Rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat univеrsitеti pedagogika fakulteti



Yüklə 251,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix22.12.2023
ölçüsü251,55 Kb.
#189431
  1   2   3   4   5   6
“O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



“O’ZBЕKISTON
RЕSPUBLIKASI OLIY
VA O’RTA
MAXSUS
TA’LIM
VAZIRLIGI 
 
QARSHI DAVLAT UNIVЕRSITЕTI 
 
PEDAGOGIKA FAKULTETI 
 
MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM KAFEDRASI 
 
 
INOTULLAYEVA DILDORAning 
 
 
 
 

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI DO’STLIK, 
O’RTOQLIK RUHIDA TARBIYALASH

mavzusida yozgan
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
Qarshi – 2014 yil 


MUNDARIJA 
KIRISH 
Asosiy qism 
1. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarini do‟stlik, o‟rtoqlik ruhida tarbiyalash 
pedagogik muammo sifatida 
2. Xalq og‟zaki ijodida yosh avlodni do‟stlik va o‟rtoqlik ruhida 
tarbiyalash muammosining yoritilishi 
3. O‟quvchilarni do‟stlik, o‟rtoqlik ruhida tarbiyalashda o‟zbek xalq 
ertaklarining imkoniyatlari 
4. O‟quvchilarni o‟qish darslari va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar 
jarayonida do‟stlik, o‟rtoqlik ruhida tarbiyalash yo‟llari 
5. Xulosa 
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati 


KIRISH 
O‟zbekiston insonparvar, demokratik, huquqiy davlat tomon borayotgan 
ayni davrda Vatan va xalq oldida o‟z burchlarini anglagan ma‟naviy madaniyati 
yuksak avlodni tarbiyalash asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Ayni damda 
yoshlarni ma‟naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ma‟naviy axloqiy 
sifatlarni qaror toptirish, an‟analar va tarixiy merosimizda sodiqlik ruhida 
tarbiyalash, insonparvarlik aqidalariga xos fazilatlarni shakllantirish jamiyatning 
bugungi kungi hayotida bosh va eng dolzarb masalaga aylandi. Zero, Prezident 
I.A.Karimov ta‟kidlaganidek: “Jamiyatda yuksak ma‟naviy fazilatlarni kamol 
toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz
tarixiy an‟analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat 
ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning 
hal qiluvchi omilidir”.
1
Boshlang‟ich sinf o‟quvchisi o‟z tengdoshlari bilan muloqotsiz, ularning 
hamkorligisiz yashay olmaydi, u faoliyatning barcha turida tengdoshini hurmat 
qilishga, do‟stlik aloqalarini o‟rnatishga, xayrihoxlikka, mehr-shavqatga 
o‟rgatish oson ko‟chadi. Boshlang‟ich ta‟lim jarayonida o‟quvchilarni do‟stlik, 
o‟rtoqlik ruhida tarbiyalashda o‟zbek xalq maqollaridan foydalanish esa insoniy 
fazilatlarni rivojlantirishda samara beruvchi omillaridan biridir. Bu esa o‟z 
navbatida o‟quvchi shaxsida mas‟uliyatni his etish, ongli intizomga rioya qilish, 
o‟zaro do‟stlik, o‟rtoqlik, hamkorlikni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. 
Shu bilan birgalikda boshlang‟ich sinflar darsliklarida xalq og‟zaki 
ijodiyotining, xususan, ertaklarning aks etishini o‟rganish va ulardan do‟stlik, 
o‟rtoqlikka doirlarining o‟rni va imkoniyatlarini ham aniqlash zarurdir. 
1
Karimov I.A. O‟zbekistonning siyosiy- ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.O‟zbekiston, 
1995.-53-bet. 



Yüklə 251,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin