gLOSSARIY Vijdon Erkinligi, svoboda sovesti, freedom of religion – diniy e’tiqod erkinligi.
Diniy mutaassiblik – o‘z aqida va g‘oyalarining shak-shubhasiz to‘g‘riligiga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilganlikni, boshqa firqa va mazhablarga murosasiz munosabatni ifodalovchi qarashlar va xatti-harakatlar majmui.
Diniy sekta – ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruh.
Diniy tashkilotlar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusum va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjid, cherkov, sinagoga, monastir va boshqalar).
Zakot – (arabcha, poklash) ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan bir qismini (2,5 %) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga yetgan badavlat kishilar uchun farz etilgan.
Ilm al–jarh va–t–ta’dil – roviylarning adolati va zabti haqida bahs yuritib, ularning ishonchli yoki ishonchsizligi haqida yakuniy xulosa chiqaruvchi roviyga tanqidiy yondashish ilmi.
Ilm ar-rijol –roviy haqida to‘liq ma’lumotni o‘rganuvchi hadis ilmi sohasi.
Ilohiy kitob – Alloh tomonidan payg‘ambarlarga nozil qilingan Zabur, Tavrot, Injil va Qur’on kitoblari.
Iymon – ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa «La ilaha illallohu Muhammadun rasululloh» («Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad – Allohning payg‘ambari») kalimasini til bilan aytib (al–iqror bi–l–lison), dil bilan tasdiqlash (at–tasdiq bi–l–qalb) demakdir.
Injil, Yevangeliya, The New Testement - (yunoncha - “Yevangelie”) “Yangi Ahd"dagi Mark, Matto, Luqo va Yuhannolardan rivoyat qilingan kitoblar nazarda tutiladi. Ularda Iso Masihning hayot yo‘li va mo‘jizalari bayon qilingan.
Konfessiya, konfessiya, – (lot. «e’tirof, e’tiqod») din, diniy e’tiqod.
Kosmogoniya, kosmogoniya, cosmogony – astronomiyaning osmon jismlari, ularning paydo bo‘lishi va o‘zgarishlari haqidagi bo‘limi. Bu yerda osmon jismlarini ilohiylashtirish.