Rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat univеrsitеti pedagogika fakulteti



Yüklə 251,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix22.12.2023
ölçüsü251,55 Kb.
#189431
1   2   3   4   5   6
“O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

1.2.
 
Xalq og’zaki ijodida yosh avlodni dos’tlik va o’rtoqlik ruhida 
tarbiyalash muammosining yoritilishi 
 
Do‟stlik va o‟rtoqlik xalqimizning yuksak ma‟naviy fazilatlaridan biri 
bo‟lib, u kishilarning chuqur ichki hissiyotlari orqali belgilanadigan murakkab 
hodisalar natijadida tarkib topadi.
O‟zbek xalqi kishilar o‟rtasidagi do‟stlik va o‟rtoqlik tuyg‟ularini yuksak 
baholagan. Bunday sifatlar og‟zaki ijodimizga ham ko‟chgan. Asosiy 
o‟rinlardan birini egallab kelgan: 
Do‟stsiz boshim-tuzsiz oshim. 
Chin do‟st tug‟ishganing bilan teng. 
Bemehr qarindoshdan
Mehribon do‟st yaxshi. 
Ahillik mavzulariga bag‟ishlangan xalq og‟zaki ijodi yoshlar o‟rtasida 
do‟stlik va o‟rtoqlik tuyg‟ularini tarbiyalashgan ham uni targ‟ib qilishgan. Keksa 
avlodlarning eng ko‟p qo‟llaydigan pedagogik ta‟sir ko‟rsatuvchi vositalaridan 
biri bo‟lib kelgan va xalq pedagogikasidan asosiy o‟rin olgandir. Bolalarning 
aqliy va axloqiy rivojlanishiga mos keladigan, ya‟ni asosan bolalar uchun 
yaratilgan ertaklarda dos‟tlik va o‟rtoqlik mavzusi, hayvonlar haqidagi, sehrli, 
hayotiy, satirik ertaklarda dos‟tlik va o‟rtoqlikning oliyjanobligi, unga amal 
qilish zarurligi targ‟ib qilinib, shu asardagi ijobiy obrazlardan namuna olishga 
undaladi. Masalan, hayvonlar (qush) haqidagi “Do‟stlik” ertagida, bir o‟rmonda 
katta baroq mushuk bo‟lib, u mo‟zajgina uyda tinch yasharkan. Uning oldiga 
boshpanasiz qolgan tipratikon, bo‟rilardan qochib yurgan quyon, burgutdan 
qochib yurgan olmaxon, aka-uka ayiq kelib, uyidan joy berishini iltimos 
qilishadi. Mushuk ko‟nmaydi, faqat hiylakor tulkini qo‟yadi. Tulki mushukni 
aldab, arslonning uyini bosib olishga da‟vat etadi. Mushuk arslonning uyiga 
borganda qorovul bo‟lib turgan bo‟ri rosa talaydi. O‟lar holatda qocha turib 
yo‟lda tipratikon, quyon, olmaxon va aka-uka ayiqlarni uchratib qoladi va ular 
mushukka yaxshilik qilishadi. Ayiq uni opichlab oladi. Hammasi mushukning 


uyiga kelishsa, ayyor tulki mushukning uyidagi uy-ro‟zg‟or buyumlarini aravaga 
ortib, o‟g‟irlab ketmoqchi bo‟lib turgan ekan. Ular ayyor tulkining jazosini 
berishibdi. Baroq mushuk do‟stlariga rahmat aytib, ularni ichkariga taklif 
qilibdi.
“Jon do‟stlarim, ketmanglar, inoq bo‟lib birga yashaylik, inoqlikda gap 
ko‟p ekan”,- debdi mushuk. Do‟stlari ko‟nibdi. Baroq mushuk qizg‟anchiligini 
qo‟yibdi. Birovga qattiq gapirmaydigan bo‟libdi.
Shunga o‟xshash “Oltin baliq” ertagida qadim zamonda juda qashshoq 
baliqchi yashagan ekan. Baliqchi chol o‟g‟li bilan yashar ekan. Bir kun to‟rga 
oltin baliq tushibdi. Chol buni podshohga xabar bergani ketganida, bola baliqni 
qo‟yib yuboribdi. Podshoh kelib voqeani bilibdi va bolaning qo‟l-oyoqlarini 
bog‟lab, kemaga solib daryoga oqizadi. Baliqchi bola o‟zi qo‟yib yuborgan baliq 
yordamida daryodan omon chiqadi. Ozod bo‟lgan baliq yosh yigit timsolida 
baliqchi bola bilan tanishadi. Yosh yigitcha yonidan bir kulcha chiqarib, bo‟lib 
yeyishadi. Do‟stlik ahdini bajo keltirishadi. Ikkisi birgalikda odamlarni qoyil 
qoldiradigan ko‟p ajoyib xizmatlar qiladilar. Dostliklari borgan sayi 
mustahkamlanib boraveradi. Hamkorlikdagi halol xizmatlari tufayli katta 
boyliklarga erishadilar. Nihoyat ajrashish vaqti kelganda yosh yigitcha:
- Endi senga bir sirni aytaman. Men o‟sha rahm qilib qo‟yib yuborgan 
balig‟ingman. Seni suvga tashlaganlarida mening chin do‟stlarim o‟tinchlarimni 
bajo keltirib, seni bu orolga olib keldilar. Sening sofdil ekanligingga endi 
ishondim. Seni o‟z akamdek bilib oldim. Endi o‟z joyimga ketaman,- deb 
xayrlashib suvga sho‟ng‟ib ketibdi. 
Shubhasiz, yuqoridagi kabi ertaklar boshlang‟ich sinf o‟quvchilariga 
ijobiy ta‟sir ko‟rsatadi va ularda do‟stlik, o‟rtoqlikka oid his-tuyg‟ularni 
tarbiyalab yetishtirishda muhim rol o‟ynaydi. Ayniqsa, dos‟tlik va o‟rtoqlik 
mavzusida aytilgan hayotiy ertaklar nisbatan ko‟p va u yoshlar tarbiyasida 
qudratli pedagogik vosita bo‟lib xizmat qilib kelgan.
Xalq ijodida dos‟tlik-o‟rtoqlik mavzusida aytilgan hayotiy ertaklar turli 
kasb egalari-dehqonlar, cho‟ponlar, hunarmandlar, sinfdoshlar o‟rtasidagi 


do‟stlik shuningdek, saroy amaldorlari va shohlar o‟rtasidagi qalbaki va 
samimiy do‟stlik tasvirlanadi. Masalan: “Erali va Sherali” dostonida, Erali bilan 
Sheralining yaqin do‟sti Umardir. Ularning do‟stligi maktablik davridan 
boshlanadi. Umar Erali bilan Sherali haqidagi mudhish xabarni onalariga 
yetkazadi. O‟shanda o‟zining ular bilan bo‟lgan do‟stlik munosabatlarini ham 
izhor qilib, bunday deydi:
Uchar eding, qanotingdan ayrilding, 
Yugurik bo‟lsang, tirnog‟ingdan ayrilding. 
Chopa bergin, buvim jilovxonaga, 
Men do‟stimdan sen bolangdan ayrilding. 
To‟rt yoshida beruvdingiz mullaga, 
Men do‟st edim ikkigina jo‟raga, 
Bilmayman na gaplar border orada
Bolangdan ayrilding, chopgin dalaga. 
Erali Sherali hamda Umar jonojon do‟st. Bularning do‟stligiga keksa 
Hamro bog‟bon havas bilan qaraydi. Do‟stlar ham bog‟bonni jon-dillaridan 
sevib hurmat qilishadi. Ko‟p ishlarda bog‟bon ularga yordam beradi, rahbarlik 
qiladi.
Otalarining buyrug‟iga ko‟ra Erali bilan Sherali jazoga tortiladi va 
ularning qo‟l-oyoqlarini bog‟lab cho‟u-biyobonga tashlab ketadilar. Ikki yosh 
aka-uka yetti yil ayriliqda, azob-uqubatlarda bo‟ladilar. Bir necha bor o‟lim 
yoqasidan qaytadilar. Shunda ularni mehribon bog‟bon bilan do‟sti Umar qidirib 
yo‟lga chiqashadi. Og‟ir mashaqqat bilan yurib, oxiri topishishadi.
Qadrdon do‟stlar topishar ekan, ular ham dastavval yel-yurt, oshno-
og‟ayni va do‟stlarning sog‟lig‟ini so‟raydilar.
Yomon kunda tog‟lar boshi tumanli, 
U yurtni ko‟rmoqlik bizga gumonli. 
Bizlar bilan o‟ynab-kulgan jo‟ralar, 
Jondan ortiq aziz do‟stlar omonmi? 


Shu uchrashuvdan keyin ham do‟stlar boshiga turli-tuman qiyinchiliklar 
tushadi. Shunda ham do‟stlarning hamjihatligi, ahillik hamda tadbirkorliklari 
natijasida hamma og‟ir va mushkul ishlar bartaraf qilinadi, g‟alaba qozonadilar. 
Murod va maqsadlariga yetadilar. 
Yoshlar o‟rtasida bolalik, o‟smirlik va o‟spirinlik davridan boshlangan 
do‟stlik, o‟rtoqlik doimo yaxshi natijalarga olib kelgan
Boshqacha qilib aytganda, ertak va dostonlarning ijobiy qahramonlari 
asosan qadrdon ham vafodor do‟stlari ko‟magida har ishda g‟olib keladilar. 
“Qorasoch pari” ertagidagi – Qodir va Nodir, “Alpomish” dostonidagi 
Alpomish va Qorajon, “Farxod va Shirin” dostonidagi – Farxod va Shopur va 
shunga o‟xshash ertak, dostonlardagi obrazlar do‟stlik va o‟rtoqlikning eng 
yuksak namunalaridir.
Xalq ijodidagi yuqoridagi kabi mustahkam do‟stlik va o‟rtoqlik bilan 
birga o‟zlarini go‟yo do‟st qilib ko‟ratib, aslida do‟st boshiga ish tushganda 
o‟zini chetga olib turuvchi – qalbaki do‟stlik shunday ifodalanadi.
Do‟st do‟stni kulfatda sinar. 
Chin do‟st boshga ish tushganda bilinar. 
Do‟sting bilan sirdosh bo‟l,
Qilgan ishga qo‟ldosh bo‟l 
Masalan, do‟stlik haqida hayvonlar, qushlar haqidagi ertakda Olmaxon 
daraxtdan- daraxtga sakrayotib, botqoqqa yiqilib tushadi. Botqoqdan chiqa 
olmay, do‟stlarini yordamga chaqiribdi. Do‟sti Kakku qush kelib zo‟r berib 
botqoqni qarg‟ay boshlabdi. Ammo Olmaxonga hech qanday yordam bermabdi. 
Bu shovqinni eshitib, bir Mayna uchib kelibdi va bir novdani olib kelib 
Olmaxonga uzatibdi hamda uni botqoqdan qutqaribdi. So‟ng Kakku quhga 
qarab: “Do‟stning boshiga mushkul ish tushganda yordam qilish kerak. 
Botqoqni keyin qarg‟ay berasan…”,- debdi. Bundan tashqari “Quyosh yerining 
pahlavoni” ertagida Salimboyning zulmidan dashtu-biyobonga chiqib ketgan 
chol va uning Rustam tasodifan ayiqlarning inini oldiga kelib, holdan toyib 


o‟tirib qolishadi. Ular ayiqlarni ko‟rib dahshat ichida qotib qoladilar. Shunda 
ayiq ularni tinchlantiradi va: 
- Otajon, siz meni ham “bolam” deb qabul qiling. Bu ikki go‟dak do‟st 
bo‟lsin. Bizlar ham shu yerda erkin umr kechiraylik,- debdi. Ikki yosh 
do‟stlashadi va umrlarining oxirigacha el-yurt, xalq uchun birgalikda xizmat 
qiladilar.
Hayotiy ertaklarda ham shu mazmundagi materiallar ko‟plab uchraydi.
“Boyning o‟g‟li” ertagida boy o‟lib ketgach, uning o‟g‟li besh-olti ulfat 
orttirib bor-yo‟g‟ini maishatga sarflaydi va u nima nomaqulchiliklar qilsa ham 
o‟rtoqlari qo‟llab-quvvatlaydi.
Kunlar - oylar o‟tib yigitning mol-dunyosi tamom bo‟ladi. O‟rtoqlari 
undan yuz o‟giradilar. Boshiga og‟ir kunlar tusha boshlaydi. O‟rtoqlaridan hech 
biri yordamga kelmaydi.
Shuningdek, xalq ijodida qalbaki, bevafo do‟stlik qattiq qoralanadi.
Yaxshi-do‟st –jon ozig‟i, 
Yomon do‟st – bosh qozig‟i. 
Do‟stning yomonidan qoch. 
Bevafo do‟stdan tayoq yaxshi, 
Bebahra guldan yaproq yaxshi 
deganlaridek, qalbaki do‟stlikning yomon oqibatlari ko‟rsatiladi.
Ayniqsa, do‟st tutinib, shu do‟stlikning ahdu paymonini g‟ayriy niyatlar 
uchun poymol qilinishi, hatto vijdonsizlik, tubanlik kabi o‟ta axloqsizlik 
qiluvchi g‟azab va nafrat bilan tasvirlanadi.
“Kuntug‟mish” dostonida Azbarxo‟ja garchi Kuntug‟mish bilan do‟st 
tutinib, hatto qasamyod qilgan bo‟lsa ham Xolbekani podshohga tortiq qilish 
evaziga katta boylik va martabaga erishish maqsadida eng qabih tubanlikka 
boradi. O‟zining o‟ta insofsiz va hayosiz ekanligini ko‟rsatadi.
Demak, mustahkam ham samimiy do‟st tutinmoq uchun ma‟lum bir 
ijtimoiy sinf vakillari bo‟lishi, dunyoqarash hamda axloqiy hatti-harakatlarning 


birligiga asoslangan bo‟lishi, aks holda har qanday do‟stlik g‟ayri niyatlarnigina 
kuzatuvchi qalbaki do‟stlikdan iborat bo‟lib qolishligi ta‟kidlanadi.
Yuqoridagi fikrlardan ko‟rinib turibdiki, maqol, qo‟shiq, ertak va 
dostonlardagi do‟stlik va o‟rtoqlikning paydo bo‟lishi ma‟lum bir maqsad, ya‟ni 
maishiy – ma‟naviy g‟oyalarning tantanasi yo‟lida olib borilayotgan kurash, 
orzu - umid istaklarining ro‟yobga chiqishi uchun bo‟lgan intilishlarida 
yaratiladi va zamonasida rasm bo‟lgan ahdu paymon bilan qaror topgandir. 
Masalan, “Sohibjamol va Ahmodjon” ertagida : “…narigi ko‟chadan bir bola 
kelib qolibdi….Sohibjon: “Yoshim o‟nda bo‟lmasa aka – uka bo‟laylik, ”- dedi. 
Sohibjon aka, Ahmodjon uka bo‟ldi. Sohibjon xaltasidan bitta nonni olib, 
o‟rtasidan teng bo‟ldi, nonning yarmini u yedi, yarmini bu edi,- deyilsa, “Oltin 
baliq” ertagida: “…. Yosh baliqchi bu mehribon yigitcha bilan quchoqlashib 
ko‟rishibdi. Orolda uchrashgan yosh yigit yonidan bir kulcha chiqaribdi, uni 
ikkalalari baham ko‟rishibdi. Shunday qilib ular o‟rtasida chin do‟stlik 
boshlanibdi”, - deyiladi.
Yuqorida aytib o‟tilganidek, xalq og‟zaki ijodi manbalarining o‟zi muhim 
tarbiya vositasi bo‟lib xizmat qiladi. Shubha yo‟qki, bolalar juda yoshlik 
chog‟laridan boshlaboq oilalardagi kattalarning turli mazmundagi ertaklarini 
tinglaydilar. Xalq og‟zaki ijodi manbalari undagi ijobiy obrazlar o‟z insoniy 
fazilatlari bilan o‟quvchi yoshlarga qudratli tarbiyaviy ta‟sir ko‟rsatadi. Shu 
nuqtai nazardan ota-onalar bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan xalq 
og‟zaki ijodi manbalaridan foydalanishlari, ma‟lum darajada oiladagi 
kattalarning namuna ko‟rsatish metodidan foydalanganliklaridan darak beradi.



Yüklə 251,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin