Hajarul asvad, Chernыy kamen, The Black Stone – (arab. «qora tosh») Ka’baning janubiy-sharqiy burchagida yerdan 1, 5 m. balandlikda o‘rnatilgan muqaddas tosh.
Vizual materiallar
1-savol. Islomning mazmun-mohiyati.
Ekstremizm (lotincha extremus – o‘ta) – ijtimoiy – siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o‘ta keskin chora- tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyot.
Ekstremizm - o‘ta o‘ng (yoki so‘l) qarashlar va choralarni ifodalovchi nazariya va amaliyotga nisbatan ishlatiladi. Biron hodisaning me’yoridan oshishi, haddan chiqishi, shuningdek, jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid bo‘lgan g‘oya va harakatlarni kuch bilan singdirishga ham ekstremizm deyiladi.
Ekstremistik qarashlar juda chuqur ildizlarga ega bo‘lib, hech qachon chegara bilmagan, din, millat, hududni tan olmagan.
«Ekstremistik» so‘zi «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish» ma’nolarini bildiradi.Jamiyatda qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga zid qarashlarni ilgari surish, keskin qarashlar va choralarga moyillik ekstremizmning asosiy xususiyati hisoblanadi.
. Islom
Mazmuniga ko‘ra
Namoyon bo‘lishiga ko‘ra
diniy
dunyoviy
hududiy
mintaqaviy
xalqaro
2-savol.Islomda aqidaparastlikning paydo bo‘lish sabablari.
O‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi diniy bag‘rikenglik, insonparvarlik mayllari, fan va san’atning rivojlanishi Arab Sharqida qarshilikni keltirib chiqardi. Natijada XIII–XIV asrlarda bugungi kunda tuzilmalarini shakllantirayotgan ekstremistlar g‘oyaviy jihatdan tayanayotgan aqidaparast salafiylik oqimi yuzaga keldi.
Ibn Taymiya boshchiligidagi salafiylar Markaziy Osiyo mutafakkir, olim va ulamolarini «islom mohiyatini soxtalashtirish»da ayblab, xalifalikni ideallashtirishga asoslangan qarashlar tizimini ishlab chiqdilar va jihodni unga erishishning asosiy vositasi sifatida e’lon qilib, o‘z g‘oyalariga jangovarlik tusini berdilar. Shunday qilib, salafiylik hokimiyat uchun kurashning mahsuli edi. Shu tariqa, XVIII asrning birinchi yarmida Muhammad Abdul Vahhob salafiylik asosida Arabiston yarim orolida hokimiyat uchun kurash olib borishga moslashtirilgan vahhobiylik ta’limotini yaratdi.
Yangi davr Arab Sharqidagi mutaassib oqimlar dastlab salafiylik va vahhobiylikka asoslangan bo‘lsalar-da, keyinroq ulardan ham ilgarilab ketdilar. Bu tuzilmalarning g‘oyaviy dasturi «ixvoniylik» va «jihod»ga asoslangan bo‘lib, ko‘p sonli jangarilik uyushmalariga g‘oyaviy ozuqa berib kelmoqda.
Islom bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatayotgan zamonaviy ekstremizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishini tarixning muayyan davrida ustuvor bo‘lgan ko‘plab omillar, turli jarayonlarning o‘zaro ta’sirlashuvining natijasidir.