Futbol o`yini tarixida uning texnikasi rivojlana borib, boshning chakka va orqasi qismi bilan zarba berish, to`pni boldir bilan to`xtatish singari nomaqbul usullarni qo`llash kamaydi, to`pga oyoq yuzi bilan zarba berish, to`pni son va ko`krakda to`xtatish, to`pni qo`l bilan tashlash (darvoza-bon texnikasi) kabilardan foydalanish koeffitsiyenti oshdi, aldash harakat-lari (fintlar) taraqqiy etidi. Bugungi futboldagi texnik usullar o`yin harakatlari tezligi va aniqligini oshirish uchun kuchdan yetarlicha tejab foydalanish imkonini beradigan, biomexanika nuqtai nazaridan maqbul harakatlar tizimi bilan xarakterlanadi. Texnikani qo`llashga qo`yiladigan bugungi talab tezlik - ishonchlilik, soddalik - samaradorlikdan iboratdir.
Futbolchi tomonidan bajariladigan texnik usullar futbol o`yinini vujudga keltirish vositasi xisoblanadi. Yukori natijalariga erishish ko`p jihatdan futbolchining uyin texnikasini kullay bilishiga, raqib jamoa qarshilik ko`rsatayotganda, ko`pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o`yin faoliyatidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo`llay bilishga bog`liq. Uyin texnikasini yaxshi bilish sportchining har tomonlama tayyorgarlik ko`rishi va bir maromda kamol topishi jarayonining ajralmas qismidir.
Turli-xil tarzda uyg`unlashtirilib qo`llaniladigan maxsus usullar to`plami futbol o`yini texnikasini tashkil etadi.
Futbol uyini texnikasida boshning chakka qismi, orqasi bilan zarba berish, to`pni boldir bilan to`xtatish singari nomaqbul usullarni qo`llash bugungi futbolda yuk bulib ketdi; oyoq yuzi bilan zarba berish, to`pni son va ko`krakda to`xtatish, darvozabonning tupni qo`l bilan tashlash texnikasi kabilardan foydalanish koeffitsiyenti oshdi, aldash harakatlari ya'ni fintlar taraqqiy etti uzining yukori nuktasiga yetdi.
Zamonaviy futboldagi texnik usullar o`yin harakatlari tezligi va aniqligini oshirish uchun kuchdan yetarlicha tejab foydalanish imkonini beradigan, biomexanika nuqtai nazaridan maqbul harakatlar tizimi bilan xarakterlanadi. Yukori darajadagi tezlik va ishonchlilik, soddalik va samaradorlik, xujumkorlik va aniklik - futbol texnikasini qo`llashga qo`yiladigan kat'iy talablar xisoblanadi.
Futbol o`yini texnikasining tasnifini.
Futbol o`yini texnikasining tasnifini texnik usullarni umumiy o`ziga xos belgilariga qarab guruhlarga bo`lish mumkin.
O`yin faoliyati ifodalanishiga qarab futbol texnikasi ikkita yirik bo`limga ya'ni maydon o`yinchisi texnikasi va darvozabon o`yin texnika-siga bo`lidi. Har qaysi bo`lim esa o`z navbatida harakatlanish texnikasi va to`pni boshqarish texnikasi bo`limchalariga taqsimlanadi. Kichik bo`limlar turli usullarda ijro etiladigan muayyan texnik usullardan: harakatlanish texnikasi usullari va usullaridan iborat. Ulardan maydon o`yinchilari va darvozabon foydalanadi. Ammo ayrim usul va usullar o`zining muayyan turlariga ega. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo`lib, detallardagina farq bo`ladi. Har xil usul, usul va turlarni ijro etish shartlari futbol texnikasini yanada turli-tuman etadi.
O`rganilayotgan materialni tizimlashtirish usul, usul turlarini tuzuk-roq tushunishga, ularni to`g`ri tahlil qilishga, olingan bilimlarni tako-millashtirish vazifalarini muvafaqqiyatli hal qilishga yordam beradi.
Futbol uyini texnikasini ifodalanishi maydon o`yinchisi, darvozabon uchun umumiy kichik bo`limlar bo`lgan harakatlanish texnikasidan boshlanadi. (1-rasm).
Futbolchilarni maydondagi harakatlanish texnikasi.
Futbolchilarning harakatlanish texnikasi yugurish, sakrash, to`xtash, burilish kabi usullar guruhini o`z ichiga oladi.
O`yin vaqtida harakatlanish texnikasi usullaridan turli - xil tarzda qo`shib foydalaniladi. Masalan, futbolchining harakatlanish tezligi nihoyatda xilma-xil: sekin yurishdan boshlab, startdagi tezlanishni maksimal tezlikka qadar ko`tarish mumkin, yugurish maromi va yo`nalishi qo`qqisdan o`zgarib turadi.