MUNDARIJA
KIRISH
Asosiy qism
1. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarini do‟stlik, o‟rtoqlik ruhida tarbiyalash
pedagogik muammo sifatida
2. Xalq og‟zaki ijodida yosh avlodni do‟stlik va o‟rtoqlik ruhida
tarbiyalash muammosining yoritilishi
3. O‟quvchilarni do‟stlik, o‟rtoqlik ruhida tarbiyalashda o‟zbek xalq
ertaklarining imkoniyatlari
4. O‟quvchilarni o‟qish darslari va sinfdan
tashqari tarbiyaviy ishlar
jarayonida do‟stlik, o‟rtoqlik ruhida tarbiyalash yo‟llari
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati
KIRISH
O‟zbekiston insonparvar, demokratik, huquqiy
davlat tomon borayotgan
ayni davrda Vatan va xalq oldida o‟z burchlarini anglagan ma‟naviy madaniyati
yuksak avlodni tarbiyalash asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Ayni damda
yoshlarni ma‟naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ma‟naviy axloqiy
sifatlarni qaror toptirish, an‟analar va tarixiy
merosimizda sodiqlik ruhida
tarbiyalash, insonparvarlik aqidalariga xos fazilatlarni shakllantirish jamiyatning
bugungi kungi hayotida bosh va eng dolzarb masalaga aylandi. Zero, Prezident
I.A.Karimov ta‟kidlaganidek: “Jamiyatda yuksak ma‟naviy fazilatlarni kamol
toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni
boy madaniy merosimiz,
tarixiy an‟analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat
ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning
hal qiluvchi omilidir”.
1
Boshlang‟ich sinf o‟quvchisi o‟z tengdoshlari bilan muloqotsiz, ularning
hamkorligisiz
yashay olmaydi, u faoliyatning barcha turida tengdoshini hurmat
qilishga, do‟stlik aloqalarini o‟rnatishga, xayrihoxlikka,
mehr-shavqatga
o‟rgatish oson ko‟chadi. Boshlang‟ich ta‟lim jarayonida o‟quvchilarni do‟stlik,
o‟rtoqlik ruhida tarbiyalashda o‟zbek xalq maqollaridan foydalanish esa insoniy
fazilatlarni rivojlantirishda samara beruvchi omillaridan biridir. Bu esa o‟z
navbatida o‟quvchi shaxsida mas‟uliyatni his etish, ongli intizomga rioya qilish,
o‟zaro do‟stlik, o‟rtoqlik, hamkorlikni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir.
Shu bilan birgalikda boshlang‟ich sinflar darsliklarida xalq og‟zaki
ijodiyotining, xususan, ertaklarning aks etishini o‟rganish va ulardan do‟stlik,
o‟rtoqlikka doirlarining o‟rni va imkoniyatlarini ham aniqlash zarurdir.
1
Karimov I.A. O‟zbekistonning siyosiy- ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.O‟zbekiston,
1995.-53-bet.