
Xalqaro Krishnani anglash jamiyati.
O‘zbekistonda faoliyati aniqlangan norasmiy diniy jamoalar.
Tayanch tushunchalar: Din, konfessiya, sekta, diniy tashkilot, missionerlik, xarizmatika, xristianlik, islom, buddaviylik, hinduiylik, Xitoy dinlari, O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar, mormonlar, Krishnani anglash jamiyati, Yahve shohidlari, Bahoiylik, Bobiylik, noan’anaviy dini oqim, Ahmadiya.
Mavzu o‘quv maqsadi: Konfessiya, sekta tushunchalarining mazmun-mohiyati, bugungi kunda dunyoning konfessional xaritasida bo‘layotgan o‘zgarishlar, dinlarning geografiyasidagi yangi tendensiyalar va ularni keltirib chiqarayotgan omillar haqida tala-balarda keng tasavvur hosil qilish.
XIX-XX asrlarda yirik dinlar doirasida yuzaga kelgan diniy tashkilotlar, ularning e’tiqodi va faoliyati, jamiyatga ta’siri haqida talabalarda keng tasavvur hosil qilish.
1. Dunyoning konfessional manzarasi. «Konfessiya» so‘zi (lotincha – «confessio») o‘zbek tiliga aynan tarjima qilinganda «e’tiqod qilish», degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, diniy konfessiya deganda muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega e’tiqod va ushbu e’tiqodga ergashuvchilar jamoasi tushuniladi. Bir din doirasida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, aqidalar borasida farqlanadigan jamoalar ham diniy konfessiyalar jumlasiga kiradi.
Shuni inobatga olgan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydilar. Islom dinida bunday holat kuzatilmaydi. Hech qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, boshqa mazhablar alohida konfessiya sifatida ro‘yxatdan o‘tmaydi. Masalan, O‘zbekistonda ham bir necha shia jamoalari bo‘lishiga qaramay, ular o‘zlarini alohida diniy konfessiya hisoblamaydilar.
Odatda YaDH qat’iy ta’limotga ega bo‘lmagan tashkilot bo‘lib, uning faoliyati lider roli bilan belgilanadi. Liderlar an’anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini olib boradilar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va nizomlar orqali amalga oshiriladi. YaDHning ba’zilari dunyoning turli burchaklarida o‘z bo‘linmalariga ega bo‘lgan, biznes bilan shug‘ullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylangan.
YaDH meditatsiya amaliyotini keng qo‘llaydilar, tashkiliy jihatdan piramida shaklida boshqariladi. Ularning aksariyati noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal tashkilotlardir (Masalan, «Aum Sinrikyo» (Yaponiya), «Quyosh ehromi» (Fransiya va Kanada) va b.).
Diniy ta’limotlarni buzib talqin qiluvchi harakatlarga:
protestantlarning «ikkilamchi» birlashmalari – «Yahve shohidlari» («Svideteli Iegovo»), «Oxirgi kun avliyolari Iso Masih cherkovi» (mormonlar), «Masih cherkovi» (Boston harakati);
soxta xristian harakatlar – «Mun birlashtirish cherkovi», «Vissarion oxirgi Ahdi cherkovi», «Oq birodarlar»;
saentologik kultlar – «Xristian ilmi», «Ron Xabbard saentologiya markazi», «Kloneyd», «Oq ekologlar» harakati;
neo- va kvaziorientalistik maktablar va kultlar – «Tirik axloq»(Agni yoga), «Krishnani anglash jamiyati», «Transsendental meditatsiya», «Aum-Sinrikyo», «Saxadja-yoga» va b.);
Yangi majusiy tashkilotlar va kultlar – «Runvira» ukrain milliy e’tiqodi cherkovi, Rossiya jarangli kedrlari, Omsk «qadimgi diniy e’tiqodiga qaytish kulti» va boshqalar kiradi.
«Sekta»so‘zi, eng umumiy ma’noda, muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy qarashlarga ergashuvchilar guruhini anglatadi. «Diniy sekta» deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo‘nalishga mansub bo‘lgan ko‘plab sektalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar ularning sonini taxminan 5000 atrofida, deb ko‘rsatadilar.
2. Soxta xristianlik harakatlari. Zamonaviy voqelik diniy-ekstremistik xarakterdagi sektalarning inson ongi va qalbi uchun kurash yo‘lidagi faoliyatining jonlanishi kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda. Xususan, ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni davlatlarda «Bogorodichiy sentr», «Serkov ob’edineniya», «Serkov Isusa», «Serkov Novogo Zaveta», «Beloe bratstvo», «Bojestvennыy orden Pervogo Angela» kabi o‘nlab diniy sektalar noqonuniy ravishda faoliyat olib bormoqda. «Satanizm» deb ataladigan sekta ham keng tarqalgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta xavfli bo‘lgan bu sektaning Rossiyada 100 ming, Yer yuzida 5 milliondan ortiq tarafdorlari bor.
Ular aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi bilan qo‘rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo‘lganlar ichida ish olib borish yo‘li bilan o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga harakat qilmoqdalar. Bunday sektalarga asos solgan «avliyo»lar o‘z izdoshlarini aldash yo‘li bilan ularning mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar.
Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida bo‘layotgan voqealarning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib qolmasligining qattiq nazorat qilinishi, ular faoliyatidan jamoatchilikning bexabar qolishini keltirib chiqarmoqda.
Jahon xristianlarini birlashtirish yo‘lidagi Muqaddas Ruh assotsiatsiyasi («Assotsiatsiya Svyatogo Duxa za ob’edinenie mirovogo xristianstva» (ASD-OMX) bo‘lib, «Mun San Men birlashtirish cherkovi», «Birlashtirish harakati», «Munchilar» («Munistы») kabi nomlar bilan ham ataladi.
Birlashtirish cherkovi (BCh) asoschisi Sun Myung Men 1920 yilda Shimoliy Koreyada mahalliy presviterian cherkoviga e’tiqod qiluvchi dehqon oilasida tug‘ilgan. Maktabda o‘qish davrida u pyatidesyatniklar yig‘inlarida qatnashgan. 1936 yili Pasxa bayramida unga «vahiy» kelgan: Iso Masih unga ko‘rinib, uni taxminan 2000 yil avval boshlagan missiyasini yakunlash uchun «tanlangan»ini aytgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu voqea sodir bo‘lganda osmondan: «Sen insonlarni halokatdan qutqarasan, sen Masihning ikkinchi bor zohir bo‘lishisan!». Shu voqea sabab u o‘z ismining birinchi bo‘lagi - Sun (ajdarho)ni -San (nur taratuvchi)ga o‘zgartirdi va bu bilan u o‘zini «ilohiy» kelib chiqishini bildirdi. Shu yo‘l bilan yangi «payg‘ambar»- Mun San Men vujudga keldi.
Mun 1948 yilda ma’naviy buzuqligi, «jamoat tartibini buzganligi» uchun 100 kunga, keyinroq esa qo‘shxotinlik bilan ayblanib 5 yilga qamalgan.1955 yilda Mun 10 dan ortiq ayollarning nomusiga tajovuz qilishda ayblanib sudga tortilgan. Ayblarni yumshatish, janjallarga barham berish uchun o‘sha ayollardan biri Seuldagi «Rixva» universiteti talabasi 18 yoshlik Xak Xok Djaga 1960 yilda uylanadi («svadba agnsev»). To‘y sovg‘asi sifatida «payg‘ambar» o‘z rafiqasiga «olamni yaratuvchi ona» («mat mirozdaniya») unvoni (tituli)ni beradi va o‘zining Muqaddas kitoblarga «Bibliya»ga qo‘shimcha ravishda yozgan «Ilohiy tamoyillar» («Bojestvennыe Prinsipы») nomli kitobini unga sovg‘a qiladi.
1976 yildan boshlab BCh bir necha bor moliyaviy masalalar bo‘yicha janjalli voqealarga sabab bo‘lgan. 80-yillarning boshlarida dunyo bo‘ylab BChning 150 dan ortiq korporatsiyalari tuzilgan bo‘lib, ularga turli sohalarga oid korxonalar qarashli bo‘lgan.
1992 yilda Mun o‘zini yangi insoniyatning «Haqiqiy Ota»si deb e’lon qilgan, 1993 yilda «Yangi Ahd davri» tugab, «Ahdning yakuniy davri» («Era Zaversheniya Zaveta») boshlanganini bildirgan. Munchilar to‘liq va yakuniy haqiqatga «Haqiqiy Ota» orqali erishiladi, deb ishonadilar.
«Aum sinrikyo» - Aum (sanskritcha «olam») haqiqati ta’limoti; ingliz tilida «Supreme truth», ya’ni «oliy haqiqat» deb tarjima qilingan. Ushbu sekta 2000 yildan boshlab «Alef» nomi bilan faoliyat yuritmoqda (somiy tillar alifbosidagi birinchi harfi bo‘yicha). »Aum sinrikyo» yangi diniy, sinkretik, terroristik, ekstremistik, totalitar, destruktiv sekta bo‘lib, vadjrayana buddizmi asosida Yaponiyada vujudga kelgan. Sektaga yaponiyalik Syoko Asaxara 1987 yili asos solgan, u 1995 yilda Tokio metrosidagi zaharli gazlar portlatishni uyushtirgandan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan. Hozirda sekta terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan. Yevropa Ittifoqi, Kanada, Rossiya, AQSh va boshqa davlatlarda faoliyati ta’qiqlangan.
«Aum sinrikyo»dan Rossiyada 24000, Yaponiyada 6600 kishi jabrlangan. 1990 yillarda sektaning Nyu York, Bonn, Shri Lankada markazlari faoliyat yuritgan. 1986 yilda ushbu sekta tashkilotiga diniy tus berildi va u «AUM Sinsen-no-kay» («Ma’naviy rivojlangan va notabiiy kuch quvvatga ega kishilar jamiyati) deb ataldi. Shu yili Asaxara Himolayda «butunlay azoblardan qutilib, Nurlanishga erishdi».
Tashkilot 1987 yilning iyulidan «Aum sinrikyo» nomi ostida butun mamlakat bo‘ylab bo‘linmalariga ega bo‘ldi. 1989 yil avgustidan sekta diniy tashkilot sifatida tanildi. U Yaponiyaning oliy tabaqadagi universitetining talabalarini o‘ziga jalb qilib, ikkinchi nom - «elita vakillari dini»ga ega bo‘ldi.
1995 yil 20 martda «Aum sinrikyo»ning 10 ta a’zosi tomonidan terroristik akt sodir etilgan. Ular Tokio metrosida zarin zaharli gazi yordamida gazli portlatish sodir etishgan.Natijada 12 kishi vafot etgan, o‘nlab kishilar zaharlangan, 1000 kishining ko‘rish qobiliyati pasaygan. Yaralanganlarda tananing ayrim a’zolarida paralich, so‘zlash qobiliyatining yo‘qolishi, tayanch harakat a’zolarining shikastlanishi, ko‘r bo‘lib qolish holatlari ham uchragan. Ularning fikricha, Oxirzamon kelishi, yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi oxirgi urush kutilmoqda va urushda barcha «gunohkorlar» qirib tashlanadi.
Politsiyachilar tomonidan sekta markazlari tekshirilganda kimyoviy va biologik qurollarning komponentlari («Sibir yarasi» («Sibirskaya yazva») va «Ebola virusi») topilgan. Bundan tashqari Zairdan keltirilgan Mi-17 harbiy vertolyoti bo‘lgan. Kimyoviy zaxira zarin tayyorlash orqali 4 million kishini o‘ldirishga yetadigan bo‘lgan.
XIX asr o‘rtalari XX asr boshlariga kelib Yevropa, Amerika va Osiyo qit’alarida «payg‘ambarlik» va «armageddonizm» epidemiyalari avj oldi. AQShda 1840 yillarda «millerizm» nomi ostida paydo bo‘lgan harakat tez orada boshqa hududlarga ham tarqaldi. Natijada, aksariyat yirik dinlar doirasida yangi, «islohotchi» oqimlar yuzaga keldi.
Ulardan, xristianlik doirasida «Yahve shohidlari» va «Mormonlar»ni, islom dini doirasida «Bahoiylar», «Ahmadiylar» va «Qora musulmonlar»ni, hinduiylik doirasida «Xalqaro Krishnani anglash jamiyati»ni sanash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |