Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə107/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Yahve shohidlari (yoki Iegov shohidlari) yo‘nalishiga 1873 yilda Charlz Teyz Rassel (1852-1916) tomonidan asos solingan. Yo‘nalishning diniy ta’limoti uning yetti tomlik «Muqaddas Yozuvni o‘rganish» kitobiga asoslanadi.
Ch.Rassel vafotidan keyin tashkilotga rahbarlik qilgan Iosif (Djozef) Franklin Ruzerford iegovochilikka «armageddon» (ya’ni, go‘yoki, oxirzamonda Iso boshchiligidagi iegovochilar va Shayton boshchiligidagi jinlar qo‘shini o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang) tushunchasini kiritdi. Shuningdek, u har yili iegovochilarning xalqaro konferensiyalarini o‘tkazishni, 50 ga yaqin kitob muallifi sifatida targ‘ibot ishlarida radio va grammo-plastinkalardan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi.
«Iegov shohidlari» Uchlik haqidagi aqidani rad etishadi, lekin boshqa yo‘nalishlar kabi uning barcha ko‘rinishlarini izohlashadi. Ular xudoning o‘z shaxsiy ismi bor, bu ism «Iegov»dir va u barcha narsalarning asosi va yaratuvchisi, deb hisoblaydilar.
Iegovchilar Iso Xudoning O‘g‘li bo‘lgan deb e’tiqod qilsa-da, uning Xudo bo‘lganini inkor qilishadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, Iso Iegovo tomonidan yaratilgan yagona insondir, qolgan barcha insonlar Masih orqali yaratilgan. Muqaddas Ruh - Xudoning ko‘rinmas kuchi bo‘lib, u dunyo yaratilishida qatnashgan. Iso Golgofa tog‘ida xochga emas, balki ustunga mixlangan deb hisoblaganlari sababli ishlatilmaydi.
Iegov butun insoniyat tarixida 144 ming kishini tanlab olgan, ular o‘lgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiriladi va osmon podshohligiga o‘tib ketishadi. Hozirgi kunda o‘sha tanlangan 144 ming kishi, ya’ni «kichik poda»dan (imoni mustahkam va din yo‘lida ko‘p xizmat qilgan) 11 mingtasi tirik, deb e’tiqod qilinadi. Qolgan imonlilar, ya’ni Iegovo shohidlariga qo‘shilgan «qo‘ylar»ga (oddiy dindorlar) Yer yuzida abadiy jannatda yashashlari va’da qilinadi.
Markaziy Osiyoda «Iegov shohidlari» diniy tashkilotining birinchi jamiyatlari 1950-yillarda paydo bo‘lgan va norasmiy ravishda faoliyat ko‘rsatib kelgan. Bugungi kunda respublikamizda «Iegov shohidlari»ning 1 ta tashkiloti rasman ro‘yxatga olingan.
«Iegov shohidlari» missionerlikka katta e’tibor beradi. Jamoa paydo bo‘lgan davrdan boshlab, asosan uyma-uy yurish va adabiyotlar tarqatish bilan o‘z izdoshlarini ko‘paytirishga harakat qiladi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda iegovochi missionerlarning soni 700 mingdan ortiq kishini tashkil etadi. Jamoa rahbariyati tomonidan missionerlarni tayyorlash ishlariga katta ahamiyat beriladi. AQShning Nyu-York shahrida, jamoaning bosh ofisi bilan bir joyda «Galaad» nomli missionerlar tayyorlash markazi mavjud. Ushbu markazda tashkil etilgan besh oylik kurslarda butun dunyodan kelgan missionerlar tahsil olishadi.
Missionerlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va adabiyotlarni nashr etish uchun «Qo‘riqchi minora», «Bibliya» va «Risolalar jamiyati» tuzilgan. Ushbu jamiyat korporatsiya deb atalib, bosh qarorgohi tashkilot asosiy binosi bilan bir joyda, AQShning Bruklin shahrida joylashgan. Korporatsiyani yetti direktordan iborat boshqaruv kengashi boshqaradi va ular korporatsiya prezidentini saylaydilar.
Hozirgi kunda «Iegov shohidlari» 230 dan ortiq mamlakatda faoliyat olib boradi va dunyo bo‘yicha 111 ta mintaqaviy vakolatxonalarga ega.
Iegovchilar missionerlikni o‘ziga xos tarzda va tizimli tashkil etganlar. Mutaxassislar fikricha, «Iegov shohidlari» o‘z tarafdorlarini shakllantirishda jalb etishning 80 dan ortiq usulidan foydalanadilar. Jumladan, ular o‘z da’vatchilarining ovoz ohanglarida tinchlantirish va mehr tuyg‘ulari bo‘lishiga alohida e’tibor beradilar. Iegovchilar missionerlikni:

  • o‘z qarashlariga zarracha bo‘lsa ham qiziqish bildirgan odamlarni qidirib topish va so‘ng ularni ta’limotni qabul qilishga tayyorlash;

  • da’vat qilinayotgan odamning ongiga «Bibliya» kurslari va uning matnini o‘rganish orqali diniy ta’limotni singdirish;

  • prozelitlarni suv bilan cho‘qintirish;

  • ularni missionerlik faoliyatiga tayyorlash kabi to‘rt bosqichda amalga oshiradilar.

Iegovchilikning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri shuki, unda har bir a’zo missionerlik faoliyatida qatnashishi shart. Jumladan, jamoa rahbariyati tomonidan har bir a’zo oyiga 10 soatdan 150 soatgacha missionerlik faoliyatiga sarflashlari talab qilinadi. Jamoa a’zolari qancha ko‘p vaqtlarini missionerlikka sarflaganlariga qarab tashkilot ierarxiyasida ko‘tarilib boradi. So‘nggi paytlarda iegovchilar maktab o‘quvchilari va yoshlar orasida targ‘ibot ishlarini olib borishga intilish kuchli namoyon bo‘layotganini ta’kidlash zarur. Ana shunday maqsadli faoliyat natijasida iegovochilar soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda iegovochilar soni dunyo bo‘yicha qariyb 7 millionni tashkil etadi. Ularning bosh tashkiloti tomonidan adabiyotlar nashr etish, cherkovlar faoliyatini ta’minlashga ketadigan sarf-xarajatlardan tashqari missionerlarning kundalik xarajatlariga yiliga 100 million AQSh dollariga yaqin mablag‘ sarflanadi.
3. Islom dini doirasida yuzadagi diniy harakat va oqimlar. Bahoiylik – XIX asrda Eronda bobiylik yo‘nalishi zamirida vujudga kelgan diniy yo‘nalish. Sherozlik Sayid Ali Muhammad (1819-1850) 1844 yilda Bob (arabcha «eshik»), ya’ni yangi davrga «eshik» nomini olib, yaqin orada «Xudo elchisi»ning namoyon bo‘lishi, kishilarga yangi davrning asosiy qonunlari va nizomlarini in’om etishini targ‘ib qila boshlagan.
Bobning yirik izdoshlaridan biri Mirza Husayn Ali Nuriy (1817-1892) 1863 yilda Bob bashorat etib ketgan xudoning elchisi uning o‘zi ekanini e’lon qiladi va Bahoulloh, ya’ni «Allohning jilosi» nomini oladi. Ushbu yo‘nalishnning nomi ham Bahoullohning nomidan olingan.
Bahoulloning «Kitobi Aqdas» («Eng muqaddas kitob») va «Kitobi Iqon» («Mustahkam ishonch kitobi») asarlari bahoiylik ta’limotining asoslarini tashkil etadi. Yo‘nalish asoschisi o‘ziga islom dini e’tiqodiga ko‘ra, olamlarning Yaratuvchisi bo‘lgan «Allohning jilosi» nomini qabul qilgan bo‘lsa-da, bahoiylar aqidasiga ko‘ra, bahoiylik mustaqil din, u biror bir dindan ajralib chiqqan sekta ham, mazhab ham emas, deb hisoblanadi.
Bahoiylik Hindiston, Uganda, Keniya, Eron, Misr, AQSh, Kanada kabi qator mamlakatlarda tarqalgan. Hozirgi vaqtda dunyoda bahoiylarning 9 ta ibodat uyi, 200 ga yaqin milliy hamda bir qancha mahalliy diniy majlislari mavjud. Bahoiylarning umumiy miqdori taxminan 6 million kishini tashkil etadi.
Bahoiylik ta’limotiga ko‘ra:

  • barcha dinlar bir ildizdan paydo bo‘lgan va payg‘ambarlar birodar hisoblanadi;

  • Ibrohim, Muso, Iso va Muhammad payg‘ambarlardan tashqari Budda, Zardusht, Krishna, Bob va Bahoulloh ham payg‘ambar hisoblanadi. Bahoiylikda ular eng buyuk 9 ta payg‘ambar sifatida e’tirof etiladi;

  • xudo har ming yilda Yer yuziga yangi payg‘ambar tushiradi;

  • jannat va do‘zax, oxirat, shayton va farishtalar inkor qilinadi;

  • hozirgi barcha dinlar bir-birini inkor qiladi, shuning uchun ham, ularni birlashtirish va insonlar orasidagi turli farqlarni yo‘qotish lozim. Bahoiylar da’vosiga ko‘ra, bunday birlashtiruvchilik vazifasini bahoiylik bajarishi lozim.

  • Vatan, millat degan tushunchalar ma’nisiz hisoblanadi. Zero, ularning fikricha, Yer yuzining hamma joyi Vatan hisoblanadi.

Bahoiylikda ruhoniylar yo‘q. Mahalliy jamoalarni yilda bir marotaba 21 aprel kuni yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadigan 9 kishidan iborat Mahalliy diniy majlis boshqaradi. Bahoiylar yirik jamoasi mavjud bo‘lgan har bir davlatda Milliy diniy majlis saylanadi. O‘z navbatida Milliy diniy majlis vakillari 9 kishidan iborat bo‘lgan Umumjahon Adolat Uyi a’zolarini saylaydilar. Har besh yilda saylanadigan Umumjahon Adolat Uyi umumjahon bahoiylar jamiyatining faoliyatini boshqarib boradi.
Bahoiylikda har biri 19 kunlik 19 oydan iborat bo‘lgan diniy taqvim qabul qilingan. Har 19 kunda jamoaning barcha a’zolari ibodat qilish, jamoa bilan bog‘liq ishlarni muhokama qilish, o‘zaro birodarlik aloqalarini mustahkamlash uchun yig‘iladilar.
Kuniga uch marta Isroilning Akka shahriga qarab ibodat qilinadi. Umumiy ibodat duo o‘qish, meditatsiya hamda bahoiylikning asosiy kitoblari va jahon dinlari muqaddas kitoblaridan matnlar o‘qish orqali amalga oshiriladi. Har yili 2 martdan 20 martgacha bahoiylar kun chiqardan kun botgunga qadar ovqat va suvdan o‘zlarini tiyib, ro‘za tutadilar.
Bahoiylarning muqaddas ibodatxonasi Akka shahrida joylashgan. Xayfa shahri muqaddas shahar hisoblanib, dunyo bahoiylarining ziyoratgohi hisoblanadi. Bu yerda Bob ibodatxonasi, 1957 yilda bahoiylikning rahbarlik organi sifatida tashkil etilgan Umumjahon Adolat Uyining qarorgohi joylashgan.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin