Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq


Futbol musobaqalarini tashkil qilish



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə5/6
tarix16.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#75586
1   2   3   4   5   6
Mamatqulov Bahodir hrfd

4. Futbol musobaqalarini tashkil qilish



Futbol o`yinining ilk qoidalarida belgilanishicha, maydon uzunligi 200 yard (183 metr)dan, kengligi 100 yard (91 metr)dan oshiq bo`lmasligi kerak. Darvozalar ikki ustundan iborat bo`lib, ular orasida to`sin bo`lmagan va ustunlar orasidagi masofa 8 yard (7, 32 m) bo`lgan. 1866 yilda balandlikni cheklash uchun ustunlar orasiga arqon tortib qo`yilgan. Yana 10 yil o`tib, bu arqonni yog`och to`singa almashtirishgan.
Darvozabonning qo`l bilan o`ynashga haqqi yo`q edi. 1871 yilda o`ng qo`l bilan o`ynashga ruxsat berilgan, u ham bo`lsa faqat darvoza maydoni ichida. Darvozabonning jarima maydoni ichida ham qo`l bilan o`ynash huquqini qo`lga kiritishi uchun 30 yildan ko`proq vaqt kerak bo`ladi (1902).
Uzoq vaqt mobaynida na jarima to`pi, na 11 metrlik zarba bo`lgan. Qoidabuzarlik uchun erkin zarbalar bilan chegaralanib qolinaverardi. Nihoyat, 1891 yil eng qat'iy jazolardan biri − 11 metrlik zarba kiritildi, uni inglizcha so`z bilan «penalti» deb ataydilar.
Futbol shakllanayotgan davrlarda jamoa sardorlari o`yin qoidalariga rioya qilinishini kuzatib turardilar. Futbol maydonida hakam 1880 yilda paydo bo`ldi, 1 yildan so`ng esa hakam ikkita yordamchisi bilan maydonga chiqa boshladi. Hushtak 1878 yilda kiritildi, bunga qadar hakam to`xtatish yoki o`yinni qayta boshlash uchun ovozdan yoki qo`l harakatlaridan foydalanardi. O`sha yillarda barcha milliy futbol uyushmalari uchun qoidalar bir xil yoki majburiy bo`lmagan. Har bir uyushma o`z xohishiga ko`ra bu qoidalarga turli o`zgartirishlar kiritishi mumkin edi. Bu vaziyat xalqaro uchrashuvlarni o`tkazish yoki xalqaro musobaqalar tashkil etishda qiyinchiliklar tug`diradi.
1882 yili to`p mustaqil futbol ittifoqlari, ya'ni Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiya ittifoqlarining birlashuvi bo`lib o`tdi. Bunda yagona qoidalar qabul qilindi va futbol qoidalarida u yoki bu o`zgarishlarni amalga oshirish huquqiga ega bo`lgan xalqaro Kengash tasdiqlandi.
1871 yilda Angliyada mamlakat Kubogining yo`nalishi tasdiqlandi. Bu kubok uchun hozirda ingliz futbol klublari kurash olib boradilar xalqaro miqyosdagi ilk futbol uchrashuvi Angliya va Shotlandiya jamoalari o`rtasida 1873 yilda bo`lib o`tdi. O`yinchilar soni 11 kishidan ortiq bo`lsa, ularning jamoadagi joylashishi hozirgidan boshqacharoq bo`lgan. Angliya jamoasida 7 ta o`yinchi hujumda, 1 tasi yarim himoyada bo`lgan, shuningdek, 2 ta himoyachi va 1 ta darvozabon bo`lgan. Shotlandiya jamoasi tarkibida esa 6 ta hujumchi, 2 ta yarim himoyachi bo`lgan edi.
XIX asrning 80 - yillarida futbol o`yini Yevropa qit'asidagi mamlakatlarga yoyila boshladi. 1875 yilda futbol Gollandiyaga, keyinroq esa Daniyaga kirib keldi. 1882 yildan boshlab Shveysariyada, 1890 yildan Chexiyada, 1897 yildan esa Rossiyada futbol o`ynay boshladilar.
1882 yilda xalqaro uyushmalar boshqarmasiga asos solindi. Nihoyat, 1904 yil 21 mayda Fransiya tashabbusiga ko`ra hozirda 200 dan ortiq davlatlar a'zo bo`lgan Xalqaro Futbol Uyushmasi - FIFA tashkil etildi.
FIFA bilan bir qatorda 1954 yildan boshlab Yevropa Futbol ittifoqi UYEFA ham faoliyat ko`rsatadi.
1930 yildan boshlab har 4 yilda futbol bo`yicha jahon chempionati, 1958 yildan boshlab esa milliy terma jamoalar qatnashadigan Yevropa chempionatlari o`tkazilib kelmoqda. 1900 yilda futbol olimpiya sport turiga aylandi, ammo rasmiy jihatdan u Olimpiya o`yinlari dasturiga 1908 yilda kiritilgan.
Osiyo Futbol konfederatsiyasi (OFK) 1954 yili tuzilgan bo`lib, hozirgi vaqtda 44 ga yaqin mamlakatlarni birlash-tiradi.
O`zbekiston Futbol federatsiyasi 1994 yildan FIFA va OFK ga a'zo bo`lgan, hozirda FIFA va OFK tomonidan o`tkaziladigan barcha rasmiy musobaqalarda qatnashib kelmoqda.
O`zbekistonda futbolning rivojlanishi tarixi.
O`zbekistonda zamonaviy futbol o`tgan asrning boshlarida paydo bo`ldi va tezda mashhur o`yinga aylandi. Uning rivojlanish joylari Farg`ona, Toshkent, Andijon, Qo`qon va Samarqand edi.
Ilk bor futbolni Farg`ona shahrida o`ynaganlar. Xuddi shu yerda 1911 yilning oxirida birinchi futbol jamoasi tashkil topgan.
Farg`onada tuzilgan futbol jamoalari soni 1912 yil avgustida «Futbolchilar jamoasi» ga birlashishga yo`l berdi.
Bir oz vaqt o`tgach, Toshkentda ham futbol o`ynay boshlandi. Toshkentlik futbol ishqibozlari orasida eng mashhur jamoa bu TSIJ - Toshkent sport ishqibozlari jamiyati edi.
Bu jamiyat 1912 yilda tuzilgan bo`lib, juda qisqa vaqt ichida futbol hamda boshqa sport turlarining rivojlanishi uchun ko`p xizmat qilgan. 1912 yilning ikkinchi yarmida O`zbekistonda futbol aytarli darajada yoyila boshladi. Futbol o`yiniga Qo`qon, Andijon va Samarqandda ham qiziqish orta boshladi.
Xalqaro o`yin qarori.
Agar darvoza to`sini qiyshaysa yoki sinsa, toki to`sin tuzatilmaguncha yoki almashtirilmaguncha o`yin to`xtatiladi. Agar tuzatishning imkoni bo`lmasa match tugallanadi. Tusinnning o`rniga arqon ishlatish mumkin emas . Agar tusinni tuzatishning iloji bo`lsa o`yin to`xtatilganda to`p qaеrda bo`lsa o`sha joydan « baxsli to`p « bilan o`yin davom etiriladi.
Tusin va ustunlar yoqochdan, mеtaldan yoki ruxsat bеrilgan standartga mos matеrialdan tayyorlanadi. Ularning ko`ndalang kеsishgan joyi kvadrat to`g`ri burchak aylana yoki ellips shaklida bo`lishi mumkin: ular o`yinchilarga xavf to`dirmasligi kеrak
Jamoaning maydonga chiqqan vaqtidan boshlab ularning tanaffusga chiqqunlarigacha, tanaffusdan so`ng ularning maydonga qaytib chiqishlaridan to match tugagunga qadar o`yin maydonida va uning jixozlarida xеch qanday rеklamaga ruxsat bеrilmaydi.
Darvoza, sеtka, bayroqlarda har qanday rеklama ko`rinishlaridan foydalanishga ruxsat bеrilmaydi. Bu narsalarga chеtdan xеch qanday jixozlar maxkamlanib qo`yishi mumkin emas masalan (kamеralar, mikrafonlar)
Tеxnik zona doirasidagi еrda va yon chiziqdagi 1m masofada o`yin maydonining tashqarisida xеch qanday rеklama bo`lmasligi kеrak.
Darvoza chiziqi va darvoza sеtkasi o`rtasida xam rеklamaga ruxsat bеrilmaydi.
O`yin maydoni tashqarisida burchak yoyidan 9, 15m masofada darvoza chiziqiga to`qri burchak ostida bеlgi qo`yilishi mumkin, burchak to`pi bajarilganda shu masofaga rioya qilishni ta`minlash uchun
Futbol to`pining o`lchamlari va sifatlari.
To`p :
Charmdan yoki shunga o`xshash matеrialdan aylana shaklda tayyorlangan bo`ladi.
Aylanasining uzunligi 70 sm dan oshmagan va 68 sm dan kam bo`lmagan xolatda bo`ladi.
Musobaqa boshlanish vaqtida 450 grammdan oshmagan va 410 grammadan kam bo`lmagan bo`lishi kеrak.
Havo bosimi 0, 6 – 1, 1 atmosfеra (600-1100 gramm kv sm) bo`lishi kеrak.
Yarosiz to`pni almashtirish.
Agar to`p o`yin vaqtida yaroqsiz qolga kеlsa.
O`yin to`xtatiladi.
To`p yaroqsiz xolga kеlgan joydan « baxsli to`p « o`yini bilan o`yin yangilanadi.
Agar to`p o`yinda bo`lmagan vaqtda yorilsa yoki yirtilsa – boshlang`ich zarbada, darvozadan zarbada, burchak, jarima, erkin zarbalarda, 11m nuqtadagi zarbada yoki tashlashda.
O`yin qoidasiga mos ravishda yangilanadi.
To`p o`yin vaqtida faqatgina qakam ko`rsatmasi bilan almashtirilishi mumkin.






XULOSA


Bizningcha agar shug`ullanuvchilar yuqorida biz keltirgan vazifalardan unumli foydalanganda hamda quyudagi xatolarni qilmaganda Qoida buzilishlar va jazo olmasligi mumkin:
Agar jarima yoki erkin zarba bajarilayotganda raqiblardan biri to`pga ruxsat bеrilgan masofadan ko`ra yaqinroqda bo`lsa.
*Zarba qaytariladi.
Ximoyalanayotgan jamoaning o`z jarima maydonida bajarayotgan jarima yoki erkin zarbasidan so`ng to`p to`g`ridan to`g`ri o`yinga kirmasa.
*Zarba qaytariladi.
Maydon o`yinchisi tomonidan (Darvozabon emas) bajariladigan jarima yoki erkin zarba
Agar to`p o`yinga kirgandan so`ng zarbani bajargan o`yinga to`pga boshqa biror o`yinchi tеgmasdan oldin ikkinchi marotaba to`pga tеgsa :(qo`li bg`n emas).
*Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish huquqini qo`lga kiritadi.
Agar to`p o`yinga kirgandan so`ng zarbani bajargan o`yinchi to`pga boshqa o`yinchi tеgmasidan oldin ataylab to`pni qo`li bilan o`ynasa .
*Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish huquqini qo`lga kiritadi.
*Agar qoida buzilishi zarbani bajargan o`yinchi jamoasi jarima maydoni doirasida yuz bеrsa, 11m zarba tayinlanadi .
Darvozabon tomonidan bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
*Agar, to`p o`yinga kirganidan so`ng darvozabon to`pga boshqa biror o`yinchi tеgmasidan oldin (Qo`li bilan emas) qaytadan to`pga tеgsa.
*qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqini qo`lga kiritadi .
Agar to`p o`yinga kirganidan so`ng darvozabon to`pga biror o`yinchi tеgmasidan oldin ataylab to`pni qo`li bilan o`ynasa .
*Qarshi jamoa jarima zarbasini bajarish xuquqini oladi, agar hoida buzilishi shu darvozabon jarima maydoni tashqarisida yuz bеrgan bo`lsa, zarba hoida buzilgan joydan bajariladi.
*Qarshi jamoa jarima zarbasini bajarish xuquqini oladi, agar hoida buzilishi shu darvozabon jarima maydoni ichida yuz bеrsa, zarba qoida buzilgan joydan bajariladi



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin