3-savol. Mujtahid ulamolarning mazhablar yuzaga kelishi va taraqqiy etishida tutgan o‘rni
Islomda “ijtihod” tushunchasining ommalashishi
VIII asrda islom olamining kengayishi oqibatida va davr taraqqiyoti natijasida musulmonlar o‘rtalarida ko‘plab shar’iy masalalar yuzaga keldi. Bu masalalarni hal qilish ulamolar faoliyat olib bordilar. Ammo ularning orasida mujtahid darajasiga yetgan olimlarning faoliyatai alohida e’tirofga loyiqdir .
“Ijtihod” tushunchasining lug‘aviy ma’nosi biror maqsad yo‘lida bor imkoniyatlarni sarflab harakat qilishni anglatadi. Istilohda esa “ijtihod” deb biror shar’iy masalani yechish yo‘lida olimning bor salohiyatini ishga solib harakat qilishini anglatadi.
Sunniylikda “ijtihod” darajasiga yetish uchun kamida besh ilmni bilishi zarur hisoblanadi. Bular: 1.Qur’oni Karim.2. Hadisi sharif. 3. Avval o‘tgan faqihlar fatvosi. 4. Arab tili. 5. Qiyos. Bu mujtahid olimga qo‘yilgan talabning eng ozi. Bundan tashqari ijtihod martabasiga yetish uchun olim tibbiyot, astronomiya, matematika kabi zamonaviy bilimlardan ham boxabar bo‘lishi lozim bo‘lgan. Binobarin har bir faqih olim hukm chiqarishda asosan quyidagilarga tayanmog‘i shart hisoblanadi: birinchisi - Qur’oni Karim. Agar faqih islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi bo‘lsa, avvalo Qur’onga murojaat qiladi. Unda nima xukm bo‘lsa, hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi. Ikkinchisi - Payg‘ambarimizning sunnatlari bo‘lib, hadislar nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tanlab olinishi zarur hisoblanadi. Uchinchisi - Ijmo’, bir davrning ijtihod (diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish) darajasiga yetgan ulamolarining yakdillik bilan biror masalani kabul qilishlaridir. Bu borada Rasulullohdan quyidagi hadis vorid bo‘lgan: «Hazrati Ali Rasulullohdan «Qur’oni Karim va hadisi sharifda hukmi bo‘lmagan biror ish sodir bo‘lsa nima qilamiz?» deb so‘raganlarida Rasululloh aytdilar: «Mo‘minlardan bo‘lgan olimlarni to‘plab, o‘zaro maslahat qilinglar, bunday ishda bir kishining fikri bilan hukm chiqarmanglar». To‘rtinchisi - Qiyos. Ya’ni hukmi vorid bo‘lmagan masalani Qur’on va hadisda shunga o‘xshash va hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish.
Asta-sekin «Al-istinbat» (fiqhiy xulosalarni ishlab chi-qish) uslublari shakllana va takomillasha bordi. Ijtihod qilish natijasida qat’iy dalolat qilib berilmaganlar masala-lar xususida ijmo’ - ya’ni ulamolar bir fikrga kelib harakat qila boshladilar. Shunday qilib, qiyoslash orqali va yuqorida aytilganlar bilan birga yangi bir fan - usuli fiqh, yani musulmon huquqshunosligi vujudga keldi. Taxminan X asrlarga kelib fiqh ilmi 2 narsani o‘z ichiga qamrab oldi: