3-savol. Diniy ekstremizm xavfini tushuntirish masalasi
Islom bayrog‘i ostida faoliyat yuritayotgan diniy ekstremistik harakatlarning ajralib turuvchi o‘ziga xos xususiyatlari
Ekstremistlar hozirdagi barcha musulmon jamoalari islomiy tuslarini yo‘qotganlar, deb qaraydilar va buning sababi etib mavjud hukumat rahbarlari olib borayotgan siyosatni ko‘rsatadilar.
Oddiy xalqni ham ana shu holatning sababchisi sifatida ta’kidlab, umuman bunday jamiyatlarni tag-tomiri bilan quritib yuborish g‘oyalarini ilgari suradilar.
Ekstremistik guruhlarning dastlabki davrdagi asosiy strategiyasi O‘rta Osiyo va Kavkaz respublikalarida masjidlar qurish va yoshlarning shu masjidlarda diniy ta’lim olishlarini pul bilan ta’minlashdan iborat bo‘lgan.
Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohiyatini buzib talqin qiladigan ekstremistik tuzilmalar go‘yoki, keng xalq ommasi bilan uzviy birlik mavjudligini ko‘rsatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni yuzaga keltirish uchun mablag‘ yig‘ish, asosiy tahdid manbai sifatida odamlar ongu shuurini egallash, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishishdek ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko‘zlaydi.
Ikki tizimli voqelikning yo‘qqa chiqishi sharoitida aholi turmush darajasining pasayishi, ma’naviy qashshoqlashuvi, G‘arb urf-odatlari va madaniyatining kirib kelishi va mahalliy urf-odatlarning asta-sekin siqib chiqarilishi kabi omillar islom bayrog‘i ostidagi diniy fundamentalizm va ekstremizmning rivojlanishiga zamin yaratmoqda.
Diniy ekstremistlar dunyoviy jamiyatga nafrat ruhi bilan yo‘g‘rilgan, G‘arb madaniyatini inkor etishga asoslangan g‘oyalarni odamlarning ongiga singdirishga harakat qilmoqdalar. Ular iqtisodiy qiyinchiliklar, aholi moddiy ahvolining og‘irlashuvi, siyosiy kuchlarning qutblashuvi kabi muammolardan foydalanib, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi kurash olib bormoqda. Bunday kurash ochiqdan-ochiq to‘qnashuv shakllari (ko‘cha namoyishlari, norozilik chiqishlari, ish tashlash)ni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining turli tabaqalari o‘rtasida noqonuniy targ‘ibot uslublardan foydalanib davlat tizimiga qarshi qo‘poruvchilik olib borish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
Diniy ektremistlar qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, asosiy maqsadi diniy davlatni barpo qilish bo‘lib, bu maqsadga o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali ya’ni, qon to‘kish va zo‘rlik bilan erishishni ko‘zlaydilar. Din niqobi ostida siyosiy hokimiyatga intilish niyatidagi oqimlar turli mamlakatlarda mavjud hokimiyatni ag‘darguncha birlashadilar, so‘ng aslo o‘zaro kelishmaydilar. Buning yorqin misoli XX asrning so‘nggi choragida Afg‘onistonda ro‘y bergan jarayonlardir.
|
Dostları ilə paylaş: |