Qudsiy hadis – Ma’nosi Alloh taolodan bo‘lib, aytilishi, ya’ni lafzi Rasululloh (s.a.v.)dan bo‘lgan hadislar.
Qur’oni karim, Svyaщennыy Koran, Holy Qur’an - Islom dinining birlamchi muqaddas manbasi, 23 yil mobaynida Muhammad payg‘ambarga (s.a.v.) Jabroil farishta (a.s.) orqali ba’zan oyat-oyat, ba’zan esa to‘liq sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitob hisoblanadi.
Hadis, Xadis, Hadith– (arab. «yangi; so‘z») Muhammad payg‘ambarning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari haqidagi rivoyatlar.
Haj, Palomnichestvo, Pilgrimage(The Hajj) – qodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat qilish va ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat.
Hajarul asvad, Chernыy kamen, The Black Stone– (arab. «qora tosh») Ka’baning janubiy-sharqiy burchagida yerdan 1, 5 m. balandlikda o‘rnatilgan muqaddas tosh.
Haniflik, xanifitstvo – islomdan avval Arabiston yarim orolida mavjud bo‘lgan yakkaxudolik g‘oyasi.
Harom, strogo zapreщennыy,prohibited – islom ta’limotiga ko‘ra, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada qat’iy dalillar bilan bajarilishi taqiqlangan amal.
Hasan hadis – sahih hadis shartlariga ega bo‘lgan, lekin zabti pastroq bo‘lgan adolatli roviyning o‘zi kabilardan qilgan rivoyati.
Hoshimiylar, xashimitы, Hashims– Makkada yashagan Quraysh qabilasidan bo‘lgan Hoshim ibn Abdumanofning avlodlari.
Islom shariatining asosiy manbalari
Tarqatma materiallar 1-o‘quv topshiriq «Konvert» texnikasi uchun savollar (Har bir savol konvertlarga alohida solinadi)
1. Imom Buxoriy, Imom Termiziy haqida nimalarni bilasiz?
2. Ilm olishga bag‘ishlangan hadislardan namunalar keltiring
va ularni sharxlang.
3. Qur’on qachon yaxlit kitob shakliga keltirildi?
4. Qur’on qanday qism va bo‘limlardan iborat?
5.Qur’onning jamlanishi kimlar tomonidan amalga oshirildi?
6.Toshkentdagi «Usmon Mus’hafi» haqida nima bilasiz?